Kutubxona fondining xususiyatlari. Har qanday moddiy boylik singari kutubxona fondi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kutubxona fondining ko‘pgina xususiyatlari bor - ular fondning rivojiga asos bo'ladi.
Xususiyatlari: agar o‘ziga xos axborot va bilim manbasiga ega bo‘lsa-yu, lekin ular orasida ichki bog‘liqlik mavjud bo‘lmasa, ya’ni fond tarmog‘iga to‘g‘ri kelmasa, bunday fondni kutubxona fondi deya olmaymiz.
Agar kitoblar mazmuni jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa, to'ldirilsa, kitobxon talabiga javob beradigan to‘la jamlangan bo‘lsa — kutubxona fondi deb ataymiz.
3. Kutubxona fondining uchinchi belgisi uning tarmoqlarga, ya’ni sohalarga oidligidir. Kutubxona fondini to‘ldirish uchun olinayotgan hujjatlar uning tarmoq belgilariga mos kelishi lozim, shundagina undan tegishli kitobxonlar foydalanadi, aksincha bo‘lsa, u hujjat o'qilmasligi mumkin.
4. Shuning uchun uning to‘rtinchi belgisi hujjatlarni tartibli butlanib, joylashtirilganligidir. Kutubxonaga kitoblar ma’lum kitobxonlarning talabi va ehtiyojiga qarab olinadi.
5. Kutubxona fondini alohida belgilaridan beshinchisi uning kitobxonga atalganligi va undan foydalanishdir. Kitob faqat o‘qilgandagina undan foyda keladi, aksincha hech qanday foyda keltirmay yotaveradi.
5-ilova
Mavzu bo’yicha nazorat savollari.
1. Axborot-kutubxona fondining o‘ziga xos belgi va xususiyatlari qaysilar?
2.Kutubxona fondini shakillantirish mazmuni va maqsadi nimalardan tashkil topgan?
3.Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi qanday?
4. Kutubxona fondining xususiyatlari qanday?
5. Kutubxona fondini kutubxona vazifasiga nimalar kiradi?
6. Kutubxona fondi asosiy belgilari qaysilar?
6-ilova
Kelgusi mashg’ulot mavzusi: Axborot kutubxona resurslari fondining tarkibi va uni tashkil qilish jarayonlari
Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha tst savollari tuzib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |