Rossiya federatsiyasi


Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari


Download 1.23 Mb.
bet4/7
Sana14.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1197660
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1505108880 66713

Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari

  • Ma’lumki, Rossiya bozor iqtisodiyotiga 1990 yillar boshidan o‘ta boshlagandi. Mamlakatda pala-partish holatda bozor munosabatlariga o‘tilishi mayda korxonalarni, zamonaviylashmagan ishlab chiqarish tizimini, tashqi iqtisodiy aloqalarda tartibsizlik va korxonalarni xususiylashtirishda qiymat va baholash borasidagi mutanosibliklarni keltirib chiqardi. Bu esa mamlakatni ancha obro‘sizlantirdi. Endi Rossiya hukumati oldida bu muammoni hal etish uchun ikkita yo‘l mavjud edi. Birinchidan, iqtisodiy ahvolni to‘la o‘zgartirish uchun aksariyat korxonalarni ishlab chiqarilgan qat’iy tartiblar ostida xususiylashtirish. Ikkinchidan, bozorni rivojlantirish uchun davlat nazoratini, rolini o‘rnatish.
  • Davlat byudjeti amalda iqtisodiy siyosatga qaratilgan bo‘ladi. Aksariyat mamlakatlarda davlat byudjeti shitob bilan o‘smoqda. Dunyo tajribasidan ma’lumki, agarda mamlakatda iqtisodiy tahchillik sezilsa, davlat ushbu byudjet hisobidan aholi turmush tarzini ma’lum muddatlargacha barqaror ushlab turadi. Rossiyada esa ko‘pdan buyon davlat byudjetida taqchillik sezilib qoldi va hozirgi kunda u ijobiy holga kelmoqda.

Yangi soliqlar tizimiga o‘tish, korxonalar foydasi va fuqarolardan undiriladigan soliqlar darajasini oshirish byudjetni muntazam ta’minlaydi. Shu jihatdan Rossiyada soliqlar tizimi uch xil – federal, oblastlar va mahalliy. Yaqinda isloh etilgan bu soliqlar tizimi Rossiya byudjetining to‘lishga ko‘mak bera boshladi.

  • Yangi soliqlar tizimiga o‘tish, korxonalar foydasi va fuqarolardan undiriladigan soliqlar darajasini oshirish byudjetni muntazam ta’minlaydi. Shu jihatdan Rossiyada soliqlar tizimi uch xil – federal, oblastlar va mahalliy. Yaqinda isloh etilgan bu soliqlar tizimi Rossiya byudjetining to‘lishga ko‘mak bera boshladi.
  • Pul-kredit siyosati-davlatni moliyaviy tartibga solishning g‘oyat muhim usullaridan biridir. U pirovordida jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga qaratilgan. Rossiyada pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa Markaziy Bank (MB) hisoblanadi. U bu siyosatni uch xil vosita orqali boshqaradi: mavjud pul zahirasi, MB ning stavkalaridagi foiz darajasi, tijorat banklari moliyalashtirayotgan mablag‘larni boshqarish.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling