Natijada sichqonlar tanazzulga yuz tutdi. Tajriba boshlanishining 1780 kunida “sichqoncha jannat”ining so’ngi axli halok bo’ldi.
Bunday holat yuz berishi mumkinligini oldindan bilgan Jon Kelxun hamkasbi X. Marden bilan ular o’lmasidan avval bir necha sichqonni yanayam yaxshiroq makonga joylashtirdi. Bu joyga keltirilgan oddiy sichqonlar ko’paya boshladi. Ammo oldingi jannatmakon “in”dan kelgan, ruhiyati o’zgargan sichqonlar ko’payishmadi. Bu eksperimentdan xulosa chiqargan Jon Kelxun ikki xil o’lim borligini aniqladi: ruhiyat sinishi va biologik o’lim. Ruhiyat o’limini hech qanday jannatmakon joy tiriltira olmas ekan.
Insonning kuchi mexr ko’rsata olishida, kuchsizligi mexr paydo qila olmasligi bilan ifodalanadi.
Tuyg’ungiz mehrli yoki qahr-g’azabligiga qarab, kuchli va kuchsiz ekanligingizni namoyon qilasiz. G’azab yomon hissiyot emas, g’azab yo’liga yurib, qaxrli bo’lish yomon. G’azab bor ekan, inson nimalardan qaytishi keragligini anglaydi. Jahl yomon tuyg’u emas, jahl bilan qahrli munosabatda bo’lish yomon. Sizga jahl qilishlari yomon emas, bu jahlni mehmonxonangizga kiritib, mehmon qilish, oshxonangizga kiritib, ovqat pishirishingiz yomon. Ya’ni jaxlni ichingizda mehmon qilmang. O’z chegarangizni paydo qiling. Yuz berayotgan vaziyatga uni keltirib chiqargan odam emas, unga munosabat bildirib, vaziyatni chigallashtirgan odam aybdor. Turmush o’rtog’ingiz munosabatiga, mehrsizligiga u aybdor emas, bunga sizning yengilgan ojiz tuyg’ularingiz aybdor. Har bir inson o’z tuyg’ulariga o’zi javob berishi lozim. Buning uchun chegarangizni, ya’ni o’zligingizni aniqlab olishingiz kerak. Chegarangizni turmush o’rtog’ingizning ichib kelishi buzishiga yo’l qo’ymang.
Agar u bu qilig’i bilan uyingizni vayron qilsa, kayfiyatingizni buzsa, demak, u bir bo’lagingizga aylanibdi.
O’ZINGIZGA MASLAHAT BERIB KO’RGANMISIZ?
Nima deb o’ylaysiz, kimning maslahatini olsa bo’ladi? Ha, to’g’ri har tomonlama o’rnak bo’ladigan insonning maslahati foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |