Rlash va ularning malakasini oshirish instituti malaka talabi


Kutubxona fondi o‘zining belgi va xususiyatlariga qaraganda alohida tizim


Download 1.52 Mb.
bet57/73
Sana05.09.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1673057
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Bog'liq
ishchi dastur

Kutubxona fondi o‘zining belgi va xususiyatlariga qaraganda alohida tizim sifatida ajralib turadi. Bu holatni bilish kutubxonachiga uni boshqa fondlardan ajratib olish imkoniyatini beradi. Masalan: muzey fondi, arxiv fondi. Agar belgi fondning tashki holatini ifodalasa, xususiyat uning sifatini, ichki holatini ifodalaydi.
1. Kutubxona fondi asosiy belgilaridan biri — undagi hujjatlardir.
Kutubxonada fondga kiruvchi va kirmaydigan hujjatlar ham bo‘ladi. Masalan, inventar kitobi, qarorlar papkasi va hokazo. Kutubxona fondini tashkil qilishda unda qancha kitob bo‘lishini belgilash lozim. Bizda xilma-xil turdagi axborot-kutubxona muassasalarini tashkil qilishda birinchi (minimum) va oxirgi (maksimum) me’yorlar belgilanadi. Kutubxonaning xiliga qarab qancha nomda va nusxada kitob olish aniqlanadi.
2. Kutubxona fondining ikkinchi belgisi — fondni hajmi va kattaligini, undagi kitoblarning nomi va nusxasini hisobga oluvchi ko‘plikdan iborat. Fondlar katta-kichikligiga qarab: kichik, o‘rta va kattaga bo‘linadi. Agar kichik fond 2 ming bo‘lsa, kattasi 5 million bo‘lishi mumkin. Kutubxona fondidagi hujjatlar kimga tegishliligi, mazmuni, mavzusi, turi, xili, yoshiga qarab o‘ziga xos belgilariga ega. Yuqoridagi belgilar kutubxona fondining tarmog‘ini, xususiyatini belgilab beradi.




Kutubxona fondini shakillantirish mazmuni va maqsadi. Kutubxona
fondini shakllantirishdan maqsad uni kutubxonaning vazifalariga moslashtirish, kutubxonalarning talab va ehtiyojlarini to‘liq qondirishdan iborat. Chunki har xil davrda kutubxonalar oldiga alohida vazifalar qo‘yiladi.
Kutubxona fondini kutubxona vazifasiga, kitobxonlarning talabiga moslab shakllantirish faqatgina hozirni (qisqa davrni) mo‘ljalga olmay, talablarni o‘rganish bilan birga, xilma-xil usullar bilan ularni o‘stirishga, takomillashuviga harakat qilinadi. Talab va butlash qonunining buzilishi kutubxonachining ma’lumoti pastligidan, fond bilan ishlay olmasligidan darak beradi.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling