Ro miqyosda raqamli tizim


Download 166.86 Kb.
bet6/10
Sana06.10.2023
Hajmi166.86 Kb.
#1693511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
47 Abdulla

Global iqtisodiyot rivojlanishining raqamli indikatorlari
Ular qatoriga qo’ydagilar kiradi. Birinchidan, ―Inson taraqqiyoti indeksi‖ reytingiga jami 189 mamlakat kiritilgan bo’lib, har bir mamlakatning global iqtisodiyotda tutgan mavqeini belgilaydi. Reytingdagi davlatlar o’rni ta‘lim darajasi, umrning o’rtacha uzunligi va yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga to’g’ri kelishi bo’yicha belgilanadi. Shuningdek, gender tenglik, ayollar huquqlari va imkoniyatlarining kengligi, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ham hisobga olingan.
2018- yilda chop etilgan mazkur reytingda inson rivojlanishing eng yuqori darajasi 59 mamlakatda qayd etildi. Reytingda Norvegiya birinchi o’rinni egalladi, Shveytsariya ikkinchi va Avstraliya uchinchi o’rinda qayd etildi, Rossiya (49-o’rin), Qozog’iston (58-o’rin), Turkmaniston 108-o’rinni, O’zbekiston ―Inson taraqqiyoti indeksi‖ yuqori mamlakatlar qatoridan joy oldi va 105-o’rinni egalladi, Qirg’iziston
122-o’rinni va Tojikiston 127-o’rinni egallagan. Ro’yxatni eng quyi rivojlanish darajasi bilan Janubiy Sudan, Markaziy Afrik Respublikasi va Niger yakunlagan.
Ikkinchidan, KOF versiyasi bo’yicha dunyo mamlakatlarining globallashuv indeksi.Dunyo mamlakatlarining globallashuv indeksi (KOF Index of Globalization), Shveysariya iqtisodiyot instituti (KOF Swiss Economic Institute) tomonidan aniqlanadi.
2002- yilda birinchi bor dunyo mamlakatlarining globallashuv indeksi (KOF Index of Globalization) Shveysariya iqtisodiyot institutining (KOF Swiss Economic Institute) Shveysariya texnologiya instituti (Swiss Federal Institute of Technology). hamkorligi asosida yaratildi. Ushbu indeks kompleks ko’rsatkich sifatida u yoki bu mamlakatning dunyo miqyosida integratsiyalashish ko’lamiga baho berib, uning jihatlari bo’yicha boshqa mamlakatlar bilan taqqoslash imkonini beradi.
Loyiha mualliflari globallashuvga milliy chegaralarni yo’qotuvchi, milliy iqtisodiyot, madaniyat, texnologiya, boshqaruv, shuningdek, odamlar, kapital, g’oya kabilarni o’z ichiga oluvchi turli xil oqimlar orqali bog’langan murakkab munosabatlarni va o’zaro aloqalarni vujudga keltiruvchi jarayon sifatida ta‘rif berishadi. Bunga bog’liq ravishda indeks globallashuvning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatlarini o’z ichiga oladi.
Indeks doirasida tadqiq qilinadigan barcha mamlakatlar global integratsiyaning
3 ta asosiy guruhi tarkibiga kiritilgan 24 ta ko’rsatkich bo’yicha baholanadi:
1. Iqtisodiy globallashuv – xalqaro savdo hajmi, xalqaro tadbirkorlik faoliyati darajasi, savdo oqimlari, xalqaro sarmoyalar, tarif siyosati, xalqaro savdoga cheklov hamda bojlar va boshqalar.
2. Ijtimoiy globallashuv – madaniy integratsiyalashuv darajasi, mamlakatdagi xorijiy fuqarolar ulushi, xalqaro turizm, xalqaro shaxsiy aloqalar, telefon trafiklari hajmi, pochta jo’natmalari, transchegaraviy pul o’tkazmalari, axborot oqimlari, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanganligi va hokazolar.
3. Siyosiy globallashuv – mamlakatning xalqaro tashkilotlarga a‘zoligi, xalqaro missiyalarda ishtiroki (shu jumladan BMT missiyalari), ko’ptomonlama xalqaro bitimlarning ratifikatsiyasi, mamlakatdagi elchixonalar hamda chet el vakolatxonalarining soni va boshqalar.
Globallashuv darajasi indeksi yuqorida ko’rsatilganlarga mos ravishda quyidagi 36 foiz, 39 foiz va 25 foiz koeffitsientlarning yig’indisi sifatida hisoblab
chiqiladi. Ushbu tadqiqot qamrab olgan barcha mamlakatlar uchun Globallashuv indeksi reytingi tuziladi. Mazkur reyting ularning tadqiq qilinayotgan boshqa
mamlakatlar orasidagi ornini aniqlab beradi.



Download 166.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling