Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Hujayra destruksiyasi
Antigen-antitelo reaksiyasi natijasida hujayra tuzilishining buzilishi- destruksiyasi biologik faol-gistamin, asetil-xolin, serotonin va boshqalarni hosil bo‘lishiga olib kelib, bu moddalar esa, qon orqali organizmga tarqalib turli a’zo va to‘qimalarni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bular natijasida hosil bo‘ladigan patologik reaksiyalar turli klinik ko‘rinishlarni paydo qiladi. Shunday qilib kasallik kelib chiqadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘choqli infeksiyaning hosil bo‘li- shida juda ko‘p sabablar bo‘lishi ma’lum. Ular orasida etakchi o‘rinda tish kanallarining turli anatomik xususiyatlarga ega bo‘lishidir. Kruger 129 ta o‘liklardan olingan tish kanallarini o‘rganib, asosiy ildiz kanalidan tashqari, yon kanallar borligini aniqlagan. Ba’zida ular asosiy kanal (lar) ni plombalagandan keyin rentgenogrammada ko‘rinadi. Bitta qoziq (klik) tishda yon kanal milk cho‘ntagiga tushishi va uning ichida chirindilar borligi qayd etilgan. Undan tashqari ba’zi bir ildizli tish deb atalgan (masalan, pastki qoziq tishlar) tishlarda ikki ildiz borligi ham aniqlangan. Undan tashqari, tish pulpa to‘qimasining o‘lishi yoki undagi, turli patologik o‘zgarishlar xar xil endodontik (tish ichidagi) o‘choqlarni paydo bo‘lishiga olib keladi: 2 0 4 1) pulpa to‘qimasi yallig‘langanda (pulpitlarda); 2) xar xil sement plombalari bor tishlarda; 3) travmatik okklyuziyada; 4) tish qattiq to‘qimalarining yemirilishida (stertyost); 5) tishlarni o‘ta charxlaganda; 6) pulpitlarni amputatsiya usuli bilan (ildiz qismidagi pulpalarda) davolaganda; 7) tish yon kanallari bo‘lganda (ular plombalanmagan hollarda); 8) pulpa to‘qimasining ichida bo‘ladigan modda almashinuvi buzilgan hollarda; 9) tish kariyes kovaklarida. Bu hollardagi endodontik o‘choqlar asta-sekin autointoksikatsiyaga olib kelishi aniqlangan. Albatta kariyes kasallngani va uning asoratlarini oldini olish profilak- tikasiga asosiy e’tibor qaratilishi shart. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling