Rivojlantirish strategiyasi


Download 228.95 Kb.
bet29/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

Xavfsizlikka tahdidlar

  1. Mintaqaviy mojarolar

  2. Diniy ekstremizm va fundamentalizm

  3. Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik

  4. Etnik va millatlararo ziddiyatlar

  5. Korrupsiya va jinoyatchilik

6. Mahalliychilikvaurug‘- aymoqchilik munosabatlari
7. Ekologik muammolar


Ma’naviy tahdidlar


Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamniiig tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim.
Milliy ma’naviyatimizga tahdidlar tashqi va ichki tahdidlarga bo‘linadi.
Tashqi tahdidlar:



  • globallashuv

  • mafkuraviy xurujlar

  • bangibozlik-narkotik moddalarning keng yoyilishi

  • odam savdosi

  • yurtimizdagi demokratik jarayonlarni buzib ko‘rsatish

  • missionerlik

  • parnografiya sanoati mahsulotlari

  • axborot xuruji



Ichki tahdidlar:

  • xudbinlik va loqaydlik

  • qarindosh-urug‘chilik va mahalliychilik

  • korrupsiya va manfaatparastlik

  • boshqalarni mensimaslik

  • inson ruhiyatiga tez ta’sir o‘tkazuvchi teleseriallar

  • san’atni milliy ma’naviy merosimizdan uzoqlashuvi

  • G‘arbga taqlidning rivojlanishi

  • bozorbop filmlarning yaratilishi

  • kiyinish madaniyati

  • ona tilimizni chuqur bilmaslik

  • muomala madaniyatining yetishmasligi.



NAZORAT SAVOLLARI:


1. “Globallashuv” tushunchasiga ta’rif bering.
2. Axborot makoni va axborot afsizligi deganda nimani tushunasiz?
3. Ma’naviy tahdidlarlarga qanday tahdidlar kiradi?



8-mavzu: MILLIY G‘OYAGA DAXLDORLIK HISSI–BARQAROR TARAQQIYOT OMILI


Rеjа:
1. Daxldorlik hissi tushunchasi
2.Milliy g‘oyaga daxldorlik hissini shakllantirish omillari
3.Barqarorlikshartlari va kafolatlari


1. Daxldorlik hissi tushunchasi


Qadim-qadim zamonlardan boshlab ajodlarimiz daxldorlik sha’ni, shuhrati, uniig istiqboli va taqdiri uchun kurashib kelganlar, uni ko‘z qorachig‘iday asraganlar, kerak bo‘lsa jon fido qilganlar. Shuning uchun eng muqaddas tushuncha daxldorlikdir. Bu tushunchaning nufuzi shu qadar yuksak-ki, uni-e’zozlagan kishiga tole yor bo‘ladi.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobida “Daxl - tegishlilik, taalluqlilik, aloqa, munosabat” 18 deb izohlar beriladi.
Tuyg‘u-bu sizning ichingizdagi eng qudratli kuch. Tuyg‘u cho‘lni boqqa, tiyinni xazinaga aylantiradi. Tuyg‘u-bu yonilg‘i. Aql esa - kemani harakatga keltiruvchi yoki insoniyat taraqqiyotini rivojlantiruvchi kuchdir”, deb yozadi amerikalik - biznesmen-faylasuf Jim Ron. U tuyg‘ularni to‘rt turini: nafrat tuyg‘usi, qaror tuyg‘usi, istak tuyg‘usi va jasorat tuyg‘ularini sanab o‘tadi.
Inson ruhiyatida bir qator tuyg‘u turlarini sanab o‘tish mumkin: Vatan, sevgi, ishon, o‘z-o‘zini tuyish, go‘zallikni tuyish, egalik, faxr, daxdorlik kabi va boshqalar.
Demak, daxldorlik-kishilarni vatanga, millatga, merosga, ajdod- avlodlarga, jonivorlarga, tabiat hodisalariga va narsa-hodisalarga aloqadorligini, taalluqli ekanligini ifodalovchi axloqiy tushuncha va insoniy fazilatdir.
Bizning xalqimiz o‘zi tug‘ilgan joyga juda katta muhabbat bog‘laydi.
Shuning uchun ham ular boshqa joyga ko‘chishni hohlashmaydi. Boshqa joylarga ketganda ham doimo o‘zi tug‘ilgan el-yurtidan aloqasini uzmay, uni ziyorat qilib turadi. Bu ham Vataniga-daxldor, sadoqatli bo‘lishning ko‘rinishidir.
Daxldorlik - insonning ota-onasi, qarindosh urug‘lari, tug‘ilib o‘sgan joygina emas, balki yoshlik davrlarni boshidan kechirgan, yugurib yelib o‘ynagan, sayr qilgan dalalar, cho‘milib yurgan soylar, daryolar, oromgoh bog‘lar, tog‘lar, tabiat muhitdir.
Demak, Vatanni sevmoq- indik qoni to‘kilgan tug‘ilgan joy tabiatini sevmoq uning uchun qayg‘urish ham demakdir.
Daxldorlik-bu birinchi maktab, birinchi bilim, orttirilgan do‘stlar, bilim berib voyaga yetkazgan o‘qituvchilardir.
Shuning uchun ham inson qancha yoshga kirmasin, qayerda ishlamasin birinchi maktab, birinchi o‘qituvchi, maktabdoshlarini hech qachon yoddan chiqarmaydi, ularga doimo hurmat-izzat bilan qaraydi.
Daxldorlik-bu o‘sib ulg‘aygan mahalla. Mahalla yoshlik davriniig eng yaxshi kunlari kechgan hozirgi hayotida ham hamdard, hamnafas bo‘lib kelayotgan qo‘ni-qo‘shni, do‘stu birodarlar maskanidir. Mahallaga hurmat, mahalla ahli bilan doimo maslahatli ish qilish, to‘y-tomoshalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishni har bir inson o‘zining muqaddas burchi deb bilgan. Hozir ham mahallaning o‘rni hech ham kamaymadi balki tobora kuchayib bormoqda.
Daxldorlik-bu oila hamdir. Shunday ekan oilaga, kindik qoni to‘kilgan joyga mehr-muhabbatda, sadoqatli bo‘lish demakdir. Oila jamiyatimizning asosini tashkil qiladi. Oila a’zolarini, ular tug‘ilgan va istiqomat qiladigan uy joyni e’zozlab ayni vaqtda har bir oilaning, insonning shajarasini, tarixini yaxshi bilishini taqozo etadi. Har bir inson, o‘z oilasi, ota-ona, el-yurt tarixini, shajarasini yaxshi bilib olishi lozim. Bunda ayniqsa oila, maktab katta o‘rin tutadi.
Daxldorlik-bu har bir inson ishlayotgan mehnat jamoasi, o‘qiyotgan bilim yurti, ijtimoiy siyosiy muhit hamdir. Mehnat jamoasining inson hayotida tutgan o‘rni katta. Chunki mehnat jamoasida har bir inson hayot maktabini o‘tab, mutaxassis bo‘lib yetishadi, ma’naviy kamol topadi, hayotda o‘z o‘rnini egallaydi, shuhrat qozonadi.
Daxldorlik-bu har bir kishining yashab turgan qishloq, shahari, tumani, viloyati. Shuning uchun ham ular tuman, shahar, viloyat yutuqlari bilan faxrlanadi,
unga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi, mavjud tarixiy yodgorliklar bilan faxrlanadi.
Ularning gullab-yashnashiga, obodonligiga ko‘maklashadi. Daxldorlik - bu xalqimizning jannat misol makoni O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lmoqdir.
Ona-yurtga, Vatanga daxldorlik - inson uchun oltin beshik. Inson ana shu oltin beshikda dunyoga keladi, ilk bor qadam tashlaydi, unib o‘sadi, voyaga yetadi, el yurt xizmatiga bel boo‘laydi. Shuning uchun ham daxldorlik har qanday inson uchun onasi kabi aziz va mukarram tuyg‘udir.
Daxldorlik bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Daxldorlik deganda hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ta’lim olgan, voyaga yetgan necha- necha avlodu ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aqlu-idroklari, mehnatlari sarf etilgan muqaddas yurtga tegishli bo‘lmoqdir. Daxldorlik bu ota yurt, ajdodlar maskani, el-yurt, xalqvoyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, chuqur ildiz otib, o‘sib kamol topib boradigan zaminga tegishlilikdir.
Daxldorlik-muqaddas qadriyat. Taraqqiyot daxldorlikdan boshlanadi. U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, har kimning borligini qadrlovchi zamin, ma’naviy kamolot va saodat maydonidir. Shuning uchun ham har bir inson o‘z dard-alamini, orzu-umidlarini daxldorlik taqdiri bilan bog‘lab kelgan.
Daxldorlik mehrini, daxldorlik sehrini, uning mo‘tabarli ulug‘vorligini so‘z bilan ifodalash qiyin.


2.Milliy g‘oyaga daxldorlik hissini shakllantirish omillari


Mustaqil O‘zbekistonning strategik maqsadi-bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir. Buning uchun har bir O‘zbekiston fuqarosi, avvalo, shaxsiy faollik, bilimdonlik, daxldorlik, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlar sohibi bo‘lishi lozimki, bu jarayon xalqimiz ma’naviy va ma’rifiy merosi, qadriyatlaridan unumli va samarali foydalanishni taqozo etadi.
O‘zbeklar tabiatan boshqa xalqlar, ularning milliy hxis-tuyg‘ulariga katta hurmat bilan qaraydigan jahondagi zakovatli millatlar qatoriga kiradi. Sahovatpeshalik, ochiq ko‘ngillilik, rahm-shafqatlilik, insonparvarlik, mehmondustlik, andishalilik, izzat va hurmatpeshalik bular o‘zbek millatiga xos xususiyatlardir. Bu fazilatlarni e’zozlash va yanada rivojlantirish yoshlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi”, deb yozadi professor Ibroxim Karimov.
Ushbu olim millatimizga xos fazilatlar sifatida sanab o‘tgan 7-fazilatlar qatoriga 8-fazilat sifatida daxldorlikni ham qo‘shib qo‘yish mumkin deb yozadi.
Vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy iftixor va daxldorlik ham ma’naviy fazilatlar tizimiga kiradi. Ma’naviy barkamol, axloq-odobi, vijdoni, imoni, e’tiqodi mustaham bo‘lgan kishilargina o‘z vatanini, xalqini sevish, uni hurmat qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
Daxldorlik hissi va daxldorlik tuyg‘usi inson uchun barcha narsalardan qadrliroqdir.
Daxldorlik milliy istiqtiqlol mafkurasining ajralmas, tarkibiy qismidir. Hayot tarzining ustuvor yo‘nalishi, inson faoliyatining mohiyati, uning maqsadi, manfaati, yashash tarzi, daxldorlik tuygusida mujassamlashgandir.
Haqiqiy daxldorlik millat manfaati deb yashash, uning istiqboli, baxti va saodati yulida mehnat qilish uchun kurashishdir. Daxldorlik erki va yurt ozodligi uchun hayotini tikkan kishini xalq ham, tarix ham aslo unutmaydi. Bundaylarni bemalol haqiqiy daxldor deb aytsa bo‘ladi.
Mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi, istiqloli novqiron avlod tarbiyasi va ta’limiga ko‘p jihatdan bog‘lik. Yoshlar Vatanimizning, mamlakatimizning kelajagidir. Vatanimiz taqdirini ularga ishonib topshiramiz. Buning uchun ular zimmalariga yuklatilayotgan eng murakkab va mas’uliyatli vazifani butun mohiyati ila chuqur anglashlari, his qilishlari, unga o‘zlarini hozirdanoq tayyorlab borishlari lozim.
Yoshlarda o‘z Vataniga daxldorligi bilan faxrlanish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Vatanga daxldorligi bo‘lgan odamning qalbiga ona suti bilan birga kiradi. Bu muqaddas tuyg‘uni ona allasi parvarish qiladi, ota tarbiyasi va o‘rnagi ulg‘aytiradi.
Yosh avlodni daxldorlik ruhida tarbiyalashda urush va mehnat faxriylarining o‘rni katta. Insonda yurtga, vatanga muhabbat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Shu bidan birga, faxriylarga hurmat-e’tibor bilan qarash, ularni ijtimoiy muxofaza qilib, jamoat ishlarida, ayniqsa yoshlarni daxldorlik ruhida tarbiyalashda foydalanish-mustaqil davlatimiz tomonidan qilinayotgan xayrli ishlar sirasidandir.
Yoshlarda daxldorlik his-tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirishda oila tarbiyasi katta o‘rin tutadi. Jamiyatning, insonning kelajagi oiladan boshlanadi. Insonda yurtga, vatanga muxabbat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirishda ta’lim-tarbiyaning ahamiyati benihoya katta.
Hayot tajribasi, insonning ilmiy, ahloqiy kamoloti, o‘z burchi va mas’uliyatini his qilish imkoniyati kuchayib borishi natijasida daxldorlik tuyg‘usi kundalik axloq me‘yorlariga, keyinroq borib e’tiqod va imonga aylanadi. Bugungi kunda yoshlarimiz daxldorlik bilan o‘z vataniga sodiq bo‘lish, uni himoya qilishga tayyor bo‘lish, milliy qadriyatlarni asrash va yanada rivojlantirish, xalqning shon-sharafini yuqori ko‘tarish kabilarni bog‘laydilar.
Yurtiga daxldorlik va millatga, o‘z madaniyati va mentalitetiga, o‘ziga va atrofdagilarga munosabatlar axloq doirasiga kiradi. Daxldorlik va xalqparvarlik
-eng yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlardandir. Milliy g‘oyada Vatan ravnaqiga, uning gullab-yashnashi, ozod va obod bo‘lishiga ustuvorlik berilgan.
Daxldorlik tuyg‘usi, daxldorlik hissi madaniy merosimizda salmoqli o‘rin egallaydi. Qay bir buyuk mutafakkir va shoirni olmaylik, uning ijodida ona-yurt, jonajon o‘lka, qadrdon go‘sha faxr bilan kuylangan.
Darhaqiqat, Alisher Navoiyning quyidagi satrlari Vatanga daxli bo‘lgan beqiyos muhabbatning yorqin ifodasidir:
Boqingiz, bir taraf Rus, bir taraf Chin,
Demasmen:Hind yo Eronni ortuq.
Daxldorlik bo‘lmas, yoronlar, bizga lekin
Qadim tug‘osti shu Turondin ortuq”.
Albatta, milliy g‘oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi.
Shuning bilan bir qatorda, umumbashariyat erishgan ilg‘or yutuqlarga ham tayanadi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan ijtimoiy rivojlanishning quyidagi to‘rtta asosiy negizini belgilab olgan edi:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-vatanparvarlik.
Ko‘rinib turibdiki, ularda milliy g‘oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan.
Mamlakat yoshlarida Vatanga dahldorlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik kabi tuyg‘ularni shakllantirish ham milliy g‘oyaning muhim tamoyili hisoblanadi.
Chunki, boshqa har qanday g‘oyalarga qaraganda ham unda o‘zini anglagan har qanday inson qalbi, yuragi va ongiga ta’sir etuvchi nozik tuyg‘ular mujassamlashgan.
Xususan, inson o‘zini-o‘zi anglab, men kimman, mening avlod-ajdodlarim kim, qaysi millatga mansubman, mening ona zaminim qayerda-degan savollarni o‘ziga berish va unga javob topishni milliy g‘oyadan, uning ulkan negizlaridan izlaydi. U savollarga boshqa bironta g‘oya javob bera olmaydi.


3.Barqarorlik shartlari va kafolatlari


Bugungi kunda xavfsizlik masalalari butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan harajatlarining oshib borishi fikrimizni tasdiqlaydi. Biroq faqatgina zamonaviy qurol-yarog‘ga ega bo‘lishning o‘zigina xavfsizlikni ta’minlamaydi.
Chunki, guvoh bo‘lib turganimizdek, zamonaviy bo‘zg‘unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki to‘satdan qo‘poruvchilik amaliyotlarini qo‘llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanadi. Bunda esa, milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, etno-hududiy va etnodemografik zaminda 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd qilingani ham ushbu fikrning o‘rinli ekanini tasdiqlaydi.
Millatlar mavjud ekan, ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlar ham bo‘ladi. Shunday ekan, bugun globallashuvning bu jarayonga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirining oldini olish haqida bosh qotirish va samarali mexanizmlarni topish o‘z mustaqilligini, erkini, o‘ziga xosligini qadrlashga qodir bo‘lgan barcha millatlar oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi.
Mamalakatimizda ham millatlararo totuvlikni ta’minlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish g‘oyasi davlatimiz birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelgan.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Ma’lumki, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag‘rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda.
.Jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta’minlash e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Ularning o‘rtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatishga O‘zbekistonda mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi”19.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi.Strategiyada beshinchi yo‘nalish sifatida“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar”belgilandi. Bu ham yurtimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, millatlar va diniy bag‘rikenglikka berilayotgan ulkan e’tibordan dalolat beradi.
Bag‘rikenglik” tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi.
Lotincha “tolerare”ni-“chidamoq”, “sabr qilmoq” ma’nosini anglatgan “tolerantlik” so‘zi, asosan biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan qati nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi.
Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi ma’no kasb etib, “chidamlilik”, “bardoshlilik”, “toqatlilik”, “o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish”, “muruvvatlilik”, “himmatlilik”, “kechirimlilik”, “mehribonlik”, “hamdardlik” kabi ma’nolarga ega.
Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik borasida 1995- yil 16-noyabrda BMT tizimida Fan, ta’lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YUNESKO) bosh konferensiyasining 28-sessiyasida “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” qabul qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’iy nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan.
1998-yil 06-noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YUNESKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasida “Tinchlik madaniyati va YUNESKO ning a’zo davlatlaridagi faoliyati” deklaratsiyasi qabul qilindi. YUNESKOning “Tinchlik madaniyati” konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000-yil “Xalqaro tinchlik madaniyati yili”, 2001-yil esa “Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili” deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu yerda yashovchi xalq boshqa joydan ko‘chib kelib, o‘rnashib qolgan emas. Bu zamin - ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Bu zamin - Sharq va G‘arbning, Shimol va Janubning, qadim o‘tmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi, Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng ko‘hna o‘choqlaridan biridir.
Bu tuproqda jahonni hayratga solgan sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub diniy va falsafiy an’analar shakllangan. Qadimgi yunon faylasufi Geraklit bu yurtni “falsafiy tafakkur beshigi”, deb bejiz ta’riflamagan. Shuni ta’kidlash joizki, bizning sivilizatsiyamiz o‘ziga xos bag‘rikenglik tafakkur uslubiga tayanadi.
Uch ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, oliyjanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil avval mamlakatimiz hududida 70 ga yaqin millat vakillari istiqomat qilgan. 1926-yilda yurtimizda 90 millat va elat yashagan bo‘lsa, 1959-yilda ularning soni 113 taga, 1979-yilda 123,1989-yilda esa 130 taga yetgan edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng nafaqat mamlakatga nom bergan o‘zbek xalqi, balki shu muqaddas zaminda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining ham millat sifatida saqlanib qolishi va rivojlanishi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Jumladan, ko‘pmillatli diyorimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash va yanada mustahkamlashning muhim omili bo‘lgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatga mansub aholining ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan milliy-madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish uchun 1992-yil 13-yanvarda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari, shuningdek, jamoat tashkilotlari birgalikda millatlararo munosabatlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida qatnashish, milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘ziga xos an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni tiklash hamda rivojlantirishda ularga ko‘maklashish deb belgilandi.
2017-yilda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligi keng nishonlandi. Mamlakatimizda milliy madaniy markazlarni soni 140 dan ziyod ular yurtimizning jamoat tashkilotlari qatorida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, bu markazlar faoliyatida millatidan qati nazar, barcha yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin. Millatlararo munosabatlar yo‘nalishidagi yana bir dolzarb masalalardan biri-aholining milliy tarkibiga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilishdir. Bu borada respublikamizda bugungi kunga kelib, 10 mingga yaqin maktab faoliyat yuritayotgani, shundan 845 ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg‘iz tilida, 7 ta maktabda koreys tilida ta’lim berish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash kerak. Bular orasida ikki yoki uch tilda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilayotgan maktablar ham bor. Halq ta’limi vazirligiga qarashli pedagogika institutlarida o‘zbek tilidan tashqari rus,tojik, turkman,qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida ham mashg‘ulotlar olib boriladigan maktablar uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Respublikamizdagi ommaviy axborot vositalarining faoliyati ham aholi milliy tarkibining rang-barang ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, ingliz, koreys tillarida gazeta va jurnallar chop etilmoqda.
O‘zbekiston televideniyesi orqali qator xorijiy tillardagi ko‘rsatuvlarning muntazam ravishda namoyish qilinishi va maxsus radio eshittirishlarning turli tillarda efirga uzatilayotgani ham diqqatga sazovor. Bugungi kunda, 12 (o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, ozarbayjon, rus, tatar, boshqird, koreys, uyg‘ur) tillarida teleradio eshittirishlar efirga chiqmoqda.
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonning millatlararo siyosati insoniylikka, demokratiyaga qarshi bo‘lgan siyosatning har qanday ko‘rinishlarini to‘liq va mutlaq rad etishga asoslangan.
Ko‘rinib turganidek, millatlararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida O‘zbekiston o‘ziga xos tajriba orttirdi. Bunda faqat milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylash bilan cheklanmaslik, balki mamlakatdagi barcha millatlarning umumiy birdamligiga erishish tamoyiliga amal qilindi.
Shuni unutmaslik kerakki, qayerda millatlararo totuvlik g‘oyasining ahamiyati anglab yetilmasa, jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi, ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo‘layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasini amalga oshirishga g‘ov bo‘ladigan eng xatarli to‘siq-tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat,zararlig‘oya tuzog‘iga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda halokatga yuz tutadi. Bunga uzoq va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Birgina fashizm g‘oyasi XX asrda insoniyat boshiga avvalgi barcha asrlardagidan ko‘ra ko‘proq kulfat, ofat-balolar yog‘dirib, oxir-oqibatda o‘zi ham halokatga uchradi. Lekin hanuzgacha fashizm, shovinizm, irqchilik g‘oyalarini tiriltirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik g‘oyasiga qarshi “salib yurishi” uyushtirishga urinayotgan kuchlar borligi barchamizdan hushyor torttirisni talab qiladi.
Bag‘rikenglikning muhim yo‘nalishlaridan biri “diniy bag‘rikenglik” dir. Turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud farqlardan qat’i nazar, ularning yonma-yon, o‘zaro tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarashni anglatadigan mazkur tushuncha, har kim o‘z e’tiqodiga amal qilishda erkin bo‘lgani holda, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishini nazarda tutadi.
Asrlar mobaynida o‘lkamizning shaharu qishloqlarida masjid, cherkov va sinagogalar emin-erkin faoliyat ko‘rsatib, turli millat va dinga mansub qavmlar hamjihatlikda o‘z diniy marosimlarini ado etib kelganlar. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagan. Bu esa, millati va diniy qarashidan qat’i nazar, insonni ardoqlash va o‘zgalarni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish kabi tuyg‘ular yurtimiz aholisining qon-qoniga singib ketganidan dalolat beradi. Aynan shu sifatlar xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglikning ma’naviy asosini tashkil qiladi.
Ma’lumki, har bir dinning o‘ziga xos aqidalari mavjud. Ular ba’zan bir-biriga mutanosib bo‘lsa, ba’zan zid ham kelishi mumkin. Diniy bag‘rikenglik ana shu xilma-xillik asosida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini oladi, turli e’tiqodlarning yonma-yon va bir paytda mavjud bo‘la olishi uchun xizmat qiladi.
Qadim zamonlardanoq o‘lkamizda zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo‘lgan. Eng qadimiy va keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lmish zardushtiylikning vatani ham bizning yurtimizdir.
Chunki, u qadimgi Xorazmda shaklanib, rivoj topgan. Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim o‘rin tutgan.
Markaziy Osiyoga islom dinining yoyilishi arafasida bu yerga Eron orqali Suriyadan kirib kelgan nestorian yo‘nalishidagi nasroniylik dini muhim mavqeni egallagan. VI-asr boshlarida Samarqandda nestorian yepiskopi, VIII-asrda esa mitropolit xizmat qilgan. Shuningdek, qadimda hozirgi Toshkent va Xorazm viloyatlari hududlarida nasroniy diniga mansub aholi ham yashagan.
VIII-asrda Markaziy Osiyoga arablar bilan birga islom dini ham kirib keldi.
Aholining bu dinni qabul qilishi asta-sekinlik bilan, bir tekis bo‘lmagan holda yuz berdi. Aholining bir kismi o‘zlarining qadimgi dinlariga e’tiqod qilishda davom etdi Bu vaqtda islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishuvi yuz berdi. Movarounnahr xalqlarining islom diniga zid kelmaydigan ma’rifiy-axloqiy g‘oyalari, huquqiy me‘yor va urf-odatlari to‘la saqlanib qoldi hamda islom ta’limoti asosida yanada sayqallandi. Bu holat Movarounnahrda islomning o‘ziga xos xususiyatlar kasb etishiga sabab bo‘ldi. Bu ham yurtimizda uzoq yillar davomida shakllangan diniy bag‘rikenglik samarasi edi.
O‘lkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda islom ta’limotidagi o‘zga din vakillari bilan o‘zaro murosa yo‘lini tutish, ular bilan dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish va hamjihatlikda yashashga chorlovchi tamoyillar ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, islom ta’limotidagi dinni qabul qilish yoki qabul qilmaslik qalbga bog‘liq, insonning to‘liq ixtiyoridagi amal deb qaralishi mintaqada diniy bag‘rikenglik muhiti barqaror bo‘lishi uchun asosiy omillardan bo‘ldi.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq qadriyatlar targ‘ib qilingan g‘oyalarni uchratamiz.
Jumladan, Ahmad Yassaviy ham o‘z hikmatlarida o‘zga din vakillariga yaxshi munosabatda bo‘lishni uqtirgan:
Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,
Ko‘ngli qottig‘ dilozordan xudo bezor.
Yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarimizning bu kabi o‘gitlari uzoq yillar davomida xalqimizni bag‘rikeng bo‘lishga, turli din va elatlar bilan tinch-totuvlikda hayot kechirishga, chorlab kelgan.
Hozirgi kunda ham yurtimizda istiqomat qilayotgan turli din vakillari uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi, ayniqsa, diniy bag‘rikenglikka doir qoidalarning qonuniy asoslarda mustahkamlanishi tahsinga sazovordir.
Eng avvalo, Konstitutsiyamizning 31-moddasida mustahkamlangan “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” degan qoida diniy bag‘rikenglik uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu tamoyipga ko‘ra, har kim o‘z dini va e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini tan olmog‘i lozim. Bir kishining din borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning 18-modsasidaham “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart” degan norma asosida turli diniy e’tiqoddagi insonlarning dini va e’tiqodidan qati nazar, qonun oldida teng ekani e’tirof etilgan.
Konstitutsiyamizning 61-moddasida esa, yurtimizda faoliyat olib boruvchi diniy tashkilotlar va birlashmalarning davlatdan ajratilgani haqidagi qoida mustahkamlangan. Unda aytilishicha, “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. Bu qoidaning mohiyati shundaki, O‘zbekistonda har kanday din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan va barcha diniy konfessiyalar qonun oldida barobardir. Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda ular o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi.
O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham takomillashib bordi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun 1991- yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993-yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998- yilga qadar amalda bo‘lib keldi. So‘nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan o‘zgartirish zarur bo‘lib qoldi va u 2021-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining yangi loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi va 2021-yil 05-iyuldan kuchga kirdi20.
Vijdon erkinligi haqidagi qonun dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanish mumkinligini ta’minlaydi.
Mazkur me’yor 1966-yil 16- dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasiga muvofiqdir.
Xalqaro huquqiy hujjatlarda ham e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglik xalqaro huquq himoyasida ekani ta’kidlanadi. Jumladan, 1948-yili qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida “Har bir inson fikr, vijdon, din va e’tiqod erkinligi huquqiga egadir”, deb ta’kidlangan. 1966-yili qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”da ham “Biror odam ham o‘z ixtiyori bilan o‘z dini va e’tiqodiga ega bo‘lish yoki ularni qabul qilish erkini kam sitadigan majburiy hatti-harakatlarga duchor bo‘lmasligi kerak”, deb ko‘rsatilgan.
Bu esa, diniy bag‘rikenglikning nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro huquqiy normalar muhofazasida ekanidan dalolat beradi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi huquqiy meyorlarning qonunchilikka kiritilishi diyorimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Jumladan, mustaqilliqgacha yurtimizda bir necha cherkov va sinagogalar faoliyagg olib borgan bo‘lsa, qonuniy asoslar mustahkamlangach dunyoning turli mintaqalarida diniy ibodatlarini amalga oshiruvchi yevangel-lyuteran jamoasi, rim-katolik cherkovi, “yettinchi kun adventistlari” diniy tashkiloti, bahoiylar, yahudiylar diniy jamoalari kabi konfessiyalar rasmiy faoliyat yurita boshladi
Hukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o‘z faoliyatlarini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.
Jumladan, markaziy televideniye orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni berib borishi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi mashhur allomalarning tavalludiga bag‘ishlangan anjumanlarnnng keng ko‘lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa, haj ibodatini to‘la-to‘kis va hamjihat holda ado etish uchun barcha sharoitlar yaratilgani tahsinga sazovor.
O‘z navbatida, pravoslavlar uchun Isroil, Gretsiya va Rossiya, katoliklar uchun Isroil va Italiya, armanlar uchun Isroil va Armaniston, yahudiylar va bahoiylar uchun Isroil, krishnachilar uchun Hindiston va buddaviylar uchun Koreyada joylashgan muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilinmoqda.
Bag‘rikenglikning zid bo‘lgan tushuncha “mutaassiblik”dir. Umumiy ma’noda “mutaassiblik”-bu bir g‘oyaning to‘g‘riligiga qattiq ishonish va undan o‘zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning xavfli jihati shundaki, u borgan sari kuchayib ksenofobiya (diniy toqatsizlik), ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi.
Terrorizm butun dunyoda tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi asosiy g‘ov, to‘siqdir. XX-asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o‘zini ochiq namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, turli shiorlar bilan niqoblangan terrorizm mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid solmoqda. Keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu illatga qarshi kurash butun dunyo uchun dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyo bo‘yicha 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bir yil mobaynida butun yer yuzida sodir etilgan teraktlar va ularning oqibatida halok bo‘lganlarning soni bir necha o‘n mingni tashkil etishi terrorizmning tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqarishga qaratilgan asosiy tahdidlardan biriga aylanganini ko‘rsatadi.
Ayni paytda zamonaviy terrorizmning, bir tomondan, tobora shafqatsiz, g‘ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan jug‘rofiy ko‘lam kasb etib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Hozirgi vaqtda har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirilmoqda. Afsuski, ularning soni muntazam oshib bormoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida diniy mutaassib oqimlar faoliyati XX asrning 80- yillari boshlarida xorijiy ekstremistik markazlar sa’y-harakatlari bilan shakllana boshladi. Mintaqada xorijdan kelayotgan moliyaviy yordam hisobidan jangari sifatida foydalaniladigan shaxslarni tanlash va tayyorlash bilan shug‘ullanadigan guruhlar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgan 90-yillarning boshlarida esa, bu guruhdar faollashib ketdi.
Mintaqada “Xizbut-tahrir”, “Turkiston islom harakati”, “Akromiylar”, “Nurchilar” kabi guruhlarning faoliyati qo‘zatildi.
Islom asoslarini buzib talqin qilish, ilmsiz, tashqi ta’sirga beriluvchan aholini o‘ talqinidagi diniy g‘oyalar bilan zaharlash, o‘zlariga qo‘shilmagan kishilarga, davlatlarga va tuzumlarga nisbatan zo‘ravonlik, buzg‘unchilik, qotillik bilan munosabatda bo‘lishni halol deb hisoblash kabi xususiyatlar yuqorida zikr etilgan tashkilotlarning barchasiga xosdir. Afsuski, so‘nggi yillarda mazkur guruhlar faoliyati natijasida dunyo bo‘ylab har yili 30 mingdan ortiq tinch fuqaro halok bo‘q O‘nlab million aholi o‘z uylarini tashlab ketib, dunyoning turli mamlakatlarida sarson-u sargardon bo‘lishga majbur qolmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bir milliondan ortiq yosh bolalar ochlikdan o‘lish xavfi ostidadir. Ularning aksariyati terrorchilik avj olgan, buzg‘unchi guruhlar tomonidan egallab turilgan hududlarga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda Iroq, Suriya, Nigeriya, Afg‘oniston, Yaman, Liviya hanuz dunyoning eng xatarli nuqtalari hisoblanadi. Tahlilchilarning fikricha, hech qaysi davlat o‘zining terrorchilar xurujidan holi ekaniga 100 foiz kafolat bera olmaydi. Jumladan, 2015-yilda dunyoning 96 mamlakati, u yoki bu darajada terrorchilikdan aziyat chekkan.
Mana shunday sharoitda ekstremizm va terrorizm xavfini to‘g‘ri anglab yetish, ularga qarshi amaliy choralar ko‘rish - davr talabidir.
Ma’lumki, dunyodagi har qanday suveren davlat jahon hamjamiyatiga o‘zining tashqi siyosiy qarashlari, umumsayyoraviy muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozara va muzokaralar obekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi konsepsiyasini bayon etdi.
Jumladan, 1992-yil 08-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosda kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanishi belgilab qo‘yildi.
Davlatning, xalqning oliy manfaatlarini, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi, zarur bo‘lganda ulardan ajralib chiqishi mumkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berildi.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston chindan ham jahon hamjamiyatining eng siyosiy faol, xalqaro munosabatlarda o‘zini asosli, qat’iy va o‘zgarmas pozitsiyasiga ega bo‘lgan davlat sifatida namoyon qildi. Bu O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi siyosiy mavqei va imijini belgilab beradigan muhim omil sifatida o‘z kuch-qudratini ko‘rsatdi.
Vaqt o‘tgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobora faollashmoqda, yangidan-yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumsayyoraviy miqyosda butunlay yangicha yondashuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston ana shu jarayonlarda xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda o‘zining zamonaviy qarashlari va muammolari yechimini topishdagi o‘ziga xos yondashuvlari bilan o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Bu haqdagi haqqoniy fikrlarni Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistoi Respublikasi Konstitutsiyasining 24-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasida yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu ma’ruzada Prezident O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining hozirgi zamon talablari va zamonaviy sivilizatsiya ehtiyojlari nuqtai nazaridan aniq belgilab berdi.
O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik (real voqelik asosida) tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaqtada va adekvat (teng holatda) javob choralari ko‘rib, ularni oqilona yechishni talab etadigan XXI-asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.
Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarini to‘laqonli subekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror va tez sur’atlar bilan o‘sishi, uning ochiq, demokratik davlat kurish yo‘lida jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan munosib o‘rin egallashi bugungi kunda tashqi siyosat sohasidagi asosiy maqsaddir.
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida quyidagi prinsiplarga sodiq bo‘lib qolmoqda:
- o‘zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi siyosat olib borish;
- teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarniig daxlsizligi va
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
- tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
-O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokga aylangan taqdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyosiy qarashlari va jahon hamjamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mavjudligi uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga, ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosatning ana shunday sog‘lom, qat’iyatli va ishonchli rivojlanishi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamoqda. Hozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI-asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar tizimini qamrab olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.Mirziyoyev bugungi kunda va olis istiqbolda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy vazifalarini aniq belgilab berdi.
Jumladan:
Kelgusi yilda mamlakatimizning tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi vazifalarga ustuvor ahamiyat beriladi.
Birinchidan, davlatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi.
Ikkinchidan, tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratamiz.
Murakkab pandemiya sharoiti biz bir-birimizga qanchalik bog‘liq va kerak ekanimizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Bu ijobiy jarayonlarni chuqur o‘rganish va yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etildi.
Kelgusi yili Toshkentda mintaqamizning Janubiy Osiyo bilan munosabatlariga doir yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
Shular qatorida Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro anjumanini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchinchidan, asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish.
Tashqi ishlar vaziri va uning o‘rinbosarlari hamda yurtimizning chet ellardagi elchilari mazkur davlatlar bilan yangi, yanada samarali ish tizimini joriy etish.
To‘rtinchidan, biz qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik o‘rnatilishiga qat’iy ishonamiz va bu ezgu yo‘lda amaliy yordamni bundan keyin ham ayamaymiz.
Afg‘on muammosini hal etishga qaratilgan global sa’y-harakatlarga Toshkent Xalqaro konferensiyasi ham mustahkam poydevor yaratdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish borasida dastlabki amaliy qadamlarni tashladik. Bu loyihaning ro‘yobga chiqarilishi butun mintaqamizda barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga beqiyos xizmat qiladi.
Beshinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirishi.
Joriy yilda respublikamiz ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga raislik qildi va pandemiyaga qaramasdan, ko‘zda tutilgan 60 dan ziyod barcha xalqaro tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi, 70 ga yaqin muhim hujjatlar qabul qilindi.
2021-2022-yillarda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi bo‘yicha ham jiddiy tayyorgarlikni boshladik.
Oltinchidan, inson huquqlarini ta’minlash, so‘z va diniy e’tiqod erkinligi bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimizni tegishli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil mustahkamlab boramiz.
Kelgusi yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim” global forumi, yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan Butunjahon yoshlar anjumani, diniy erkinlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy konferensiyalarni o‘tkazish.
Yettinchidan, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlash maqsadida “Vatandoshlar” jamg‘armasini tuzishni taklif etaman.
Sakkizinchidan, jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqamiz.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul - Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu bois ushbu sanani O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilash.
To‘qqizinchidan, mintaqamizda, butun dunyoda ekologik vaziyatning tobora yomonlashib borayotgani bizni jiddiy tashvishga soladi.
Qo‘shni davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta’sirini yumshatishga qaratilgan harakatlarni qat’iy davom ettiramiz.
Dengizning qurigan tubida yuz minglab gektar o‘rmon va butazorlar tashkil etilayotgani, Orolbo‘yi hududlarida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonchilik ishlari xalqimizni yuksak marralar sari ruhlantirmoqda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tuzilgan Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytirish.
Yuqoridagi vazifalar, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishini ta’minlaydi. Shu asosda har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boradi. Ayni paytda bu vazifalarning samarali hal etilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qiladi.


NAZORAT SAVOLLARI:


1. Daxldorlik hissi tushunchasi qanday shakllantiriladi?
2.Milliy g‘oyaga daxldorlik hissini shakllantirish omillariga nimalar
kiradi?
3.Barqarorlikshartlari va kafolatlari deganda nimani tushunasiz?


9.mavzu: MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTINING INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARI


Reja:


1.Milliy g‘oya targ‘ibotining innovatsion texnologiyalar tushunchasi
2.Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institutsional asoslari
3.Milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalar


1.Milliy g‘oya targ‘ibotining innovatsion texnologiyalar tushunchasi.
Targ‘ibot lotincha propaganda-so‘zidan olingan bo‘lib, tarqatilishi kerak bo‘lgan ma’lumot ma’nosini bildiradi.
Tashviqot lotincha agitatsiya-so‘zidan olingan bo‘lib, harakatga keltirmoq, degan ma’noni anglatadi.
Targ‘ibot va tashviqot ishlari asosan ikki maqsadda amalga oshiriladi:
Ezgulikni, bunyodkorlikni targ‘ib etish.
Yovuzlikni, vayronkorlikni targ‘ib etish.
Bunyodkor, ezgulik targ‘ibotlari bevosita davlat, jamiyat taraqqiyotini, fuqarolarning farovon xayot kechirishlarni ta’minlashga qaratiladi. Masalan, mustaqilligimizni mustahkamlashga yaratilgan yoki fuqarolarimizning, ayniqsa
yoshlarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibotlar.
Dunyoda amalga oshirilayotgan turli davlatlar, xalqlar manfaatlariga salbiy ta’sirko‘rsatishga qaratilgan giyohandlik, mafkuraviy tahdidlar, qaysidir vosita va usullardan foydalangan holda yovuzlikni, vayronkorlikni targ‘ib etishda namoyon bo‘ladi Masalan, diniy ekstremistik va teraristik faoliyatga undovchi salbiy g‘oyalarni targ‘ib etish.
Targ‘ibot prinsiplari quyidagi 6 ta tamoyilni tashkil etadi:
Ishontirish tamoyili;
Tezkorlik tamoyili;
Dolzarb yangiliklardan foydalanish tamoyili;
Tushunarlilik tamoyili;
Hududiy yondashuv tamoyili;
Tinglovchilar xususiyatidan kelib chikish tamoyili (prinsipi).
O‘quv yurtlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metod(uslub)lari-interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli katta. Pedtexnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchi- talabalarni bilimli yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan intraktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi.
Innovatsiya-bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bulsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.
Intraktiv metodlar bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanib,ya’ni pedagog va o‘qituvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Targ‘ib qilinayotgan g‘oyalarning inson ongida axborot, ma’lumot tarzida o‘rnashishi kifoya qilmaydi, ular insonning yurak-yuragiga yetib borganidagina ular inson qalbiga chuqur o‘rnashadi. Buning uchun esa auditoriya targ‘ibotchining milliy g‘oyaga chuqur ishonchi va qat’iyatini his qilishi kerak.
Lekin targ‘ibotda g‘oyalarga e’tiborni tortish bilan ham qanoatlanish mumkin emas. Chunki e’tiborni jalb qilish - targ‘ibotning birinchi bosqichi, xolos.
Targ‘ibotning keyingi bosqichi g‘oyani to‘g‘ri va atroflicha tushuntirishni, mafkura bilan bog‘lik barcha savollarga javob topib berishni talab qiladi. Chunki milliy g‘oyani tushunish-unga ishonish demakdir. Ana shu yerda bir savolga duch kelamiz: nima ko‘proq ishonch uyg‘otadi: jiddiy dalillar bilan asoslangan axborotmi yoki hissiyotlarni uyg‘o‘tuvchi ma’ruzami? Targ‘ibot davomida insonning hislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara beradi, albatta.Lekin ishonchli dalillar, e’tiroz uyg‘otmaydigan hayotiy ma’lumotlarning keltirilishi bu g‘oyalarni hayotga tadbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi fikrni uyg‘otadi.
Targ‘ibot jarayoni shu yerda tugaydi, deb o‘ylaydiganlar katta xato qiladilar. Zero, mafkura yangi ishlarga ilhomlantiradi, harakatga undaydi. Harakatsiz mafkura esa safsatabozlikdan bo‘lak narsa emas.
Demak, insonlar milliy mafkuradan o‘rin olgan g‘oyalarga mos harakat qila boshlaganlaridagina milliy g‘oya xalqni e’tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.


2. Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institutsional asoslari



  • Mafkuraviy tarbiya omillariga murojaat qilishdan oldin, shu jarayonni asosiy maqsadi nimaga qaratilganligini aniqlab olish lozim. Mustaqillik ne’matlaridan biri-bu erkin fikrlash, erkin va mustaqil bo‘lgan insonni tarbiyalashdan iboratdir.

  • Bizning mafkuraviy tarbiyamiz esa tarbiya omillarimizning saviyasi va shakliga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

  • Oila. Jamiyatning, davlatning, insoning kelajagi oiladan boshlanadi. Oilada singdirilgan tarbiya, Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida beriladigan ilk tushuncha va tasavvurlar bolaning murg‘ak qalbida bir umrga muhrlanib qoladi. Xonadon oq soqollaridan so‘rasangiz, ularni lo‘nda qilib, sanab beradi:

  • yaxshi nom qo‘yish,

  • yaxshi muallim qo‘liga topshirib, savodini chiqarish,

  • ilmli qilish,

  • kasbli-hunarli qilish,

  • boshini ikki, uyli-joyli qilishdan iborat.


  • Download 228.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling