YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA
Kasb kodi va nomi: 30711401- Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash
Amaliyot nomi: Chilangarlik ishlari.
Mavzu № 2: O‘lchash va rejalash asoslari.O‘lchov asboblarini tuzilishini o‘rganish.
Maqsad: Metallarga ishlov berishda qo‘llaniluvchi asbob-uskunalar, nazorat-o‘lchov asboblaridan foydalanishni o‘rganish.
№
|
Bajaradigan ishlar mazmuni
|
Moslamalar,
asboblar va hom-ashyolar
|
Eskizlar, chizmalar, rasmlar
|
Bajarilish tartibi
|
1
|
Shtangentsirkul bilan tashqi yuzalarni o‘lchash
|
Shtangentsirkul SHTS -I; SHTS - II
|
|
Shtangentsirkulni olib ramkaning qisuvchi
muruvvati bo‘shatiladi. Shtangentsirkul jag‘lari detall o‘lchamida kattaroq o‘lchamga keltiriladi.
|
2
|
Shtangentsirkul bilan ichki yuzani o‘lchash
|
Shtangentsirkul SHTS -I; SHTS - II
|
|
Jag‘lar teshik o‘lchamidan kichikroq o‘lchamga keltiriladi. Kichik jag‘lar teshikka kiritilib, xarakatlanuvchi ramka jag‘lari teshik devorchalariga tekkuncha suriladi.
|
3
|
Shtangentsirkul bilan chuqurliklarni o‘lchash
|
Shtangentsirkul SHTS -I;
shtangenglubino mer
|
|
Shtanganing yon chekkasi o‘lchanadigan teshik yoki chiqiqning yuqori chetiga tiraladi. Xarakatlanuvchi jag‘ning chuqur o‘lchagich chizgichi teshik yoki chiqiq tagiga tiralguncha pastga tushiriladi.
|
4
|
Mikrometr bilan o‘lchash
|
Mikrometr
|
|
Nolinchi chiziqlar ustma-ust tushmaganida mikrometr tug‘irlanadi: o‘lchash tekisliklari bir-biriga mos keltirilib, mikrometrik
muruvvat to‘xtatkich
yordamida to‘xtatiladi;
barabanni mikrometrik muruvvat bilan bog‘lovchi qalpoqcha bo‘shatiladi; baraban qalpoqcha yordamida muruvvat bilan mahkamlanadi. O‘lchash yuzalari yumshoq gazlama yoki qog‘oz bilan artiladi, mikrometr tekshirilayotgan o‘lchamdan bir oz katta o‘lchamga qo‘yiladi.
Mikrometr tutkichning
o‘rtasidan ushlanib,
|
o‘lchanadigan detall tovon bilan mikrometrik murrvvat orasiga joylashtiriladi. Detalni o‘lchashda o‘lchash chizig‘i detall markazidan o‘tishi lozim.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |