Rivojlantirish vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti urganch filiali
Download 52.64 Kb.
|
Zararkunanda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki virus
- Dastlabki chuvalchang
tartibda ko‘rib chiqamiz.
1970-1989 yillar: viruslarning «ota-bobolari» va ilk kompyuter epidemiyalari. Internetning ajdodi bo‘lmish ARPANET tarmog‘i 1969-yilda AQShdagi 4 yirik oliygohni o‘zaro bog‘lagan dastlabki IT-tarmog‘i bo‘lgan edi. Oradan atigi ikki yil o‘tiboq, 1971-yilda, ushbu tarmoqda o‘rmalay oladigan dastlabki zararkunanda – hozirgi barcha kompyuter viruslarining «bobokaloni» paydo bo‘lgan edi. O‘shanda, Bolt Branek and Newman kompaniyasining Bob Tomas ismli xodimi, masofadan turib ijro etiladigan operatsion tizimlarni yaratish ustida ish olib borgan va buni qarangki, tarmoqda o‘zi o‘rmalaydigan dastlabki virusni ham aynan u yaratgan ekan. Shu sababli, ushbu virusning nomini u Creeper deb nomlagan. Bu ingliz tilida «o‘rmalovchi» degani bo‘ladi (sudraluvchi deyish ham mumkin). Bu virusni Bob Tomas o‘z-o‘zini ko‘paytira oladigan dastur yaratishni iloji bor-yo‘qligini tekshirish uchun yozgan bo‘lib, Creeper modem orqali tarqalgan va o‘zi zararlagan kompyuterda o‘z nusxasini yaratib, undan avvalgi tushgan kompyuteridan esa o‘zini-o‘zi o‘chiradigan dasturiy kod ko‘rinishida bo‘lgan. Creeper shunchaki tarmoqda tarqalib, o‘zi tushgan kompyuterida o‘zini-o‘zi nusxalashdan boshqa hech qanday funksiyaga ega bo‘lmagan. Ya'ni, uning biror zararli xususiyati bo‘lmagan. Shu tufayli, aslida uni virus deyishga ham til bormaydi. Dastlabki virus Lekin, 1980-yillarning boshiga kelib, kompyuterlar endi «shaxsiy kompyuter» nomi ostida keng tarqala boshladi. Bu degani, endi potensial zararkunandalar uchun juda keng «ozuqa maydoni» yuzaga kela boshlagan edi. Dastlabki katta ko‘lamda tarqalgan virus 1986-yilda yoyila boshladi. Uning nomi Brain (ya'ni, «miya») bo‘lgan. Aynan Brain, hozirgi barcha kompyuter viruslari uchun «ajdod» hisoblanadi deyish mumkin. Brain virusini yaratgan dasturchilar aslida o‘g‘rilarni adabini berib qo‘ymoqchi bo‘lishgan. Asli Pokistonlik bo‘lgan Amjat va Bazid Farrux Alvi ismli aka-uka dasturchilar o‘sha paytlarda tijorat maqsadida (ya'ni, keyinchalik pullash uchun) bir dastur tuzishayotgan bo‘lgan. Lekin, ularning kompyuteriga himoyalanmagan tarmoq orqali kirayotgan noma’lum shaxslar ular tuzgan dasturni o‘g‘irlab olib, ulardan avval pullab yuborishgan. Albatta bu narsa aka-uka Farruxlarga yoqmagan va ular o‘g‘rini jazolaydigan kod yozishga qaror qilishgan. Shunda Brain virusi yuzaga kelgan. Brain zararkunandasi disketalar orqali tarqalgan. U ham kompyuterning odatiy ish jarayoniga xalaqit bermagan. Lekin, kimdir kompyuterdan yashirincha axborot ko‘chirib olishga urinishi bilan, Brain ishga tushgan va ma’lumot ko‘chirib olinayotgan disketaga o‘tib, keyin esa o‘g‘rining kompyuteriga borib tushgach, uning operatsion tizimini ishdan chiqargan. 1987-yilda Brain Pokistondan tashqariga chiqib, AQShgacha yetib borgan va 18000 dan ziyod kompyuterlarni zararlagan. Bu tarixdagi dastlabki keng geografik ko‘lamli kompyuter virusi tarqalishi hodisasi bo‘lgan edi. Dastlabki chuvalchang Virus bu mohiyatan – fayl ichida yashaydigan dasturiy kodning bir bo‘lagi bo‘ladi. Virus fayldan alohida tarzda mavjud bo‘la olmaydi va shu sababli ham, virus imkon qadar ko‘proq faylni zararlashni va zararlangan fayllar ustidan nazorat o‘rnatishni istaydi. O‘sha Brain virusi bilan yuz bergan ilk kompyuter epidemiyasidan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 1989-yilda ilk kompyuter chuvalchangi ham paydo bo‘lgan edi. Virusdan farqli o‘laroq, chuvalchang bu – doim alohida mustaqil fayl bo‘ladi. Unga boshqa fayllarni zararlashga hojat bo‘lmaydi. Lekin, o‘zining nusxalarini ko‘paytirib tashlash esa chuvalchangning asosiy qiladigan ishi bo‘ladi. Chuvalchangni aniqlash ham oson, u fayllar strukturasida yashirinib yotmaydi. Lekin, tarqalish tezligi bo‘yicha qaralsa, u virusdan ko‘ra ancha shitob tarqaladi. 1989-yilda Kornell universiteti talabasi Robert Morris ilk bora shunday chuvalchangni yaratgan edi va aynan u ilk bora katta ko‘lamdagi moliyaviy zarar keltirgan zararkunandaga aylangandi. U tufayli yetkazilgan moliyaviy zarar ko‘lami million dollar deb baholangan. Morris yaratgan chuvalchang ARPANET tarmog‘idagi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash bilan shug‘ullangan. Biroq, kunlardan bir kun Morris o‘z chuvalchangining dasturiy kodini o‘zgartirishda xatolikka yo‘l qo‘ygan va natijada, chuvalchang o‘zini-o‘zi beto‘xtov nusxalab, tarmoq bo‘ylab o‘rmalay boshlagan va boshqa kompyuterlarga yetib borib, ularni ham zararlagan. O‘shanda, taxminan 9000 ta kompyuter Morris chuvalchangidan zararlangan. Shu jumladan, NASAning ham bir necha yuzlab kompyuterlariga chuvalchang tushgan bo‘lib, natijada kosmik agentlik 5 kun mobaynida ishdan to‘xtab qolgan. Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling