Rivojlantirish strategiyasi
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.O‘zbekiston
- Harakatlar
Beshinchi yo‘nalish - xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalar bilan bog‘liq bo‘lib, bunda dunyo qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to‘kilayotgan bir sharoitda milliy xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy e’tibor berish eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. O‘ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130-dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tiqod va madaniyatlarni hurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati beqiyos ekanligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 34- millionli oilamiz istiqboli uchun diniy e’tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qat’i nazar, har bir fuqaro mas’ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruhda tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan.
O‘zbekistonning tashqi siyosatida,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek13, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo‘yilgan. O‘tgan davr davomida мillatlararo tinchlik va totuvlikni, puxta o‘ylangan va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilganligi natijasida qo‘shni davlatlar bilan ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yildi, Markaziy Osiyo hududida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Faqat 2017-yilda 21 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 60 ta davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi, 60 milliard AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi. 3.O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining milliy va umuminsoniy negizlarga asoslanishi. “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” 2021-yil 05-oktabr kuni Toshkentda “O‘zbekiston: besh yil ichidagi jadal islohotlar” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. “Harakatlar strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Adliya Vazirligi tashkil qilgan anjumanda hukumat a’zolari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari amalga oshirilgan islohotlar natijalari bo‘yicha hisobot ma’ruzalarini bilan chiqishdi, fuqarolik jamiyat vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlarning baholari va fikrlari tinglandi. Anjuman xalqaro muloqot platformasiga aylanib ishtirokchilarga nafaqat Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarning natijalari bilan tanishishga, balki mamlakatdagi islohotlarni davom ettirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayonida inobatga olinadigan o‘z baho va tavsiyalarni taqdim qilishga imkoniyat berdi. Anjuman davomida “Rivojlanish strategiyasi” Markazining ijroiya direktori Eldor Tulyakov Reforms.uz elektron platformasini-barcha joriy qilingan islohotlar va ularning natijalari haqidagi ma’lumotni sodda va ommabop ko‘rinishda o‘z ichiga oladigan yagona elektron bazani-taqdim qildi. Platformani yaratish jarayonida, “Rivojlanish strategiyasi” Markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining (SMTI) mutaxassislari nihoyatda katta ma’lumot hajmini- ham davlat organlarining rasmiy raqamlarini va statistikasini, ham xalqaro tashkilotlarning hisobotlarini, xorijiy ekspertlar va fuqarolik jamiyatining baholashlarini-o‘rganib chiqdi. Endilikda davlatimizning istalgan fuqarosi uni qiziqtiruvchi muayyan mavzu bo‘yicha islohotlarning natijasi bilan tanishib chiqishi mumkin, platformadagi barcha raqamlar esa taqqoslanuvchi shaklda keltirilgan:1991-yildan-2016- yilgacha va 2017-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan vaqt davrlari uchun berilgan. 2017-2021-yillar uchun Harakatlar strategiyasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha islohotlarning asosiy natijalari: “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish” yo‘nalishi Davlat apparati faoliyati samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan Ma’muriy islohot boshlanib davom etmoqda. 110 ta samarasiz idoralararo organlar bartaraf etilgan, 10 ta yangi vazirliklar va idoralar tuzilgan, 6 ta davlat funksiyasi xususiy sektorga o‘tkazilgan. Davlat va jamiyatni ishlarini yuritishda Parlament roli kuchaytirildi. Hukumat soati instituti joriy etildi, Oliy Majlis palatalari muntazam ravishda sog‘liq saqlash vaziri, tashqi ishlar vaziri, ichki ishlar vaziri, adliya vaziri va hukumatning boshqa a’zolarining hisobotlarini tinglashadi. 2019-yilda Hukumatning Davlat dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har yil choragida eshitish amaliyoti joriy qilindi. 2017-yildan boshlab O‘zbekistonda xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonalari ishlamoqda, ular aholi bilan bevosita muloqotni, tezkor javob berishni va joylarda muammolar hal etilishini ta’minladi. 2017-yildan-2020- yilgacha ular orqali 10,1 mln. murojaatlar o‘tdi. Byurokratiyaga qarshi kurashish natijasida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soni 2 barobarga (167 dan- 79 gacha) qisqardi. 4-yil ichida “Yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etiladigan xizmatlar soni 10 barobarga (16 dan-157 gacha) oshdi. “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” yo‘nalishi 2017-2020-yillarda sud hokimiyati mustaqilligining kuchayishi yuz bergan. 2018-yilda davlat organlarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish uchun ma’muriy sudlar tuzilgan. Ular 2019-2020-yillarda 31,3 ming arizani ko‘rib chiqib, ulardan deyarli 70 foiz (21,2 ming) arizani qondirgan. Biznes-ombudsmenlar institutining paydo bo‘lishi tadbirkorlar imoyalanishini kuchaytirdi. 2017-2020-yillarda biznes-ombudsmenlarga 13,4 ming ariza kelib tushdi, buning natijasida: 930 nafar mas’ul shaxs intizomiy javobgarlikka, 1513 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi,1034 ta davlat va nazorat organlarining noqonuniy qarori bekor qilindi, sudlar orqali tadbirkorlik sub‘yektlari foydasiga 95,1 mlrd so‘m undirildi. Shuningdek, fuqarolarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha islohotlar o‘tkazildi: “propiska” tizimi qayta ko‘rib chiqildi, zo‘ravonlikdan zarar ko‘rgan ayollar uchun 197 reabilitatsiya markazi tuzildi, ularga “himoya orderi” berilishi tartibi kiritildi (2019-yildan boshlab 8,4 mingdan ortiq order berilgan), fuqarolika ega bo‘lish tartibi amallari soddalashtirilgan. O‘tkazilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston birinchi marta BMT ning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining teng huquqli a’zosi sifatida qabul qilindi. “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” yo‘nalishda 2017-2020- yillarda respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobarga o‘sdi, inflyatsiya darajasi 18,8 foizdan 11,1 foizgacha pasaydi, oltin-valyuta rezervlari 26,4 mlrd dollardan 34,9 mlrd dolgargacha oshdi. O‘tkazilgan islohotlar davomida ko‘pchilik soliqlar stavkalari kamaydi:yagona ijtimoiy to‘lov - kichik korxonalar uchun 15 foiz va yirik korxonalar uchun 25 foiz dan 12 foizgacha, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i - 22,5 foizdan (maksimal stavka) 12 foizgacha, QQS – 20 foizdan 15 foizgacha, foyda solig‘i - 14 foizdan 12 foizgacha, yuridik shaxslarning mulk solig‘i - 5 foizdan 2 foizgacha. Shuningdek, davlat fondlariga ajratmalar va sug‘urta badallari bekor qilindi, soliq tekshiruvlarining turlari esa 13 dan 4 gacha kamaydi. 2017-yilda naqd pul mablag‘lari aylanmasi bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi va bankomatlarda pul olish imkoni paydo bo‘ldi. 2020-yilda plastik kartalarning egalari bankomatlar orqali 62,2 trln. so‘m yechib olganlar. Valyuta bozorini liberallashtirish amalga oshirildi: xorijiy valyutani sotish va sotib olish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi. Natijada aholi tomonidan sotib olingan valyutaning hajmi 15 barobarga oshdi (2016-yilda 273 mln dollardan 2020-yilda 4,1 mlrd dollargacha). Bunda bozor (norasmiy) valyuta kursining o‘rtacha yillik qadrsizlanishi 1998-2016-yillarda 24,4 foizdan, 2017-2020-yillarda esa-10.4 foizni tashkil qildi. O‘zbekiston barcha eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha bojxona bojlarini bekor qildi, eksport va litsenziyalash tartibi amallarini soddalashtirdi, 60% import qilinuvchi tovarlar uchun bojxona bojlarining “nolli” stavkalarini belgiladi va import bojxona bojlari stavkalarini 6,45 foizgacha kamaytirdi. Islohotlar natijasida kichik biznes sektori sezilarli darajada o‘sdi: 2016-yilda respublikada 27 ming, 2020-yilda esa-93 ming kichik tadbirkorlik sub‘yektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” yo‘nalishi, ushbu o‘tgan davr mobaynida aholining turmush darajasi ortishi qayd etilgan. O‘rtacha oylik ish haqi 2016-yilda 1,3 mlun. so‘mdan 2020-yilda 2,6 mln. so‘mgacha oshdi. Shu davr ichida aholi jon boshiga jami daromad esa 5,8 mln. so‘mdan 11,7 mln. so‘mgacha o‘sdi. Sog‘liqni saqlash sohasini mustahkamlash davom etmoqda: budjetdan ushbu soha uchun ajratiladigan mablag‘lar 2,1 barobarga oshirildi, tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasi 7,5 trln. so‘m miqdorida mustahkamlandi. 2017-2020- yillarda O‘zbekiston dori-darmonlar va tibbiy maqsadli buyumlar uchun 1618 mlrd. so‘m ajratdi (1991-2016-yillarda 227 mlrd. so‘m bo‘lgan). Ulardan 61,6 mlrd. so‘m qismi onkologik kasalliklarni davolash uchun dorilarga (1991-2016-yillarda 8,3 mlrd. so‘m), 217,4 mlrd. so‘m- gematologiya va onkogematologiya uchun dorilarga (1991-2016-yillarda 2,8 mlrd. so‘m) yo‘naltirilgan. Xalq ta’limi tizimida islohotlar natijasida 2017-2020-yillarda 328 ta yangi maktablar barpo etildi va 11-yillik majburiy maktab ta’limi tiklandi. Maktabgacha ta’lim tizimida katta o‘zgarnishlar yuz berdi. 2016-yilda 5,2 ming bolalar bog‘chalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2020-yilda ular 18,3 mingga yetdi (shu jumladan davlat bog‘chalari soni 5 mingdan 6,2 minggacha oshdi). Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi darajasi 2020-yilda 61 foiz ga yetdi, 2016-yilda esa 27,7 foiz bo‘lgan edi. Pedagog va tibbiy xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish amaliyoti bartaraf etildi. 2019-yildan boshlab ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga pensiyalar 100 foiz miqdorida to‘lana boshladi. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda: qambag‘allik darajasi 2000-yildagi 28 foizdan 2020-yilda 11 foizga gacha qisqardi. Kam ta’minlangan oilalar bolalar bog‘chalari uchun to‘lovlardan ozod etilgan, kam ta’minlangan oilalarning bolalari bo‘lgan maktab o‘quvchilari mavsumiy kiyim bilan ta’minlandi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatlariga kiritilgan fuqarolar kasbiy ta’lim, ishga joylashtirish va moliyaviy yordam shaklidagi davlat ko‘magini oldi. “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizning qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalari mustahkamlandi, chegaralar hamda suv-energetik resurslardan foydalanishga oid masalalar tartibga solindi. Hozir O‘zbekistonda 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qiladi (2016- yilda u 9 ta davlat uchun amal qilar edi), respublikamiz xalqaro reytinglarda bir nechta pozitsiyaga yuqoriroq ko‘tarildi. Yurtimizning mudofaa salohiyati mustahkamlandi: kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarning ulushi 68 foizgachа o‘sdi (2016-yilda 37 foiz), qo‘shinlarning zamonaviy qurol-yarog‘ bilan jihozlanishi darajasi 5 barobarga oshdi. Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida bugungi kunda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi14 hamda uning quyidagi ustivor yo‘nalishlari e’lon qilindi: “Birinchi yo‘nalish erkin fuqarollik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratilganligi; Ikkinchi yo‘nalish adolat va qonun ustivorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan; Uchinchi yo‘nalishda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi rejalar bayon etildi; To‘rtinchidan, sifat ta’lim-tarbiya masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘lish ta’kidlandi; Beshinchi yo‘nalishga asosan ma’naviy va ma’rifiy sohalar rivojlantiriladi. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston-ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Oltinchidan, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtiri zarurligi ta’kidlandi. Yettinchi yo‘nalishda mamlakatimizdagi tinchlik va xafsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib bular asosida inson manfaatlarini ko‘zlab jamiyatimizning mustaqil ijtimoiy taraqqiyotini yangi sifatiy bosqichga olib chiqish uchun dadil qadam qo‘yishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan dasturiy amal vazifasini o‘tamoqda. Aytish mumkinki, “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya bugungi kunda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi amalga oshirilgan yillarda hamda o‘tgan 30-yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, O‘zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarishni ta’minlaydigan strategik dasturdir. Modomiki, hayot rivojlanishda, o‘zgarishda ekan, milliy mafkuraga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshib boraveradi. Bu esa milliy g‘oyaning jangovar ruhini yanada kuchaytirib, mamlakatimizning ichkarisi va tashqarisida tezkor kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning yangi-yangi qirralarini ochish, har qanday bunyodkor g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, buzg‘unchi g‘oyalar tajovuzining o‘z vaqtida oldini olish, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashning uzluksizligini ta’minlash ishlarini nazariy va amaliy jihatdan kengaytirib borishni taqozo etadi. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling