Ronning eneolit va bronza davri yodgorliklari Mundarija: Kirish


Download 54.25 Kb.
bet1/8
Sana23.01.2023
Hajmi54.25 Kb.
#1111907
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
eronning eneolit va bronza davri yodgorliklari (2)



eronning eneolit va bronza davri yodgorliklari
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………….3
I.Bob eronning eneolit va bronza davri yodgorliklari
1.1 Eronning Eneolit davri arxeologiyasi
1. Eneolit davri xronologiyasi, tavsifi va o'rganilishi………………………..….5
1.2 Eneolit madaniyatining rivojlanish bosqichlari………………………….9
II.Bob Bronza (jez) davri yodgorliklari
2.1 Bronza davri haqida umumiy tushuncha………………………………….13
2.2 Bronza davr haqida umumiy ma’lumot………………………………………19
Xulosa……………………………………………………………………………28
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..39


 

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Eneolit, Sialk va Suza kompleksi, Mundigak, Anov-Nomozgoh,Sarazm, qurilish va e‘morchilik, kulolchilik va metall,haykalchalar, Tripole madaniyati va uning bosqichlari, g’oyaviy qarashlar, Maykop, Drevneyam va Afanasev madaniyatlari,Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE), Anovtepa, Namozgohtepa, Oltintepa, Geoksyur, oilaviy ibodatxonalar, katta oila jamoasi. Enolit – lotin va yunoncha so’zlaridan yasalgan bo’lib, «alneus» - lotincha mis, «litos» - yunoncha tosh degan ma’noni anglatadi. Eneolit atamasi bilan birga “Xalkolit” (“xalkos” yunoncha mis demak) ham ishlatiladi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo’lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Yevropa va Osiyoning ko’p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo’lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullangan. Yevropa va Osiyoning boshqa o’lkalarida aynan shu paytda metalldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning xo’jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metallning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan. Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko’plab topilgan. Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli bo’lib, shu xususiyatga ega bo’lgan makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi ko’zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o’xshaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamma erda amaliy san’atning bir-biriga o’xshash shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o’xshasa ham aynan bir xil emas. Eneolit makonlari birinchi bo’lib Ikki daryo oralig’i va Misrda vujudga kelgan. Arxeologlar eneolit davriga xos bo’lgan 5 umumiy birlashtiruvchi alomatni ajratib ko’rsatadilar:
1. Xo’jalikning hamma turidan ko’ra motiga bilan qilinadigan dehqonchilikning ustunligi;
2. Chaqmoqtosh qurollar ko’p bo’lishi bilan birga mis qurollarining paydo bo’lishi.
3. Katta-katta ibtidoiy jamoa birlashmalarining katta-katta paxsa uylarining mavjudligi;
4. Hayvonlarning loydan yasalgan va onalik urug’iga xos bo’lgan haykalchalarning mavjudligi;
5. Rangdor sopol buyumlari (gul solingan) ning tarqalishi.

Download 54.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling