Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizimli iyerarxik
tizimga nisbatan ancha
qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli
aloqalar o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot
(fayl) shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat bilmasdan topish imkonini
beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari
orasida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkon beradi.
Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki
undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga
ma’lumotlarning tarmoqli modeli
deyiladi.
Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun
yaratilgan tizimga
ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970-yilda IBM firmasining xodimi E.F.Kodd
tomonidan taklif etilgan bo‘lib, hozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan tizimlar qatoriga
kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog‘lanishlarni
amalga
oshirish mumkin.
Ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar
omboriga
ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.
Ma’lumotning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun
yaratilgan
tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion modeli
deyiladi.
Ma’lumotlarning jadval ko‘rinishida
saqlanishiga ma’lumotlarning relyatsion
modeli deyiladi.
Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo‘qligi
tufayli bu qulaylikka
erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish
mumkin. Ya’ni ixtiyoriy tuzilishiga ega ma’lumotni ikki o‘lchamli jadval ko‘rinishiga
keltirish mumkin.
Relyatsion tizim sifatida telefon ma’lumotnomasini tuzish masalasini ko‘rib
chiqamiz. Masala, «har bir telefon nomeri ko‘rsatilgan abonentning manzili, uning
kategoriyasi belgilangan ro‘yxatni tuzing» kabi o‘qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: