Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z
ichiga matn va jadval
dasturlarini, elektron jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi.
U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni
avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan
tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob
tashkilotlariga beradigan
formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar
korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va
moliyaviy faoliyatini aks
ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida
ham bajarish mumkin.Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini
bitta tizimda mujassamlanganligi bilan qulaydir.
NAZORAT SAVOLLARI !
1. Amaliy dasturlar nima?
2. Matn kiritish dasturlar nima?
3. Matnli muharrirlarining vazifalarni aytib bering?
4. Grafik dasturlar nimalar
yaratishga muljallangan
5. Kompyuter grafik dasturlari nima?
6. Video – audio dasturlar qanday ma`lumotlarga asoslangan?
32-ma’ruza
Nashriyot tizimlari. Page Maker dasturi va unda ishlash asoslari
Reja:
1. Page Maker dasturi
2. Page Maker dasturida asboblar paneli bilan ishlash
3. Dasturda matn va figuralar bilan ishlash
Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la
boshladi. Kichik nashriyot deganda,
shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop
qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob,
oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda
bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni
kompyuter
varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan
maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar,
kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: