Rivojlantirish instituti
Fosfat-sement ildiz kanalini plombalash uchun
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Fosfat-sement ildiz kanalini plombalash uchun
Argil Polikarbokislat sement Gidrofosfat sement Metalli plombalar: a) Kumushli: SSTA-01,AS. b) Misli: tabletkali, TMAS-01, kapsulali SMTA-56. c) Gallodent-M. Sun’iy katron (smola) asosi- dagi plombalar: a) Akrilli plombalar: Norakril- 65. b) Epoksidli plombalar: Epo- dent. c) Kompozision plombalar. Akriloksid. Norakril-100 Karbodent Evikrol Epakril Konsayz 6- rasm. a — kamitsin (poroshok va suyukligi); b — katsin-pasta. 3 7 Mikrorest Vkladkalar a) plastmassali. b) chinnidan (farforli). c) metalli. Tagliklar. Davolovchi tagliklar: a) kalmesin; b) kalsin-pasta; c) stomatologik taglik material; d) sinkoksidevignol sement; e) adgezor birikmali pastalar (quyuq surtma), tarkibida har xil moddasi mavjud. Ajratuvchi tagliklar: a) fosfat-sement; b) tarkibida kumushi bor fosfat-sement; c) visfat-sement; d) dioksivisfat-sement; e) adgezor; f) argil; g) laklar; j) polikarboksilat sement. Ildiz kanalini plombalashda qo‘llaniladigan moddalar Qotmaydigan yumshoq (plastik) plombalar. a) yog‘li antiseptik pastalar. Qotuvchi yumshoq pastalar: a) fosfat-sement; b) parasin; c) endodent, introdont; d) gvayakril; e) rezorsin-formalinli; f) bakelit; g) sebanit. Birlamchi qattiq moddalar (shtiftlar): a) plastmassali; b) guttaperchali; c) metalli. Plomba materiallari tarkibiga ko‘ra tish to‘qimalari xossasiga mos kelishi, og‘iz bo‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy omillarga chidamli bo‘lishi kerak. Hamisha ogiz bo‘shlig‘ida so‘lak bilan yuvilib turishi orqali plomba o‘z ta’sirini inson organizmiga o‘tkazishi mumkin. Shuning uchun, plomba materiallari xalqaro talablarga javob bermog‘i kerak: mexanik va kimyoviy mustahkam, tish to‘qimalariga, og‘iz shilliq qavatiga va organizmiga zaxarli ta’sir etmasligi, shaklini, doimiyligini 3 8 saqlash, issiq-sovuq ta’sirida plombani o‘zgarish koeffitsenti tish qattiq to‘qimasinikiga yaqin bo‘lishi, yaxshi yopishqoqligi, kosmetik talabga javob bera olishi (rangi, yarqirashi, musaffoligi), rentgen nurida ko‘rinishi, kam yedirilishi, tish rangini o‘zgarmasligi, tezda qota olishi, bakterisid ta’siriga egaligi, kerak bo‘lganda engil ko‘chirish mumkinligi, tish-plomba oralig‘ini qisqaligiga erishmoq kerak. Ushbu talablarga to‘liq javob bera oladigan plomba materiali hozircha yaratilmagan, lekin qo‘yilgan talablarga ko‘ra kerakli xususiyatga ega bo‘lgan plomba materialidan foydalanish tavsiya etiladi. Vaqtinchalik plomba tish kovagini 1—2 hafta mobaynida berkitish uchun ishlatiladi. Bu vaqt ichida tish kovagiga qo‘yilgan dorini ushlab turishga yoki masallikni diagnostika va taqqosiy diagnostika qilishga yordam beradi. Doimiy plomba qo‘yishda vaqtinchalik plomba ajratuvchi taglik sifatida ham ishlatiladi (chuqur kariyesda). Eng ko‘p ishlatiladigan vaqtinchalik plomba materiallaridan biri bu sun’iy dentin — sink-sulfat sementdir. Sun’iy dentin — oq rangdagi poroshokdir, tarkibi 66% rux oksidi, 24% rux sulfati, 10% kaolindan iboratdir. Plomba tayyorlash uchun poroshokdan kerakli miqdorda oyna plastin- kasining yuzasiga solinadi va distillangan suvni 2:1 hisobida botguncha qo‘shiladi. Metall shpatel bilan 30 soniya davomida qaymoqsimon holatga kelguncha aralashtiriladi. U ma’lum darajada yopishqoq bo‘ladi va karioz kovakka yaxlit bo‘lakda kiritilgandan so‘ng 3-4 daqiqa ichida devorlarini paxta tamponchasi yordamida shakllantiriladi. Plombani so‘lakdan muxofaza qilish kerak, aks holda qotmaydi. Dentin pasta ishlatish uchun tayyor holatda chiqariladi. Sun’iy dentinni o‘rik, shaftoli yoki qalampir moyiga quyuq pasta holatiga kelguncha aralashtirib tayyorlanadi. Tarkibida xushbo‘y modda mavjud, antiseptik va suv ta’siri qilmaslik xususiyatiga ega. Bunday dentin og‘iz bo‘shlig‘i xaroratida bir soatda qotadi. Uni og‘zi yaxshi yopiladigan shisha idishda saqlanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling