Robototexnik komplekslar yordamida yig‘uv operatsiyalarini avtomatlashtirish


Partiyadagi birinchi detal nazorati


Download 113.1 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi113.1 Kb.
#1019834
1   2   3   4   5
Bog'liq
YIG‘UV ROBOTOTEXNIK KOMPLEKSLARI


Partiyadagi birinchi detal nazorati;

  • Partiyadagi barcha detallar bo‘yicha eng mas’uliyatli hisoblangan sirtlar nazorati;

  • Tashqi nazorat.

    Nazoratning birinchi ikkita turi detal partiyasini yasash jarayoniga kiradi. Tashqi nazorat esa ishlov berish siklidan tashqarida o‘tkaziladi. Bu nazorat qo‘l orqali yoki koordinatali o‘lchov mashinasida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin.
    Ko‘pgina hollarda partiyadagi barcha detallarni nazoratdan o‘tkazishning zarurati bo‘lmaydi, shuning uchun bunday hollarda tanlov yo‘li bilan nazorat o‘tkaziladi [9, ].
    MIS larning texnik xarakteristikalari ularning turlariga qarab o‘ziga xos jihatlarga ega. Masalan, moslashuvchan avtomatik bo‘linmalar uchun jihoz samaradorligi, mehnat unumdorligi, bir qismli detallar partiyasini yasash vaqti, moslashuvchanlik va avtomatlashtirish darajasi kabi texnik xarakteristikalar xosdir.
    Jihoz samaradorligi MIS lar ishining muhim xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. Biroq, MIS lar samaradorligi umumiy qabul qilingan unumdorlik tushunchasidan anchagina farq qiladi.
    MAB uchun samaradorlik deganda ma’lum vaqt intervalida berilgan nomenklaturadagi va sifatga ega detallar partiyasini ishlab chiqarish tushuniladi.
    MAB samaradorligini jihozning takomillashganligi bo‘yicha, uning texnologik imkoniyatlari va undan foydalanishni tashkillashtirish jihatlari bo‘yicha aniqlanadi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida jihoz samaradorligi ko‘rsatkichi o‘rnida vaqt birligi mobaynida ishlab chiqilgan mahsulot miqdori qabul qilinadi.
    Kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida samaradorlik ko‘rsatkichi sifatida detallar partiyasini yasab ishlab chiqarish siklining uzunligi qabul qilinadi.
    MIS ning amaldagi samaradorligi uning nominal samaradorligidan kamroq hisoblanadi, chunki amalda sikldan tashqari vaqt bo‘yicha texnik va tashkiliy sabablarga ko‘ra yo‘qotishlarni e’tiborga olish zarur bo‘ladi.
    Ishlab chiqarish sistemasining moslashuvchanligi bu bitta nomenklaturadagi ishlab chiqarishdan qo‘yilgan yangi talablarni qondirgan holda boshqa nomenklaturadagi ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjudligidir.
    MIS lardagi moslashuvchanlik shundayki, detallar partiyasining bittasidan ikkinchisiga o‘tish avtomatlashtirilgan qayta sozlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Keyinchalik jihozlar konstruksiyasini takomillashtirish, puxtaligini va ishonchliligini oshirish, boshqaruv sistemasi funksiyalarini kengaytirish jarayoni hisobiga qayta sozlash ishlarida personalning maxsus amallarida ishtirok etishi talab qilinmaydi.
    Moslashuvchanlik nisbiy tushuncha bo‘lib, uning amal qilishi ishlab chiqarish masalalari va uning kelajakdagi rivojiga bo‘g‘liqdir. Moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarilayotgan operatsiyalarning katta universalligi orqali katta unumdorlikka erishiladi, kam odamlilik va yaxshi ish sharoitlari taminlanadi, mahsulot sifati oshadi. Biroq, yuqorida sanab o‘tilgan afzalliklarga qaramay, MIS lar tannarxi yuqoriligicha qolayotqanligi uchun mahsulot tannarxi kamayishi o‘rniga ortib boryapti.
    MIS larni avtomatlashtirish darajasi shunday ko‘rsatkichki, u jihoz avtomatik ishlash vaqtining sistemadan foydalanish vaqtining umumiy fondiga bo‘lgan nisbatiga tengdir.
    Bu kompleks tushunchaga quyidagilar kiradi:
    -sistema ishining puxtalik darajasi (jihozning o‘zi, boshqarish sistemasi, hisoblash texnikasi va boshqa komponentlar ishlamay qolishi tufayli kelib chiqqan bekor turib qolishlar e’tiborga olingan holda);
    -MIS lar tomonidan avtomatik rejimda yechiladigan turli masalalarni integratsiyalash darajasi;
    -MIS lar yordamida avtomatik ishlab chiqarishni tashkil qilish, shu jumladan yordamchi xizmat bo‘limlari bilan o‘zaro ta’sirlarni tashkillashtirish;
    -avtomatlashtirishning eng yuqori darajasi moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar (MAL) larga to‘g‘ri keladi.
    Biroq bunday texnologiyalar va transport bazalariga yagona talablar qo‘yilishi, detallarga ishlov berishdagi o‘tish texnologik operatsiyalarining o‘xshashligini ta’minlash zarur. Konstruksiyadagi va detallarga ishlov berish texnologiyalaridagi xilma-xillikka ayrim instrumentlarni va ularning to‘plamlarini avtomatik ravishda almashtirish, instrument holati yoki uning ish rejimini o‘zgartirish, jihozni qayta sozlash hisobiga erishiladi. MAB larda yangi detal yoki buyumni yasashga o‘tilayotganda foydalanilayotgan jihoz strukturasi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish strukturasi o‘zgartiriladi.

    Download 113.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling