Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
Download 59.91 Kb.
|
Psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: PSIXOLOGIYA FANIDA JARAYONLAR,XARAKTER VA TAFAKKUR Bajardi:Raximov S Qabul qildi:Musinov S.X. REJA: 1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "PEDAGOGIKA.PSIXOLOGIYA” fanidan MUSTAQIL ISHI №3 Mavzu: PSIXOLOGIYA FANIDA JARAYONLAR,XARAKTER VA TAFAKKUR Bajardi:Raximov S Qabul qildi:Musinov S.X. REJA: 1.Psixologiya fanida jarayonlar 2.Psixologiya fanida xarakter 3.Psixologiya fanida tafakkur Psixik jarayonlar - sezgi a‟zolariga tashqi ta‟sir shakllari, inson va tashqi muhit, ichki kechinmalari o‟rtasida bog‟lanishlar shakli bo‟lishi mumkin. Odatda psixik jarayonlar deganda sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, hissiyot, iroda tushuniladi. Psixik hodisalarning uchinchi guruhi - psixik xususiyatlar bo‟lib, odamdagi takrorlanmas, bir-biridan farqlab olish uchun zarur bo‟lgan xususiyatlardir. Bu xususiyatlar kishining o‟ziga, atrofidagi odamlarga, narsalarga, mehnatga munosabatlarida, bir so‟z bilan aytganda uning xulq-atvorida namoyon bo‟ladigan xususiyatlardir. Psixologiya fan sifatida psixika faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‟rganadi. Inson psixologiyasini bilish, o‟z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‟zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta‟minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‟y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to‟g‟ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. Shunday qilib, psixologiya fani o‟rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o‟rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‟rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o‟zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‟zaro bir-birlari bilan bog‟liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo‟ysunadi. Demak, psixologiyaning predmeti aniq shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o‟ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta‟riflash mumkin. Psixologiya Download 59.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling