Surunkali qaytalangan periodontit (per. chronica exacarbata).
Eng ko‘p qaytalanadigan surunkali periodontitlar — bu surunkali
granullashgan (per. chxonica granulans) va granulematoz, granulema
(per. chronica granulematosa sev granuloma) periodontitlardir, surunkali
fibrozli periodontita (per. chronica fib-rosa) esa kam qaytalanadi.
Qaytalangan surunkali periodontitni klinikasi o‘tkir periodontitnikiga
o‘xshash kechadi. Ba’zida ularni bir-biridan farqlash qiyin. Xar ikkalasida
ham bemorlar o‘tkir og‘riq, ba’zida og‘riq, zararlangan tishdan tarqalib
quloqqa, chakkaga va boshqa joylarga berilishiga, tishga tegilganda, ovqat
chaynashda og‘riq zo‘rayishiga, tish atrofi shishganligiga shikoyat qili-
shadi. Undan tashqari regionar-chetki limfa tugunlari kasal tish tamonda
kattalashgan, paypaslab ko‘rilganda og‘riqli bo‘ladi.
Obyektiv ko‘rishda, bulardan tashqari perkussiya qattiq og‘riqli, tish
qimirlab qolganligi, uning atrofidagi yumshoq to‘qimalar qizarib
shishganligi, ba’zida bu holat zararlangan tish qo‘shnilari atrofida ham
bo‘lishi, paypaslab ildiz bo‘ylab suyak devorlarining kemtigi borligi,
tana xaroratining ko‘tarilganligi (38—40°C) aniqlanadi. Yana zararlangan
tish atrofida abssess, xattoki, flegmona ham bo‘lganligini, qonda leyko-
sitoz, eritrositlar cho‘kishining tezlashganligini ko‘rish mumkin. Bemor-
larning uyqusini, ishtaxasini buzilishi, holsizligi, boshi og‘riganligi kabilar
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |