Rivojlantirish va investisiyalashning nazariy asoslari
Download 94 Kb.
|
Bayer (Bayer AG) kompaniyasi tomonidan Shering (Schering AG) kompaniyasining sotib olinishi. Bayer (Bayer AG) kompaniyasi 1863 yila tashkil topgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash, o‘simliklarni himoya qilish va yuqori texnologiyali materiallar ishlab chiqarish sohasida dunyoda etakchi mavqega ega bo‘lgan yirik kimyo-farmatsevtika kontserni hisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini tashkil etishda ilmiy izlanishlarga alohida urg‘u bergani holda, innovatsiyalarni rivojlanishni ta’min etuvchi asosiy kuch sifatida e’tirof etadi. Kompaniya ilmiy-tadqiqot ishlari asosida taraqqiyotni ta’minlash borasida barcha talab etiluvchi moddiy va nomoddiy resurslarga ega. Birgina 2006 yilda, kompaniya ilmiy-tadqiqot ishlari uchun 2,297 mln. evro mablag‘ sarflaganligi, fikrimizning yaqqol isbotidir. Asosiy faoliyat yo‘nalishlarida kompaniyaning mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi mahsulotlarni yaratish va ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Kompaniya innovatsion taraqqiyotga erishish maqsadida o‘z ilmiy-tadqiqot bazasini mustahkamlash bilan bir qatorda, bu borada etakchi universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalari bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. Aynan mana shunday hamkorlik evaziga kontsern yangi g‘oyalarni tezlik bilan muvaffaqiyatli mahsulotlarga aylantiradi. 2006 yilda kompaniyaning sotuvlari hajmi 28,956 mln. evroni, yalpi foydasi esa 13,681 mln.evroni tashkil etdi.
Shering (Schering AG) kompaniyasiga 1851 yilda Berlinda asos solingan. Shering (Schering AG)ning asosiy faoliyati ginekologiya va andrologiya, onkologik va dermatologik kasalliklarni umumiy va maxsus terapevtik davolashga yo‘naltirilgan. Shering (Schering AG) o‘z tadbirkorlik faoliyatining barcha sohalarida va dori vositalarini terapevtik qo‘llash borasida yangi dori vositalarining klinik sharoitlarda ishlab chiqish va shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazilgan mahsulotlarni yanada takomillashtirish ustida doimiy ish olib boradi. Faol dori vositalari va moddalari ustida ish olib bora turib, Shering (Schering AG) o‘z e’tiborini quyidagi to‘rt asosiy sohaga qaratadi: onkologiya, kardiologiya, ayollar salomatligi va diagnostik vizualizatsiya. Bundan tashqari, klinik ishlanmalar yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni va shuningdek, kompaniya faoliyatining barcha sohalarida ro‘yxatdan o‘tgan mahsulotlarni yanada takomillashtirishni rag‘batlantiradi. Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar sohasida Shering (Schering AG) o‘z faoliyatini kasalliklarni davolash borasida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan dori- darmonlarni davolashning innovatsion usullari, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va ularning umr ko‘rish davomiyligini oshirishga yo‘naltiradi. Kompaniya terapevtik sohalarda, xususan, gemofiliya va sklerozni davolashda, kontrast moddalar va gormonal kontratseptsiya sohalarida etakchi mavqega ega. 2005-yilda Shering (Schering AG) o‘zining sotish hajmini sezilarli darajada oshirdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshib, 5,3 milliard evroni tashkil qildi. Farmatsevtika sohasida o‘z mavqeini mustahkamlash maqsadida, 2006 yilda Bayer (Bayer AG) Schering AG, Berlin, Germany kompaniyasini sotib oldi.Bitimning umumiy qiymati 17,007 mln.evroni tashkil etdi. Kompaniyani sotib olish natijasida Bayer (Bayer AG)ning nomoddiy aktivlari (gudvillsiz) qariyb 3 barobar o‘sdi,bundan bir yil avval nomoddiy aktivlarning ulush 21% ni tashkil etgan bo‘lsa, xaridlar amalga oshganidan so‘ng, nomoddiy aktivlarning ulushi jami aktivlarning 43% ni tashkil etdi. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling