Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


Download 59.91 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi59.91 Kb.
#1062118
  1   2   3   4
Bog'liq
Psixologiya


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"PEDAGOGIKA.PSIXOLOGIYA”
fanidan



MUSTAQIL ISHI №3


Mavzu: PSIXOLOGIYA FANIDA JARAYONLAR,XARAKTER VA TAFAKKUR

Bajardi:Raximov S
Qabul qildi:Musinov S.X.
REJA:
1.Psixologiya fanida jarayonlar
2.Psixologiya fanida xarakter
3.Psixologiya fanida tafakkur

Psixik jarayonlar - sezgi a‟zolariga tashqi ta‟sir shakllari, inson va tashqi muhit, ichki 
kechinmalari o‟rtasida bog‟lanishlar shakli bo‟lishi mumkin. Odatda psixik jarayonlar 
deganda sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, hissiyot, iroda tushuniladi. 
Psixik hodisalarning uchinchi guruhi - psixik xususiyatlar bo‟lib, odamdagi 
takrorlanmas, bir-biridan farqlab olish uchun zarur bo‟lgan xususiyatlardir. Bu 
xususiyatlar kishining o‟ziga, atrofidagi odamlarga, narsalarga, mehnatga 
munosabatlarida, bir so‟z bilan aytganda uning xulq-atvorida namoyon bo‟ladigan 
xususiyatlardir. Psixologiya fan sifatida psixika faktlarini, qonuniyatlarini va 
mexanizmlarini o‟rganadi. 
Inson psixologiyasini bilish, o‟z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, 
har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‟zgarishlarga 
psixologik jihatdan tayyorlikni ta‟minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‟y 
berayotgan jarayonlarni obyektiv va to‟g‟ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish 
muammosini ilgari surdi. 
Shunday qilib, psixologiya fani o‟rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab 
va xilma-xil. Ularni o‟rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‟rganish qiyin, 
ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu 
hodisalar bevosita bizning o‟zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum
analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‟zaro bir-birlari bilan bog‟liq va 
umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo‟ysunadi. Demak, psixologiyaning predmeti 
aniq shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va 
faoliyatlarining o‟ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta‟riflash mumkin.
Psixologiya



Download 59.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling