Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
Download 59.91 Kb.
|
Psixologiya
Xarakterning tarkib topishi
Psixologiyada irsiyat bilan xarakterining munosabati to‘g‘risida xilma-xil qarashlar mavjuddir (Krechmer, SHeldon va boshqalar). Ak-sariyat psixologlarning e’tirof etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo bo‘lishidagi shartlari-dan biri hisoblanadi, xolos. Ma’lumki xarakter xususiyatlari irsi-yatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuni-yatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog‘lab tushunti-rishi gomozigot egizaklarni o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan o‘xshash bo‘lsalar-da, lekin xarakter xis-latlariga ko‘ra bir-biridan ksskin farq qiladilar. SHuning uchun xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog‘liqligini: a) uning fizio-logik asosi ham, b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga kela-digan shartli reflektor funksional holati ham tasdikdaydi. Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. SHu sababdan ijtimoiy tuzum-ni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xusu-siyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liqtarzda, oila-da, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o‘rtokdik, o‘zaro yordam-lashish, hamkorlik, yoki aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, un-dagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning mikdori, yoshidagi far-qi, nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog‘chasida-gi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning mahsus xis-latlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruh-larda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kela-di. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat dara-jada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. SHaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liqholda tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralibturadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqaror-ligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi. Mamlakatimiz fuqarolari xarakterining kuchi va mustahkamligi ularning istiqlol nashidasidadir va vatanparvar-lik yuksak his-tuyg‘usidadir. SHunday qilib, psixikaning individu-al sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsif-lash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual xususiyatla-ri orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fizio-logik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida ke-chishi dinamik xususiyat deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga bog‘likdir. Ana shu holatga mu-vofiq ravishda temperament xususiyatlari ham, xarakterning ma’lum xislatlarining vakt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham tempera-ment tipiga bog‘liq. Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosaba-ti xarakter xislatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxs-ning faoliyati orqali belgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli ay-nan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy xususi-yatlaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xuddi shu boisdan xarakterning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-harakatlariga bog‘liq tarzda amalga oshadi. Xarakterning tar-kib topishida faol faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol fa-oliyatida xarakterning ifodalaydigan harakatning individual o‘ziga xos usullari tarkib topadi. Harakat usullarining avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil qilinishi bilan bog‘liq shartli reflektor funksional holatning mahsulasidir. Avtomatlashuvining bir necha turdagi psixologik mexanizmlari mavjud bo‘lib, ulardan biri — bu odatlardir. Xarakter xislatlari tarkib tonishining mu-him shartlaridan biri — bu xislatlarni zaruriy xatti-harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir. Xarakterning tarkib topishida takdidchanlikning roli katta bo‘lib, harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblana-di. Tarkib topish jarayonida takdidchanlikning ahamiyati ko‘p ji-hatdan ifodali xatti-harakatlarning shaxs emotsional (hissiy) ke-chinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. Takdidchanlik xatti-hara-kat namunasiga takdid qilish uchun mo‘ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakl-lantirishning shartiga aylanadi. Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit ob’ek-tiv va sub’ektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psi-xologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahami-yat kasb etadi. Ko‘rsatma (ustanovka) odatlaridan farkli o‘laroq, mu-ayyan harakatlarga tayyor turishgina bo‘lib qolmay, balki bilish jara-yonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir. Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharo-itlarda) yorqin namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holat-larda u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o‘zgari-shidagi individual farklar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riqtopishigabog‘liq, binobarin, inson sharoit-dan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. SHunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davo-mida o‘z xatti-harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi. Download 59.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling