Rossiya Donetskdagi yana bir aholi punktini egalladi – Mudofaa vazirligi


Rasman! Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida lavozimga tayinlandi


Download 32 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi32 Kb.
#1133444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yangiliklar

Rasman! Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida lavozimga tayinlandi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu sho‘ba yangidan tuzilgan bo‘lib, Prezident Administrasiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas’ul o‘rinbosari tizimi tarkibiga kiradi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi. 
Mirziyoyeva Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri bo‘lgan. Iqtisod fanlari nomzodi Saida Mirziyoyeva ko‘p yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020 yillarda Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari, 2020 yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonib ketdi


Bugun, 14 noyabr kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun soat 13:52 da Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Temirxo‘ja ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:01 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:05 da qurshab olingan va soat 14:26 da o‘chirilgan. 
Yong‘in oqibatida shoxobchaning taxminan 75 kv metr maydonda ichki qismi yonib zararlangan, jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling