Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi


Download 64.51 Kb.
bet5/5
Sana03.06.2024
Hajmi64.51 Kb.
#1841915
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Aholini boshqaruv organlarining, mansabdor shaxslarini, fvdt -hozir.org

Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi 
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tasdiqlaydigan nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligining mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi:
ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish sifatini;
xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun kafolatlar hamda
kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini;
xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari quyidagi huquqlarga ega:
nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, tushuntirishlarni,
axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan so‘rash va olish;
tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalarni taqdim etish;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor mansabdor
shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish haqida taqdimnomalar
kiritish;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalaridan
va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni va shartlarni buzganlikda aybdor shaxslarni
belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga
xavf tug‘diradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni qonunchilikda
belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi hamda ishlab chiqarishda
xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar yuzasidan
sudda ekspert sifatida ishtirok etish.
Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga
ham ega bo‘lishi mumkin.
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

http://hozir.org



Download 64.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling