Rossiya maktablari tarixida tasviriy san;atning o’qitilishi


O’RTA SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINING SAMARADORLIGI OSHIRISHDA FOYDALANILADIGAN ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR


Download 170.04 Kb.
bet7/10
Sana31.01.2024
Hajmi170.04 Kb.
#1829524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-7 sinflarda tasviriy san’at darslarining maqsadi va vazifalari

2.2 O’RTA SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINING SAMARADORLIGI OSHIRISHDA FOYDALANILADIGAN ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida o`qituvchi ularga amaliy yordam ko`rsatadi.
Mazkur topshiriq o`z mazmuniga ko`ra murakkab va bir dars davomida to`la bajarilmay qolishi mumkin. Bunday Holda o`qituvchi ishni ikkinchi darsda davom ettirishi mumkin. Har bir darsning oxirida sinfda bajarilgan ishlarga yakun yasaladi va unda o`quvchilarning yutuq va kamchiliklari qayd qilinadi. Kamchiliklarni bartaraf etish yo`llari ko`rsatiladi. Hatto, darsda yaxshi ko`rsatkichlarga erishgan o`quvchilar rag`batlantirilishi Ham mumkin.
Uy ishi. Sinf ishini davom ettirish va yakunlash. Topshiriqni bajarish birinchi darsda boshlanib, uyda yakunlanadigan bo`lsa, ikkinchi darsda bolalar burgut tasviri bilan bog`liq yangi kompozitsiya ishlashlari mumkin. Bir darsda topshiriqni bajarib ulgurmagan o`quvchi ikkinchi darsda ishni davom ettirib yakunlaydi.

Kompozitsiya. Rangtasvir kompozitsiyasi. 5-7-sinflarda rangtasvir kompozitsiyasining metodikasi 1-4-sinflar bilan umumiylikka ega va uning davomi Hisoblansada, biroq ularning bir-birlaridan farqi bor. Bunda asosiy e`tibor mavzular va topshiriqlarni o`quvchilarning yoshi, qobiliyati, ularning avvallari o`zlashtirgan bilim va malakalari Hisobga olinadi.
Rangtasvir mashg`ulotlari o`qitish metodikasi mazkur yo`nalish bo`yicha ta`lim mazmuni asosida tashkil etiladi. Bunda topshiriqlar o`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzular asosida o`tkaziladi. Ular asosan, manzara, turmush, tarixiy, batal, afsonaviy, marina, animal janrlar asosida bo`ladi.
Bolalar beshinchi sinfning dastlabki mashg`ulotlarida kompozitsiya, Hajm, rangshunoslik, yorug`soya, perspektivadan nazariy bilimlarni o`zlashtirganliklarini xisobga olib, 6-7-sinflarda rangtasvir kompozitsiyasidan beriladigan topshiriqlar ma`lum miqdorda murakkablashadi, ularni bajarishga ajratiladigan soatlar Ham oshadi. CHunki, 5-7-sinflardagi rangtasvirdan kompozitsiya ishlash ma`lum tayyorgarlik asosida olib boriladi. Bunday mashg`ulotlar ko`proq rangtasvirchi rassomning ijodiy ish uslubiga yaqinlashadi. Bunda o`quvchi mavzuni bilib olgandan so`ng shu asosda bironta g`oyani ilgari suradi. Aytaylik, o`zbek Halqining mustaqillik uchun kurashini ko`rsatuvchi mavzu tavsiya etilsa, bolalar o`zbek xalqining millatparvar, vatanparvar ekanligini, o`z xalqi Vatani uchun jonini Ham ayamasligini, xalq jasoratini tasvirlashni o`z suvratining g`oyasi sifatida ilgari suradi. Ana shu g`oya asosida mavzu yuzasidan materiallar to`plashi kerak bo`ladi. So`ngra ana shu to`plangan materiallar asosida suvratning bir necha variantdagi eskizlari ishlanadi. Suvrat mazmuni yuzasidan qat`iy bir eskiz tanlangandan so`ng uni bajarishga kirishiladi.
O`quvchilar rassomlar kabi yuqorida qayd qilinganidek katta tayyorgarlik ishlarini olib bormaslarda, Har qalay ma`lum ishlarni bajarishlari kerak bo`ladi. Maktab sharoitida rangtasvirdan topshiriq mavzusi e`lon qilingach, o`qituvchi uni tushintiradi. Bunda faqat topshiriqni emas uni bajarish tartibi Haqida Ham fikr yuritadi.
Mavzu yuzasidan suHbatda o`qituvchi uning mazmuni Haqida to`xtaladi. Bu mazmun, albatta, mavzu asosida bo`ladi. Ma`lumki, 5-6- sinflarning tasviriy san`at dasturida rangtasvir yuzasidan “Karvon”, “Muqanna qo`zg`oloni”, “Suv osti dunyosi”, “Oltin kuz”, “Oyim non yopyaptilar”, “Jaloliddinning so`nggi jangi”, “Ulug`bek rasadxonasida”, “Xiva-qo`riqxona shaHar”, “Men sevgan kasb”, “Darbozlar” kabi mavzular tavsiya etilgan. O`qituvchi esa avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqib suHbat o`tkazadi. Keyin esa mavzuga doir san`at asarlarining reproduksiyalari, fotolari, otkritka, etyud va boshqa xomaki ishlar ko`rsatilib taHlil qilinadi.
Bunday ko`rgazmali materiallarni to`plashni o`qituvchi o`quvchilarga avvalgi darsda topshiriq tarzida bergan bo`ladi. CHunki, bunda bolalar mavzu Haqida kengroq fikr yuritadilar va o`qituvchiga ko`rgazmali materiallarni to`plashga yordam beradilar.
SHundan so`ng o`qituvchi sinf doskasida kompozitsyaning 2-3 variantini chizib ko`rsatadi yoki uni o`zi avvaldan tayyorlab qo`ygan rasmi orqali tushuntiradi.
Har qanday kompozitsiya ishlash qat`iy ketma-ketlilik asosida bo`ladi. Xususan: 1. Mavzu yuzasidan mazmun tanlash. 2. Mavzu yuzasidan kuzatish ishlarni olib borish. Ayniqsa, manzara, turmush, animal janrlarda rasm ishlaganda bu metod qo`l kelsa, tarixiy, batal, marina janrlarida rasm ishlaganda esa san`at asarlarining reproduksiyalari, slayd, diopozitiv, diafilm, foto va otkritkalardan foydalaniladi. 3. Rasm o`lchovi va formatini tanlash. 4. Tanlangan mazmunni dastlabki kichik o`lchovdagi ishchi eskizda aks ettirish. 5. Rasm uchun qoralama, ranglamalarni bajarish. U dars, darsdan tashqari vaqtlarda Ham bajarilishi mumkin. 6. Rangtasvirni chiziqli tasvirini ishlash. 7. Rangtasvirni bo`yoqlar bilan tasvirini ishlash. Mazkur tartib mavzu, mazmun, o`quvchilarning tayyorgarligi, qobiliyati, tasvirlash imkoniyatlariga qarab o`zgarishi mumkin. Bu o`zgarish ish Hajmini ko`payishi yoki kamayishi Hisobiga, shuningdek, tayyorgarlik va rasm ishlash bosqichlarida Ham bo`lishi mumkin.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlariga ko`pincha 2-3 soat vaqt ajratiladi. Ularning birinchi soatida mavzu, mazmun aniqlanadi, material to`planadi, ishchi eskiz tayyorlanadi, chiziqli rasm ishlanadi. Mashg`ulotlarning ikkinchi soatida esa rasmni bo`yoqlar bilan bo`yaladi. Murakkab mazmundagi rasmlar ishlaganda esa, birinchi soatda tayyorgarlik, ikkinchisida eskiz va chiziqli rasm, uchinchisida, ish bo`yoqlar bilan bajariladi.
Bolalar o`z rasmlarini tezroq bo`yab tugallashga juda qiziqishlari oqibatida ularning rasmlari kompozitsiya jiHatdan bo`sh va chala bo`lib qoladi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun bolalar rasmni bo`yashga faqat o`qituvchining ruxsati bilangina o`tishlariga ruxsat etiladi.
O`quvchilarning fikrlarini boyitish va Harakatlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida yordamchi ko`rgazmali materiallar faqat darsning boshlanish qismida emas, bolalarning mustaqil ishlari jarayonida Ham amalga oshiriladi. Bu ko`rgazmali materiallar rasmdagi ayrim obrazlarga taaluqli detallar, kompozitsiya, sxematik rasmlar, perspektiva, yorug`soya, bo`yoqlar bilan ishlashga oid bo`lishi mumkin. 49-rasm.
Darsning oxirida sinf ishiga yakun yasash maqsadida muaffaqiyatli, o`rtacha va bo`sh ishlangan bolalar rasmlaridan ayrimlarini ajratib olinadi Hamda ular butun sinf ishtirokida taHlil qilinadi. Bunda ishdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi Hamda ularning sabablari qayd qilinadi.
Quyida rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlari metodikasiga doir dars ishlanmalari berilgan.


Download 170.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling