1. Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o'tkaziladi?
2. Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o'zgartiriladi?
3. Boshqarish mgmasi tanlanganda uning nima ish qilishi qayerda ko'rsatiladi?
4. Delphi da yangi ilova yarating. Unga to'rtta boshqarish tugmasini kiriting.
Ulardan
birinchisini Yarat, ikkinchisini Yukla,
uchinchisini Saqla, to'rtinchisini
Tugat degan yozuv bilan ekranga chiqaring.
27-ma’ruza
“Oddiy arifmetika trenajori” loyihasi.
Reja:
4. Dastur proekti haqida tushuncha
5. Dastur kodi tushunchasi
3. “Oddiy arifmetika trenajori” loyihasi
1. Label boshqarish obyekti va uning xossalari. Har qanday ilova qandaydir
ma'lumotlarni foydalanuvehi uchun ilova oynasiga
yoki boshqa usulda chiqarib
berishi kerak. Birning uchun bir qator boshqarish obyektlari yaratilgan bo'lib,
ulardan eng soddasi Label (nishon, belgi, yozuv) obyektidir. Bu obyekt obyektlar
panelining Standart jildida beshinchi bo'lib joylashgan.
Bu obyekt ilova oynasi obyekti formning ajdodi bo'lgani uchun uning ko'plab
xossalarini meros qilib olgan. masalan, label obyektining width (kenglik), height
(balandlik), left (chap), top (yuqori)lar mos ravishda
obyekt egallagan joyning
kengligi, balandligi, undan oynaning chap va yuqori chegarasigacha bo'lgan
masofalami aniqlaydi.
Label ning asosiy xossasi Caption (Sarlavha) dir.
U obyekt ekranga qanday
matn satrini chiqarishini aniqlaydi.
Label boshqarish obyekti xossalarini dasturda o'zgartirish. Label obyektining ham
boshqa obyektlar kabi o'z nomi bo'lib, u Name nomli xossasida saqlanadi. Bu
xossadan obyektga va uning xossalariga murojaat qilganda foydalaniladi. Shu
sababli, uni ilova ishlayotganida o'zgartirish muammolar paydo qilishi mumkin.
Obyektlaming Name xossasi faqat bu obyektlar ilova oynasiga qo'yilayotgan
paytda o'zgartiriladi.
Obyektlar ilovaga qo'yilishi bilan (buni yana obyektning nusxasi yaratilganda
ham deyishadi) unga avtomatik tarzda nom beriladi. Masalan,
Label obyektining
nusxalariga navbatma-navbat Label 1, Label2, LabeB nomlar beriladi. Oldingi
ilovalardagi Forml, Button 1 nomli obyektlarni esga oling.
Obyektning Name xossasining qiymati boshqa
xossalariga murojaat qilish
uchun qo'sh nomlarni yaratishda ishlatiladi:
obyekt_nomi.xossa_nomi. Masalan, Forml. Width, Button 1.Caption, Label 1
.Left. Bu borada muammolarga uchramaslik uchun hozircha faqat avtomatik
berilgan nomlardan foydalanib turamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: