Qo‘shilishdan oldin:
biznes sheriklar: xodimlar, aktsionerlar, OAV, mol etkazib beruvchilar, mijozlar bilan qay tarzda muloqot qilish lozim?
zaruriy texnologiyaning tashuvchisi bo‘lgan kompaniya maqsadlarining kuchli va zaif tomonlari nimalarda ko‘rinadi?
sotib olish, paritet, ikkitasidan eng yaxshisini tanlash masalalariga qandan yondashish kerak?
loyiha integratsiyasi uchun vaqtni qanday hisoblash mumkin?
eng yaxshi xodimlarni qanday ushlab qolish mumkin?
xarajatlar sinergiyasining potentsiali qay darajada?
daromad sinergiyasining potentsiali qay darajada?
Dastlabki olti oy:
barcha vakolatlarga ega bo‘lgan integratsiya masalalari bo‘yicha kengash tashkil etilganmi?
barcha boshqaruvchi menedjerlar o‘z o‘rniga qo‘yilganmi?
butun loyiha puxta rejalashtirilganmi?
ma’lumotlarning yoritilishi aniq va mukammalmi?
monitoring va sinergiyaga erishish uchun kim javobgar?
ichki va tashqi xarajatlar sinergiyasini izlab topish nihoyasiga etdimi?
mijozlarning kutishlari qanday?
Birinchi yarim yillikdan so‘ng:
rejalashtirilgan stsenariyning amalda olingan natijalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini o‘rganish amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan barcha omillar kompaniyani, kerakli texnologiya tashuvchisini sotib olishni yoki yirik sanoat kompaniyasining muvaffaqiyatli innovatsion rivojlanishi uchun qaror qabul qilish stsenariysini rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali kompaniyalarni muvaffaqiyatli innovatsion rivojlantirish borasida misollar
Bayer (Bayer AG) kompaniyasi tomonidan Shering (Schering AG) kompaniyasi, Hewlet Packard kompaniyasi tomonidan EDS Corporation kompaniyasi, Procter&Gamble kompaniyasi tomonidan Gillete kompaniyasining
sotib olinishini innovatsion rivojlanishda ochiq bozorlarda texnologiyalarni sotib olish borasida yorqin misollar sifatida keltirib o‘tishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |