Rivojlantirish strategiyasi


Download 228.95 Kb.
bet31/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

-keng qamrovlilik, jamiyatning barcha a’zolariga g‘oyalar xilma- xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi.
-uzluksizlik -milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi.
-ketma-ketlik -har bir bosqich uchun taraqqiyot va inson kamolotiga xizmat qiladigan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi;
-bosqichma-bosqichlik -milliy mafkurani targ‘ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ham targ‘ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o‘tishini taqozo qiladi.
-me‘yoriylik -aksiltarg‘ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo‘l qo‘ymaydi;
-shaxsiy ibrat -milliy g‘oyani targ‘ib qilishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan muhim omillardan biri.
-ilg‘or targ‘ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish -bunda g‘oyaviy targ‘ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi. Milliy g‘oyaning targ‘iboti qotib qolgan narsa emas, faol jarayondir. Maqsadga erishish uchun targ‘ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Yoshlar orasida targ‘ibot olib borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalanilsa maqsadga tezroq va to‘laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruhiy xususiyatlari va’z va ma’ruzalarni emas, ko‘proq interaktiv usullar va sanab o‘tilgan targ‘ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi.
3.Milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalar.
Biz quyida o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan ba’zi bir texnologiyalarning o‘tkazish tartibi to‘g‘risida metodik tavsiyanoma berib o‘tamiz:
Tarmoqlar” metodi - o‘quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan.
3x4”metodi-o‘quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g‘oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi ta’rif bera olishiga qaratilgan.
Blits-o‘yin” metodida harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga o‘rganilayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan keragini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.
Intervyu” texnologiyasida o‘quvchi-talaba savol berish, eshita olish, savolni to‘g‘ri berishga qaratilgan.
Iyerarxiya” texnologiyasi oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o‘tish usullarini qo‘llashni ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga, o‘zrgatishga qaratilgan.
Bumerang” texnologiyasi o‘quvchini dars jarayonida darsdan tashqari turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodda saqlab qolish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan.
O‘quvchi bilan individual holda ishlash o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilishni o‘rgatishga qaratilgan.
O‘qituvchi shaxsi” treyningi o‘quvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insholar orqali fikrlarini bayon qilishga qaratilgan.
Muloqot” o‘qituvchilarni auditoriyada diqqatini o‘ziga jalb qilish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan.
Boshqaruv” texnologiyasi o‘qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o‘quvchini ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o‘rgatishga qaratilgan.
Tarmoqlar metodi (klaster).
Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilarni mavzuga oid tushunchalarini, aniq fikrini erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin.
FSMU texnologiyasi
(f) - fikringizni bayon eting
(s) - fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating
(m) - ko‘rsatilgan sababni isbotlovchi misol keltiring
(u) - fikringizni umumlashtiring.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling