Qaysi sifatingiz tahsinga loyiq? Uyingizga begona odamni nega kiritasiz?
Huddi shunday, begona odamning maslahati ham begona mehmonga o’xshaydi. Sizni yashashga o’rgatmoqchi bo’lganlar hayotda judayam ko’p. Eng yaqini ko’zingiz ko’rib turgan ushbu insondir. Uning maslahatlariga quloq tuting, uni o’zingizniki deb hisoblang. Agar o’zingizniki deb hisoblamayotgan bo’lsangiz, demak bu maslahat sizga tegishli emas. Judayam ko’p maslahat beradigan shu maslahatlarini, avvalo o’ziga berishadi, amal qila olishmaganida, uni sizga i’nom qilishadi. Siz orqali, sizning bu maslahatga amal qilishingiz orqali o’zini hurmat qilishni istaydi. Noto’g’ri ekilgan ko’chat, noto’g’ri qurilgan uy, noto’g’ri qilinayotgan ovqat-bu ularning tashvishi. Sizning tashvishingiz bitta: vaqtni uvol qilmang va sukunat bilan javob bering.
Foydali va foydasiz maslahatni aniqlab olish lozim. Er-xotin o’rtasida bitta maqsad bor: nikoh bardavom bo’lishi. Siz uchun xizmat qiladigan maslahat turmush o’rtog’ingizga hukmingizni o’tkazish deyiladi, bu maslahat emas. Bunday maslahatning oxiri urushish bilan tugaydi, chunki nikoh bu baxt, baxt esa erkinlik degani. Sizning foydali maslahatingiz ichida rahm tuyg’usi yashiringan bo’ladi: “Ichmang!”
Do'stlaringiz bilan baham: |