Ronning eneolit va bronza davri yodgorliklari Mundarija: Kirish


Murgob vohasining bronza davri arxeologiyasi


Download 54.25 Kb.
bet7/8
Sana23.01.2023
Hajmi54.25 Kb.
#1111907
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
eronning eneolit va bronza davri yodgorliklari (2)

Murgob vohasining bronza davri arxeologiyasi. Ilk yozma manbalarda Mouru (Avesto), Margush (qadimgi fors), Margiana (yunon-rim) nomlari bilan keltirilgan tarixiy-madaniy o'lka hozirgi Turkmaniston Respublikasidagi Murgob vohasi hududlarida joylashgan.
O'lkaning bronza davriga oid yodgorliklari Murgob daryosining quyi oqimi hududlarida tarqalgan. Ularni arxeologik jihatdan o'rganish harakatlari XIX asrning oxirlaridan boshlanib, o'tgan asrning boshlarida R.Pampelli va G.Shmidtlar tomonida vohada amalga oshirgan arxeologik qidiruv ishlari davomida dastlabki otroq dehqonchilik manzilgohlari aniqlangan. Murgob vohasi arxeologiyasiga jiddiy e'tibor o'tgan asrning 70-yillaridan boshlangan bo'lib, hozirga qadar bronza davriga oid juda ko'p arxeologik yodgorliklar topib tekshirilmoqda. Vohaning bronza davri arxeologiyasini o'rganilishi Toshkent arxeologisi maktabi tarbiyalanuvchisi V.I.Sarianidining tinimsiz mehnati samarasining natijasidir.
Vohaning bronza davriga oid arxeologik yodgorliklar alohida irrigatsiya tarmoqlari (ariqlar) bilan sugoriladigan tor hududlardan iborat mikrovohalar yoki xojalik tumanlarida joylashgan. Butun voha hududida bronza davrining turli bosqichlarida faoliyat yuritgan quyidagi 9 ta xojalik tumanlari arxeologik jihatdan o'rganilgan: Keleli, Gonur, Toqaloq, Tahirboy, Ajiquyi, Toip, Odambosan, Avchin, Egriboqoz, ulardan xojalik tumanlari alohida o'rin tutadi. Ularning har birida asosiy markaziy manzilgoh atrofida joylashgan 30 dan ortiq bo'lgan manzilgohlardan tashkil topgan asosiy markaziy manzilgoh va uning atrofidagi kichik manzilgohlardan iborat.
Murgob vohasining quyi oqimi hududlari qadim aholining sugorma dehqonchilik xojaligini yuritish uchun juda qulay erlar bo'lganligi sababli eneolit davrining oxirlaridan Geoksur vohasi aholisining hududiy kengayishi natijasida u erdan ko'chib kelgan bir guruh aholi tomonidan o'zlashtiriladi. Bronza davriga kelib ushbu o'lkaga kirib kelgan boshqa bir etnik guruh tomonidan yaratilgan madaniyat qaror topadi. Bunday madaniyat egalarining ildizlarini V.M.Masson Janubi-garbiy Turkmaniston hududlari bilan boglaydi. Tadqiqotchi olim navbatdagi ekologik inqiroz sababli bu erdagi yuksak darajada rivojlangan protoshahar turidagi madaniyat markazlarining mil.avv.

Xulosa
Oʻrta Osiyoda dehqonchilik madaniyatining paydo boʻlishi eramizdan avalgi 3-2 ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Eramizdan avvalgi 3-ming yillikning ikkinchi yarmi, 2-ming yillikning birinchi yarmida Amudaryoning yuqori qismida aholi punktlari paydo boʻlgan edi. Bu yerlik aholi Badaxshon yoqutini (lazurit) ishlab chiqish va sotish ishlarida ishtirok etardi. Shuningdek ular bilan Hindistondagi Xarappa madaniyati oʻrtasida oʻsha davrdayoq aloqalar mavjud boʻlgan. Eramizdan avvalgi 2-ming yillikda hind-eron (Oriylar) qabilalarining Oʻrta Osiyo hududi va unga tutushgan sahrolar orqali janubda Hindiston, janubiy-sharqda Midiya va Fors davlati, sharqda Sharqiy Turkiston sari migrasiyasi yuz bergan. Dehqonlarning qadimiy maskanlaridan boʻlgan Zarafshon vohasidagi Zamonbobo koʻli yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani).Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar oʻrganilgan. Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri boʻlgan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yerdan xom gʻishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bugʻdoy va arpa doni topilgan. Panjikentdan uncha uzoq boʻlmagan Sarazm qishlogʻi atrofida eneolit va bronza davriga oid dehqonchilik maskani topilgan boʻlib, uning hududi 90 gektardan ziyodroq maydonni qamrab oladi. Qadimiy dehqonchilik maskanlari Surxondaryoda - Sopollitepa va Jaroʻqtonda ham topilgan. Xorazm hududida topilgan va bronza davriga oid boʻlgan arxeologik yodgorliklar Tozabogʻyobsoy dehqonchilik madaniyati nomini olgan. Koʻkcha, Qavat-3 dehqonchilik maskanlari 2-ming yillikning oʻrtalarida vujudga kelgan. Bu yerda qadimiy kanallar mavjud boʻlgani aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida Xorazmda sunʼiy sugʻorish texnikasi rivoj topishi asnosida Amirobod madaniyati shakllangan. Shu tariqa Fargʻona vodiysi aholisi ham asta-sekinlik bilan oʻtroq turmush tarziga oʻtib, dehqonchilik bilan shugʻullana boshlaydi.

Download 54.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling