Rivojlantirish instituti
IV bob TISH QATTIQ TO‘QIMASINING KARIYES TABIATIGA
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
IV bob
TISH QATTIQ TO‘QIMASINING KARIYES TABIATIGA EGA BO‘LMAGAN KASALLIKLARI Tasnifi: Tish qattiq to‘qimasining kariyes tabiatiga ega bo‘lmagan kasalliklari asosan: I. Tishlar chiqqunga qadar zararlanishi mumkin. Bularga quyidagi kasalliklar kiradi: 1) Gipoplaziya. 2) Giperplaziya. 3) Flyuoroz 4) Turli xil tishdagi anamaliyalar. 5) Nasl tufayli tishdagi zararlanish. II. Tishlar chiqqandan so‘ng hosil bo‘ladigan kasalliklar: 1) Tishdagi ponasimon nuqson; 2) Patologik emirilish; 3) Tish nekrozi; 4) Tish eroziyasi; 5) Tishlardagi mexanik shikastlanish; 6) Tish giperesteziyasi (to‘qimalar sezgirligining oshishi). Tishlar chiqqunga qadar zararlanish bilan og‘rigan bemorlar shifokorga kam murojaat qiladilar. Ko‘pincha og‘riq bo‘lmaydi. Gipoplaziya — so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, gipo-kam, etishmaslik, plaziya-hosil bo‘lish ma’nosida bo‘lib, bu kasallikda emalni hosil bo‘lishida, etishmovchiliklar bo‘lishi natijasida, emalda turli kamchiliklar bo‘ladi. Tish kurtagi rivojlanish davrida metobolitik buzulishlar natija- sida, emalda miqdor va sifat jihatdan buzulishlar bo‘ladi. Emalni neorga- nik va organik tarkibi buzulib, avvalo oqsillar tuzilishi buziladi. Enome- loblastlar — emalni hosil qiluvchi hujayralar faoliyati pasayadi, natijada emalni minerallanishi pasayadi va emal kam hosil bo‘ladi. Asosan 2 xil gipoplaziya farqlanadi: 1. Sistemali (umumiy) — bir necha tishlarda bo‘luvchi gipoplaziya. 2. Mahalliy — bitta tishda bo‘luvchi gipoplaziya. Sut tishlarini davolatmaslik, yomon davolash natijasida doimiy tish gipoplaziya bo‘lishi mumkin. Gipoplaziyaning sistemali turi sut va doimiy tishlarning bir nechtasida simmetrik shaklda uchraydi. 4 1 Gipoplaziyaning sabablari assi- milyatsiya va dissimilyatsiyani juda yomon buzulishi, modda almashi- nuvini, oqsillar, ayniqsa mineral tuzlar almashinuvini tanada buzilishi natija- sida hosil bo‘layotgan, rivojlanayotgan tish kurtagidagi buzilishlar natijasida hosil bo‘ladi. Tetratsiklin bilan bolalarni davo- lash ham emalda gipoplaziya bo‘lishi- ga sabab bo‘lishi mumkin. Emal dentinni hosil bo‘lish vaqtida kalsiy, kaliy, fosfor, magniy kabi mineral tuzlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ichki sekretsiya (endokrin) bezlarining funksiyasini buzilishi ham emalda nuqsonlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Turli vitaminlarning yetishmasligi, raxit kabi kasalliklarda ham emal gipoplaziyasi bo‘ladi. Qizamiq, chechak, bo‘g‘ma, skarlatina kabi turli xil kasalliklar ham sabab bo‘lishi mumkin. Zaxm kasalligi bor ayoldan tug‘ilgan bolalarda, markaziy yuqori kurak tishlari kichik, pona shaklida bo‘lib chiqadi, buni Furne tishi deyiladi. Bu tishning kesuv yuzasi yarim oy shaklida parcha bo‘lsa — Getchinson tishi deyiladi. Getchinson tishi, surunkali otit, keratit-bu uning tug‘ma zaxm kasal- ligiga xos belgidir. Gipoplaziyaning klinik shakllari: 1. Bo‘r kabi oq yaltiroq dog‘, ba’zan sarg‘ishroq xili ko‘pincha oldingi tishlarning lab yuzasida bo‘lib, emal qattiqligi yo‘qoladi. Tish kariyesidagi oq dog‘ yumshoq va bitta egatchada bo‘lishi bilan farqlanadi. Kariyesdagi oq dog‘ tish chiqqandan so‘ng bo‘ladi, kattalashib, chuqurlashib boradi, gipoplaziyada dog‘lar oylab yillab o‘zgarmay turaveradi. 2. Chuqurchasimon shakli bitta yoki bir nechta bo‘lishi, yumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo‘lishi mumkin, buni eroziyali shakli ham deyiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling