Rivojlantirish vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti urganch filiali
Download 52.64 Kb.
|
Zararkunanda
010-2014: zararkunanda tarmoqlar
Oxiri shunday vaqt keldiki, endi zararkunanda dasturlar niqoblanishni to‘xtatib, oshkora hamla qilishga o‘tishdi. Bunda, qandaydir go‘yoki foydali funksiyalar niqobiga yashirinish, yoki, legitim dasturiy ta’minot ko‘rinishida niqoblanmasdan, endi zararkunandalar botnetlardan foydalangan holda zarar keltira boshlashdi. Botnetlar bu – zararlangan kompyuterdan parazitlik qilgan tarzda, tarmoq orqali turli tuman spam va boshqa turdagi zararli narsalarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi botlar tarmog‘idir. Odatda botnetlar eksploytlar vositasida brauzerlarga o‘rnashib olgan. Eksployt bu – hisoblash tizimiga hujum qilish uchun, dasturiy ta’minotning zaif nuqtalaridan foydalanadigan zararkunanda dasturlardir. Odatda, u biror turdagi o‘ziga jalb qiluvchi banner ortiga yashiringan bo‘ladi va foydalanuvchi ushbu bannerga klik bosgan zahoti, eksployt ishga tushadi. Ishga tushgach bu zararkunanda brauzerning talqinini aniqlaydi va agar unda nozik (zaif) joylari mavjud bo‘lsa, zararkunandaning infeksiya tashuvchi kodi ijro etilishni boshlaydi va foydalanuvchining operatsion tizimida o‘rmalashga kirishadi. Botnetni ishga tushirgan muallif butun dunyo bo‘ylab millionlab kompyuterlardan iborat cheksiz imkoniyatlar ummoniga ega bo‘ladi. Uning ixcham, oddiy va lekin juda funksional hamda, muttaham kodi, o‘zi o‘rnashib olgan kompyuterlarni zombiga aylantirgan holda, tarmoqda turli maqsadlar foydalanishga majburlay olgan. Botnet bitta klik bilan istalgan saytni ag‘darib qo‘ya olgan. Yoki u foydalanuvchini bezdirar darajada, kuniga millionlab spam-xatlar jo‘natishi mumkin bo‘lgan. Shuningdek, botnetlar o‘zi o‘rnashib olgan kompyutyerlardan turli ma’lumotlarni (xotira hajmi, operatsion tizim turi, foydalanuvchining odatlari singari) yig‘ib, o‘z xo‘jayiniga yuborish bilan shug‘ullangan. Lekin vaqt o‘tishi bilan bunday amaliyot sekin-asta kamayib ketdi. Biroq, botnetlarni butunlay yo‘q bo‘lib ketdi deyish ham aslo mumkin emas. Botentlar shunchaki hozirga kelib, xakerlar orasidagi ommaviyligini yo‘qotdi. Chunki, yovuz niyatli xakerlar endilikda o‘z yomon maqsadiga yetishish uchun, botnetlardan ko‘ra samaraliroq vositalarni ixtiro qilishgan. Shunga qaramay, buyumlar interneti, ya'ni, internetga ulangan turli tuman maishiy jihozlarning soni ko‘payishi bilan, endi botnetlarning butunlay yangi darajada (xurmacha aytganidek, «lashkar to‘plab») qaytishi kutilmoqda. Chunki, avvalgi to‘lqindagi botnetlar faqat foydalanuvchilarning kompyuterlariga tushgan va undan turib ishlagan bo‘lsa, endi, hozirda global internet tarmog‘iga ulanayotgan va demakki, tarmoqda o‘z IP- manzili, MAC-manzili va ho kazo belgilariga ko‘ra, alohida, mustaqil tarmoq uskunasi sifatida qayd etiladigan buyumlar interneti narsalaridan ham foydalanishga o‘tmoqda. Masalan, wi-fi orqali ishlaydigan konditsioner, IP-kamera, «aqlli choynak» va ho kazolarning o‘zi ham bitta qurilma sifatida botnet tarmog‘iga kirib qolishi va «zombi»ga aylanib, xakerning qiliqlarida ishtirok etishi mumkin. Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling