Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich
Birinchi bosqich: ba’zi tishlarning koronkasi yuzasida mayda oq
bo‘rsimon dog‘lar yoki yo‘llar bo‘ladi. Ikkinchi bosqich: bu dog‘, chiziqchalar tishlar koronkasining yarimidan yarimidan oshishida, ancha tishlarda bo‘lib, sarg‘ish pigmentli dog‘lar ham bo‘ladi. Uchinchi bosqich: sariq, jigarrang dog‘lar ko‘p tishlarning deyarli koronkasining hamma yuzasida bo‘ladi, emalning tuzilishi butunlay buzilgan bo‘ladi. Ftor bilan zaxarlanish kuchli bo‘lsa, son suyaklarda ham zararlanish bo‘lishi rentgenogrammada aniqlangan. 1966- yili V.K. Patrikeev flyuorozni besh bosqichga bo‘ldi: 1. Shtrixli shakli. 2. Dog‘simon shakli. 3. Bo‘rsimon shakli. 4. Eroziyali shakli. 5. Destruktiv shakli. Flyuoroz deb diagnoz qo‘yish qiyin emas. Bemor hayotini, yashaydigan joyini, kasallik belgilarini yaxshilab o‘rganish aniq kasallikni bilishga asos bo‘ladi. Ftorning suvda miqdori ortiqligi bir xil bo‘lganda turli odamlarda o‘zgarishlar har xil bo‘ladi. Bu tananing umumiy holatiga bog‘liq. Ichiladigan suvning miqdoriga bog‘liq. Serxarakat bolalar suvni ko‘proq ichadilar, ftorni ko‘proq qabul qiladilar, ya’ni flyuoroz bilan kuchliroq zararlanadilar. Bemor tishini turli ta’sirlardan og‘rishi, tishining ko‘rinishi buzilishiga shikoyat qiladi. Flyuorozni kariyes, gipoplaziya, emirilish, ponasimon va boshqa nuqson kabilar bilan farq qila bilish kerak. Eng zaruri profilaktika — flyuoroz bo‘lmaslik choralarini qo‘llash kerak. Shahar va qishloqlarda vodoprovod suvidan ichimlik, ya’ni suvda ftorni normal 1,0—1,5 mg.ftor 1 litr suvda bo‘lishiga erishish kerak. 4 4 Flyuorozning boshlanish davrida suvda ftor miqdori normallashsa tezda tuzaladi. V.K.Patrikeev kosmetika nuqtai nazaridan flyuorozdagi emaldagi dog‘ pigmentlarni 3% tertrat yoki limon kislotasi ho‘llangan toza paxta bilan rangi chiqquncha artish tavsiya etilgan. Keyin kislota choy sodasi bilan neytrallanadi. Tish mayda pemza bilan yoki yog‘och tayoqcha bilan silliqlanadi, pardozlanadi. I.O.Novik esa 3% li perekis vodorod eritmasidan 5 qism olib bir qism efir qo‘shib tozalashni tavsiya etgan. Tishning ko‘rinish shakli ancha o‘zgargan bo‘lsa. Unga sun’iy koronkalar bilan qoplanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling