1. Ikkinchi ilovaning kamchiligi nimada?
2. ShowMessage qanday vazifani bajaradi?
3. IntToStr funksiyasi qanday vazifani bajaradi?
4. Uchinchi ilovani shunday o'zgartiring-ki, u a) ilova oynasining eni 800 dan, b)
ilova oynasi bo'yi 450dan oshsa ekranga ogohlantiruvchi yozuvni chiqarsin.
25-ma’ruza
Kitob tanlovi loyihasi: CheckBox.
Reja:
1. Dastur proekti haqida tushuncha
2. Dastur koditushunchasi
3. CheckBox komponentlari va Button tugmasi bilan ishlash
1. Bayroqchalardan foydalanishga misollar. Ilovalarda ko’p foydalaniladigan
boshqarish ob’yektlaridan biri bu bayroqchadir. Bayroqcha o’rnatilgan va
o’rnatilmagan holatlarda bo’lishi mumkin. Agar bayroqcha o’rnatilgan bo’lsa,
nimadir ish qilinadi, o’rnatilmagan bo’lsa, hech narsa qilinmaydi.
Bayroqchalardan foydalanishga misol sifatida Word matn muharririning abzas
muloqot oynasidagi jildlardan bin yuqoridagj rasmda ko'rsatilgan.
Unda oltita
bayroqcha bo'lib, ulardan faqat birinchisi o'rnatilgan.
Delphida yaratilgan ilovalarda ham bayroqchalardan foydalansa bo'ladimi?
Albatta bo'ladi, bu obyektlar ilovalardaii foydalanishni yanada qulaylashtiradi va
ulardan interfaol ilovalarda keng foydalaniladi.
2.
CheckBox boshqarish obyekti va uning xossalari. Delphida bayroqcha
obyekti CheckBox (Tekshirish qutisi) deb ataladi. Bu obyekt obyektlar panelining
standart jildida to'qqizinchi bo'lib joylashgan, Quyidagi
rasmda u qizil hoshiyaga
olingan:
CheckBox obyektining asosiy xossasi Checked (o'rnatilgan) bo'lib, u ikkita:
rost va yolg'on qiymatlarni qabul qiladi. Uning yana bir foydali xossasi bizga
boshqa obyektlardan tanish bo'lgan Caption (sarlavha)dir.
Uning yordamida
bayroqcha haqida uning yonida qisqa yozuvlar yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: