Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)
Axborot xavfsizligini ta’minlash
Axborot xafsizligini ta’minlashda huquqiy vosita ham muhim o’rin egallaydi. Huquqiy vosita axborotni qayta ishlash va uzatish, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilishni ta’minlaydigan qonunlar tashkil etadi. Qonun hujjatlarida quyidagi masalalar ko’rib chiqiladi: -kompyuter jinoyatchiligi uchun jazolash me’yorlarini ishlab chiqish; -dasturlovchilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish; -axborotlashtirish sharoitlarida axborot sohasidagi huquq va erkinliklarni himoya qilish; - axborot xavfsizligi bo’yicha xalqoro shartnomalarni qabul qilish va unga amal qilish me’yorlarini ishlab chiqish; O’zbekiston Respublikasi Axborot xavfsizligini huquqiy ta’minlashning asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari,”Axborot to’g’risida” gi qonun,”Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi va bir qator qonunlarda ko’zda tutilgan moddalar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi asosiy qonuni –bu 1992yil 8dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyadir.Konstitutsiyaning 29-moddasiga ko’ra, har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega hamda har kim o’z istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsyaviy tuzumga qarshi kiritilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (2001-yil 18- oktyabrdao’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan ) 174-moddasi 1-qismqga muvofiq axborotlashtirish qoidalarini buzish,ya’ni axborot tarmog’idan ruxsatsiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsati bo’lgan holda tegishli choralarini ko’rmaslik yoki axborotlar tarmog’idan qonunga xilof ravishda axborotlar olish,shuningdek , axborotlashtirish tizimidan foydalanishga ruxsati bo’lgan holda undagi ma’lumotlarni qasddan o’zgartirish, yo’qotish, olish yoki nobud qilish tushuniladi. Axborotlashtirish qoidalarini ijtimoiy xavfliligi axborot egasiga yirik miqdorda zarar etkazishdan iborat. Bundan tashqari axborotni to’plash, yig’ish, qayta ishlash, uzatish, undan foydalanish, shuningdek, noqonuniy ravishda axborotga ega bo’lish tartibi buziladi. Davlatning hokimiyat va boshqaruv idoralari, shuningdek, huquqiy va jismoniy shaxslar axborot egasi bo’lishlari mumkin. Axborotlashtirish qoidalarini buzish natijasida (masalan,axborot tizimidan ma’lumotlarni noqonuniy ravishda olish ) mulk egasi o’z axborotiga ega bo’lish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkoniyatidan mahrum etadi. Bunday axborotga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish sohasida amal qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazkur jinoyatning ob’ekti ekanligi kelib chiqadi. Faqat axborot tizimlaridagi axborot jinoyatning predmeti bo’lishi mumkin. Davlat idoralari, huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyatining mahsuli sifatida axborot moddiy yoki aqliy (inteliktual) mulk ob’yekti bo’lishi mumkin. Axborot mulk ob’yekti sifatida ayrim hujjat yoki hujjatlar to’plami olinishi mumkin. Jinoyat kodeksning 174-moddasinig 2-qismiga kompyuter tizimlarida saqlanayotgan ma’lumotlar yoki dasturlarni o’zgartirish maqsadida tegishli ruxsatsiz kompyuter viruslari yoki dasturlarini ishlab chiqish va tarqatish shuningdek ruxsati bo’lmagan holda axborot tizimidan foydalanish ma’lumotlarning buzilishi, olib tashlanishi, yo’q qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishiga sabab bo’lsa, eng kam ish haqqining yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib 3 oyda 6oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bundan tashqari jinoyat kodeksida qonunga hilof ravishda axborot to’plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (191-modda ) uchun javobgarlik ko’zda tutilgan. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “”Axborotlashtirish to’g’riida” gi qonun 2003-yil 11dekabrda Oliy Majlisning sessiyasida qayta ko’rib chiqilgan va u 23-moddadan iborat .Bu qonunga ko’ra axborot resurslari va xaborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish, axborot resurslari tarmoqlararo bog’lanishini amalga oshirish, axborot resurslari va axborot tizimlarini muxofaza qilish, xalqaro axborot tarmoqlaridagi ulanishni amalga oshirish, nizolarni hal etish, axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Axborot xavfsizligi nazarda tutilgan qonunlardan yana biri bu “elektron raqamli imzo to’g’risida” gi qonundir. Bu qonun 2003 yil 11 dekabrda Oliy majlis sessiyasida qabul qilingan bo’lib, u 22 moddani o’z ichiga oladi. Ushbu qonunda qo’yidagi asosiy tushunchalar keltirilgan: Elektron raqamli imzo- elektron hujjatdagi mazkureliktron hujat axborotni elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elekron hujjatdagi axborotdan xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkononi beradigan imzodir. Elektron raqmli imzoning yopiq kaliti bu- elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo’ljallangan ketma-ketligidir. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling