Rivojlantirish strategiyasi


Download 228.95 Kb.
bet30/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

Maktabgacha ta’lim maskanlari.

Bu ta’lim maskanlarining vazifasi bola kamoloti asoslarini shakllantirishdan, uning madaniy-ahloqiy ehtiyojlarini, dastlabki mehnat ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir. Bu narsa mafkuramiz uchun muhimdir.

  • Umumiy ta’lim maktablari.

  • Yoshlarni 50% yoshlik hayoti maktabda utadi. Undan mafkuraviy tarbiya jarayonida unumli foydalanish, qolaversa to‘g‘ri tashkil etish lozim bo‘ladi.

  • Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, o‘rta-maxsus bilim yurtlar. Bu davrda yoshlarning o‘zgaruvchan “katta bo‘lib” qolgan davri keladi.

  • Oliy ta’lim dargohlari.

Yoshlarni institutlar, universitetlarda mustaqil shaxs sifatida tarbiyalash, mustaqil “hayot” davri kechadi.

  • Mahalla.

Mahalla xalqimizning azaliy an’analariga tayangan maskan. Keksalarni pand-nasihati, kattalarni shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi misolida mahallada odamlar ongiga ezgulik, vatanparvarlik, milliylik va insonparvarlik g‘oyalari singdirilib boriladi. Xalqimizda “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan naql mavjud, bu bejiz emas. Inson boshqa maskanlarda ishlaydi, o‘qiydi, ijod qiladi, mahallada esa yashaydi. Xalq tili bilan aytanda “Bir yigitni bilmoqchi bo‘lsangiz to‘y ma’rakada o‘tirib, turishini ko‘ring .

  • Mafkuraviy tarbiya shakllanishidagi manbalar:

  • haqqoniy yoritilgan xalq tarixi,

  • vatanparvarlik tuyg‘usi

  • siyosiy madaniyat,

  • ma’rifat,

  • din,

  • san’at,

  • nafosat,

  • ahloq,

  • falsafa,

  • tabiat,

  • qadriyat,

  • ona tili,

  • xalq og‘zaki ijodi,

  • tasavvuf ta’limoti

  • badiiy adabiyot,

  • xalq bayramlari,

  • o‘zaro muloqot madaniyati,

  • va boshqalar.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mafkuraviy ishlar umumxalq, umumdavlat ishidir.
Mafkuraviy tarbiyaning asosiy maqsadi xalqimizning bugungi va kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi eng sara va eng sog‘lom g‘oyalarni yosh avlodning ongi va qalbiga singdirishga qaratilgan.
Mafkuraviy targ‘ibot ishlarining muvaffaqiyatini quyidagi qonunlar belgilaydi:
-boshqalarni biron-bir g‘oyaga ishontirmoq uchun, avvalo, uning ilmiy, hayotiyligiga o‘zing yurakdan ishonmog‘ing shart;
-boshqalarni yondirmoq uchun o‘zing ham yonishing kerak;
-boshqalarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoq uchun o‘zing uyg‘oq va bedor bo‘lishing shart. Ana shundagina targ‘ibot qilayotgan g‘oyang bunyodkor kuchga aylanadi.
2.Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institutsional asoslari


O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o‘tkazilishini ta’minlash;
milliy istiqlol g‘oyasining targ‘iboti sifatini muntazam oshirib borish;
davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yo‘llarini izlash;
bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik;
mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;
mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik ko‘rinishlariga barham berish;
mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.
Milliy g‘oyaning targ‘ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:

Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling