Mamlakatning eng nufuzli savdo sheriklari Germaniya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya, Shvesariya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Polsha, AQSH va Yaponiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Rossiyaning tashqi savdo ulushi 60% ga tengdir. - Mamlakatning eng nufuzli savdo sheriklari Germaniya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya, Shvesariya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Polsha, AQSH va Yaponiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Rossiyaning tashqi savdo ulushi 60% ga tengdir.
- Germaniya Rossiyaning asosiy savdo sherigi sanaladi. Hududi yaqinligi va ulgurji narxlari pastligi bois bu rivojlangan davlat Rossiya bilan yuqori sifatga ega avtomobillar, maishiy elektronika, kosmetika, parfyumeriya, mebel, kiyim-kechak, poyafzal, tibbiy mahsulotlar, oziq-ovqatlar bo‘yicha o‘zaro yaqin aloqalar qiladi.
- Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari geosiyosiy muhit va hududiy yaqinlik jihatidan Rossiya tashqi savdosida alohida o‘rin tutadi. Sharkiy Yevropa davlatlari 1990 yillar boshida Rossiya bilan savdo aloqalarini ancha qisqartirgan edi, ammo 1995 yildan boshlab bu mamlakatlar o‘rtasida savdo munosabatlari keskin rivojlandi. Rossiya u tomonga energiya resurslari (neft, tabiiy gaz) eksport qilgan bo‘lsa, importga oziq-ovqatlar, kimyoviy mahsulotlar, mashina-texnologiya mahsulotlari harid qiladi.
O`zbekiston-Rossiya munosabatlari - O`zbekiston — Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Mac, 1464 y. Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490 y. temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-a. oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.
- 16-a.ning 2-yarmi, 17—18-a.larda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-a.ning 60-y.laridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va b. yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917 y. okt. toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston — Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, i.ch.ni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.
Do'stlaringiz bilan baham: |