Rivojlantirish instituti


KARIYES KASALLIGINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

KARIYES KASALLIGINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
(PROFILAKTIKA)
Kariyes 
kasalligini 
oldini 
olish 
chora-tadbirlari 
— 
profilaktikasi 
uchun
tuzilgan maxsus dasturlar, birinchi navbatda, homilador ayollar va
ulardan tug‘iladigan bolalar sog‘lig‘ini muxofaza qilishga qaratilishi
lozim. Chunki kariyes kasalligini chaqiruvchi omillar bola tug‘ilishidan
ancha oldin ona va bola organizmiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi
mumkin.
Sut tishlar o‘zagining hosil bo‘lishi homiladorlikning 7-haftasidan
boshlanadi. Homilaning 5-oyida birinchi oziq tishlar kurtagi hosil bo‘ladi,
8-oyda esa doimiy kesuvchi va uzuvchi tishlarning kurtaklari hosil
bo‘ladi. Bola tug‘ilguncha barcha sut tishlarining o‘zaklari hosil bo‘la
boshlaydi.


6 2
Ma’lumki, homiladorlikning 9 oyi mobaynida bo‘lajak onaning
tanasida, organizmida kechadigan turli asabiylik, spirtli ichimliklar,
giyohvandlik, chekish kabi holatlar homila salomatligiga salbiy ta’sir
etadi. Salbiy holatlar yuz-jag‘ sohasida yuz tuzilishiga qatnashuvchi
suyaklar shaklini o‘zgarishi, tish o‘zaklarini o‘lishi yoki zararlanishi,
lablar va tanglay suyaklarining kemtiklari, tishlarning mo‘rt, kariyes
kasalligiga chalinuvchi bo‘lishi, tug‘ilgan bola organizmining kuchsiz-
lanishi kabilarga sabab bo‘lishi mumkin.
O.A. Prokusheva keltirgan ma’lumotlar 3 yoshdagi bolalar tishlarini
tekshirish natijalariga bag‘ishlangan bo‘lib, homiladorlik tinch, osoyishta,
me’yorda kechgan sog‘lom onalardan tug‘ilgan bolalarning 3% da tish
kariyes kasalligi bilan kechganda onalardan tug‘ilgan bolalarning deyarli
yarmisida (43%) kariyes kasalligi borligi aniqlangan.
Yaxshi va to‘g‘ri ovqatlanish ham kariyes kasalligini oldini olish
omillaridan biri xisoblanadi. Homilador ayolning kunlik ovqati mineral
tuzlarga, vitaminlarga, oqsillarga, yog‘larga va karbonuvlarga boy bo‘lib,
har kuni 4 mahal (4—4,5 soatda bir marta) bo‘lishi talab etiladi. Bunda,
kalsiy va fosfor (4:5 dan 1:1,5 nisbatda), magniy va kalsiy (1:3 yoki 1:2)
ftor va kalsiy (1:1000) elementlari muvofiqlashgan bo‘lishi kerak.
Buning uchun aminokislotalar (arginin, lizin, alanin, glisin, krolin,
tirozin)ga boy bo‘lgan hayvonot oqsillari mol go‘shtida, quyon, tovuq,
kurka va boshqa go‘shtlarda mavjud bo‘lgani uchun, ularni iste’mol
qilish foydalidir. O‘simlik mahsulotlaridan lavlagi ham foydali
xisoblanadi.
Kundalik ovqat tarkibiga, masalan, go‘sht yoki baliq bilan kalsiyga
boy bo‘lgan kartoshka, karam, grechka, arpa, loviya kabilar kiritilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarida ham kalsiy elementi
ancha ko‘p. 1 l sutda 1,2 g kalsiy, 100 g suzmada esa 0,9 g kalsiy
moddasi bor. Kalsiyning ma’lum miqdori organizmga suv bilan kiradi.
Shuning uchun ftor va kalsiy hamda boshqa mineral moddalar har bir
hududda alohida xisoblanib chiqilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ichimlik suvdagi ftor ionlarining
o‘rtacha yillik miqdori 0,4 mg/l ni (sharqiy zonada — 0,28, markaziy
zonada — 0,42, shimoliy-sharqiy zonada — 0,51 mg/l) tashkil etadi.
Bu juda kam miqdor xisoblanadi. Chunki me’yorda 0,8-1,2 mg/l ftor
miqdori bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, 6 yoshli bolalarning sut
tishlarida kariyes kasalligining tarqalish darajasi O‘zbekistonda 80,86%
(sharqiy zonada — 73,89%, markaziy zonada — 85%, shimoliy-sharqiy
zonada — 85,71) ni tashkil etadi. 12 yoshli bolalarda kariyes kasalligini
umumiy tarqalganlik darajasi 68,04% ni, 15 yoshli bolalarda — 75,75%
ni tashkil etadi.
Ftorning profilaktik foydasi — emalning kislotalarga bo‘lgan qarshilik
kuchini oshiradi. Demak, O‘zbekiston davlati xududida xomilador
ayollarga har kuni 2 tabletkadan ftorid natriy qabul qilish tavsiya etiladi.


6 3
Tabletka og‘izda maydalanadi, 1—2 daqiqa ushlab turiladi va ustidan
suv ichib, yutiladi. Bu bo‘lajak ona tishlarini va homila tishlarini kariyes
kasalligidan ximoya etadi. Toksikoz bilan kechadigan homiladorlikda
bu miqdor 2 ga ko‘paytiriladi. Agar suvda ftor miqdori me’yorda bo‘lsa
ham, 1 tabletkadan kuniga 1 marta ftorid natriy qabul qilinadigan bo‘lsa,
ular orasidagi muddat 3 soat bo‘lishi kerak, birga qabul qilinmaydi.
Shuni ta’kidlash zarurki, xususan O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo
davlatlarida, odamlar ko‘p miqdorda choy ichishadi. Choy, xususan
ko‘k choy tarkibida ftor moddasi bor. 2—3 piyola choy tarkibida 1—1,5
mg ftorid natriy bor ekan. Shuningdek, mineral suvlar, baliq mahsulot-
lari — skumbriya, sardina, dengiz okuni, mevalar — o‘rik, sabzi, kashnich
kabilar tarkibida ham ftorid natriy ma’lum miqdorlarda bor. Suv
tarkibidagi ftorid miqdorini sun’iy apparatlar — "Ftorator" lar yordamida
muvofiqlashtirish, davlat miqiyosida olib borilishi mumkin. Lekin bu
juda qimmat, ko‘p pul sarflashni talab etadi.
Ftor miqdorini organizmga tushish jarayonini ftorid tuz, sut va boshqa
ovqatliklarga ftor tuzini qo‘shish bilan ham muvofiqlashtirish mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, sun’iy yo‘l bilan organizmga ftor
preparatlarini kiritishda, uning og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish katta
ahamiyatga ega. Vitafor preparati (uning 1 ml da 0,1 mg ftor, 660 ME
A vitamini, 80 ME D2 va 12 mg S vitaminlari bor) ftorid natriy
tabletkalaridan yaxshiroq foyda berishi kuzatilgan.
Vitaftor preparati yoki ftorid natriy tabletkalari 3 yoshgacha bo‘lgan
bolalarda 180 kun davomida, ayniqsa qish, bahor va yoz oylarida qabul
qilinishi kariyes kasalligiga chalinishni oldini olishi aniqlangan. Bu
preparatlar zararlangan tish yuzalariga applikatsiya — shimdirish yo‘li
yoki og‘izni ftorli suyuqliklar bilan chayish, tarkibida ftoridlar bo‘lgan
tish pastalari bilan tishlarni tozalash, tishlarni ftorli laklar bilan berkitish,
yopish kabi muolajalar natijasida emal orqali maqsadga muvofiq yaxshi
ta’sir etadi.
Masalan, ftorid natriyning 0,2% li eritmasi bilan 3—4 yil davomida
tishlar chayilsa, kariyes kasalligining shiddati 53,8% ga, tarqalishi 20,7%
ga, tishlar KPU si bo‘yicha kasallikni o‘sishi 36,5% ga kamayishi mumkin
ekan.
Umuman olganda, kariyes kasalligiga qarshi kurash-profilaktika
chora-tadbirlari bir necha asosiy prinsip-tutumlardan iborat:
1. Davlat tomonidan bajariladigan ishlar.
Bu ishlarga avvalo, aholini me’yorlarga javob beradigan toza ichimlik
suvi bilan ta’minlash kiradi. Kerak bo‘lganda, suvni ftorlash yoki bir
necha suv manbalari — daryolar, kanallarni bir-biriga ulab, ftor miqdorini
me’yorlash, ekologik masalalar kabi katta mablag‘ talab etadigan ishlarni
amalga oshirish zarur.
2. Ijtimoiy ishlar.
Aholining ijtimoiy — turmush va yaxshi sharoitlari, oilaviy daromad
miqdori, imkoniyatlari, ma’rifiy va ma’naviy darajalari barcha kasalliklar,


6 4
jumladan, kariyes kasalligini rivojlanishida va uni oldini olish chora-
tadbirlarini joriy etishda muhim ahamiyatga egadir.
3. Tibbiyot xodimlari bajaradigan ishlar.
Shifokor-stomatolog ginekolog bilan birga ayollar maslahatxonasida
homilador ayollarni ko‘rikdan o‘tkazib, ulardagi kasalliklarni aniqlashlari
va davolash chora-tadbirlarini ko‘rishlari zarur. Kerak bo‘lganda, bu
ishga pediatr, terapevt va boshqa mutaxassisdagi shifokorlar jalb etiladi.
Har bir homilador ayol bilan yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, unda
kasalliklar oldini olish chora-tadbirlariga oid maslaxatlar berish, sog‘liqni
ximoyalash qoidalarini o‘rgatish (masalan, tishlarni tozalash tartiblari,
badantarbiya va boshq.), to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish, umumiy va
shaxsiy tozalik qoidalariga rioya etish va umuman sog‘lom turmush
tarzini tashkil etish kabilarni tushuntirish, o‘rgatish kerak.
Undan tashqari, tibbiyot xodimlari tomonidan chop etilgan turli
tibbiyot sohalariga taalluqli kitobcha va jadvallar, ko‘rgazmali tasviriy
rasmlar, gazeta va jurnallarga bosilgan ommabop maqolalar, radio va
televideniye orqali o‘tkaziladigan suhbatlar xalq ommasiga tibbiyot
bilimlarini targ‘ib etishda, aholini sog‘liqni saqlash madaniyatini o‘stirish,
takomillashtirishda va natijada juda ko‘p kasalliklar, jumladan
stomatologiya sohasidagi kasalliklarni ham oldini olishda muhim o‘rin
tutadi.
Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar (yasli, bog‘cha, maktab, kollej) orasida
shifokor-stomatologning tarbiyachi va o‘qituvchilar hamkorligida olib
borilgan, tibbiyotga oid suhbatlari yaxshi natijalar beradi. Bu suhbatlarda
turli ko‘rgazmali rasmlar, jadvallar, slaydlar, plakatlar, ilmiy ommabop
kinofilmlar namoyish etish ular salohiyatini yanada oshiradi.
4. Tozalikka rioya etish bilan bog‘liq ishlar.
Tozalikka bog‘liq ishlarni tashkil etish chora-tadbirlariga atrof-
muxitni toza tutish, yashaydigan uyimiz, ish joylarini, yonimizdan
oqadigan kanallar, ariqlar suvlarini toza tutishni, shaxsiy tozalik
qoidalariga rioya etish va bular natijasida sog‘lom turmush tarzini tashkil
etish kabilar kiradi.
Katta mablag‘ talab etadigan ishlarni, masalan O‘zbekistonda Orol
dengizi muammosini davlat bajarsa, qolgan barcha tozalik ishlarini
aholining o‘zi bajarishi kerak.
5. Tarbiyaviy ishlar.
Bolalar va kattalar orasida eng ko‘p tarqalgan kariyes kasalligini oldini
olishda, insonlarda sog‘liqni ximoya etish tuyg‘ularini tarbiyalab borish
zarur. Bunda turmush sharoiti, oila muxiti katta rol o‘ynaydi. Bolalarni
tarbiyalash, ularga sanitariya va tozalik qoidalarini o‘rgatishda ota-onalar
o‘rnak bo‘lishlari kerak. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish ota-onalar,
tarbiyachilar, o‘qituvchilar va shifokorlarning zimmasida turadi.
Umuman aytganda, ona-bola sog‘lig‘ini muhofaza etish, atrof-
muxitni qo‘riqlash, uni tozaligi uchun kurashish, bola tug‘ilmasdan oldin


6 5
bo‘lajak ona va tug‘ilajak bola sog‘lig‘ini ta’minlaydigan omillarni
qo‘llash, sog‘lom turmush tarzini joriy etish kabi davlat, tibbiyot, pedagog
va tarbiyachilar bajaradigan ish ko‘lamlari juda ko‘p kasalliklar, jumladan,
kariyes kasalligini ham oldini olishdek, yuksak insonparvarlik vazifalarini
bajarishga xizmat etadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling