Timer obyektining xossalari. Ba’zan ilovada vaqtga bog‘liq
amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Masalan,
ilovada joriy vaqtni
ko‘rsatuvchi soat bo‘lsa, har sekundda ko‘rsatilayotgan vaqtni yangilab turish
kerak. Aks holda soatdagi vaqt orqada qolib ketadi.
Taymer obyektining o‘ziga xos
xususiyati uning ekranda
ko‘rinmasligidir. Taymer obyekti obyektlar panelining System (Tizim) jildida
joylashgan:
2. Elektron soat va Taymer ilovasi. Elektron soat ilovasini yaratamiz.
Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova
oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift)
xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng
qilib o‘rnatamiz:
Timer obyektini ikki marta bosib,
uning
protsedurasiga
Label1.Caption:=TimeToStr(Now);
operatorini kiritamiz. Bu operatorda
ikkita standart funksiyadan
foydalanilayapti. Ulardan birinchisi
Now (hozir)
bo‘lib,
uning qiymati kompyuterning
soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng:
Taymer ilovasi. Yangi ilova yaratib,
uning oynasiga Label, Button,
SpinEdit va Timer obyektlarini joylaymiz. Label va Button sarlavhalarini
QOLGAN VAQT: va START larga o‘zgartiramiz.
SpinEditning xossalarini quyidagicha o‘rnatamiz:
SpinEdit1.MaxValue:=100; SpinEdit1.Value:=30;
SpinEdit1.Enabled:=False; Button
tugmasini ikki marta bosib, uning
protsedurasiga Timer1.Enabled:=True; operatorini kiritamiz.
Timerni ikki marta
bosib, TForm1.Timer1Timer protsedurasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz:
SpinEdit1.Value:=SpinEdit1.Value-1;
if SpinEdit1.Value=0 then
begin
Timer1.Enabled:=False;
ShowMessage('VAQT TUGADI.');
Form1.Close;