Rossiya maktablari tarixida tasviriy san;atning o’qitilishi


Download 170.04 Kb.
bet1/10
Sana31.01.2024
Hajmi170.04 Kb.
#1829524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-7 sinflarda tasviriy san’at darslarining maqsadi va vazifalari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


SPORT FAOLIYATI VA SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI
« 5-7 SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINING
MAQSADI VA VAZIFALARI»
MAVZUSIDA



Bajaruvchi: Abdurahmonova Dinora
_________________________
Ilmiy rahbar: Sultonova G.
Kafedra mudiri: Mullajonova N.J.
SAMARQAND – 2022


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
SPORT FAOLIYATI VA SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI
Abdurahmonova Dinoraning «5-7 SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINING MAQSADI VA VAZIFALARI» mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Kafedra mudiri : ________________
Komissiya a’zolari: ________________


5-7 SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINING
MAQSADI VA VAZIFALARI


REJA:

Kirish
I-bob. Maktabda tasviriy san’at amaliy mashg’ulotlarining mazmuni


1.1 Tasviriy san’at fani, uning maqsad va vazifalari
1.2 Tasviriy san’at ifoda vositalari
II-bob. 5-7 sinflarda tasviriy san’at darslarining shakli va mazmuni
2.1 5-7 sinflarda mashg’ulot turlari
2.2 O’rta sinflarda tasviriy san’at darslarining samaradorligi oshirishda foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalar
III. Ilovalar
IV Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH

San`atshunoslik asoslari mashg`ulotlariga 5-7 sinflarda katta o`rin ajratilgan bo`lib, u o`quvchilarda badiiy madaniyatni shakllantirishni maqsad qilib qo`yadi. San`atshunoslik asoslari mashg`ulotlari tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlari nazariyasi va tarixi, mashHur rassom, amaliy san`at ustalari, me`morlarning Hayoti va ijodini o`rganishni o`z ichiga oladi.


Boshlang`ich sinflarda ayrim san`at asarlaridan ko`rgazmali qurollar sifatida foydalanish, bolalarga rassomlar va ularning ishlagan suratlari yuzasidan ayrim ma`lumotlar berishni nazarda tutadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga tasviriy san`atning tur va janrlari, uning nazariy asoslari Hisoblangan kompozitsiya, yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva qonunlari va qoidalari Haqida nazariy bilimlar berish og`irlik qilishi munosabat bilan ularni 5-7 sinflarda o`rgatish rejalashtirilgan.
San`atshunoslik asoslari mashg`ulotlarining 5-7 sinflardagi xususiyatlaridan biri shundaki, bunda nazariy mashg`ulotlar, amaliy ishlar bilan mustaHkam aloqada olib boriladi.
Xususan, tarixiy janr yuzasidan suHbat o`tkazilgandan so`ng tarixiy mavzularda bolalar rasm ishlaydilar. SHuningdek, bolalar amaliy ishlarda tasviriy san`atning tur va janrlari, tasviriy san`atning nazariy asoslariga doir olgan bilimlaridan foydalanidilar. Natijada, nazariy bilim va malakalar mustaHkamlanadi.
I-bob. Maktabda tasviriy san’at amaliy mashg’ulotlarining mazmuni
San`atshunoslik asoslarini o`qitish metodikasi kursida didaktikaning ilmiylik, ko`rgazmalilik, muntazamlik va ketma-ketligi, ta`lim va tarbiyaning birligi prinsiplariga rioya qilishni talab etiladi. Ayniqsa, bunday mashg`ulotlarni ko`rgazmaliksiz o`tkazish mumkin emas. Darsda o`qituvchi ko`proq kinofilm, videofilm, diafilm, diapozitiv, slayd, san`at asarlarining reproduksiyalari, foto nusxalaridan foydalanishi samaralidir. SHu bilan birga, viloyat markazlaridagi o`lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan san`at asarlari, shaHar va qishloqlardagi yodgorlik Haykallar va me`morchilik obidalari, tasviriy san`atdan joylarda tashkil etilayotgan ko`rgazmalardagi san`at asarlarining asl nusxalari bilan tanishtirib borish muHimdir. San`atshunoslik asoslari mashg`ulotlarini ma`ruza shaklida emas, ko`proq savol-javob, munozara, o`yin tarzida tashkil etilishi bolalarni faollashtiradi, materiallarni puxta o`zlashtirilishiga yordam beradi.
Xususan, bironta rangtasvir asari taHlil qilinganda o`qituvchi bolalarga taxminan quyidagicha savollar bilan murojaat etishi mumkin:
Bu san`at asarini avvallari ko`rganmisiz? Bu asarni kim ishlagan? Asarda kim yoki qanday voqea tasvirlangan? Asarning nomini kim biladi? Asarda yilning qaysi fasli tasvirlangan? Uni qanday bilish mumkin? Asarda faslning qaysi davri tasvirlangan? Asarda kunning qaysi davri tasvirlangan? Asarning kompozitsiyasi qanday? Rassom o`z asarida tasvirlashning qaysi ifodalilik vositalaridan foydalangan? Asarning koloriti qanday? Rassom o`z asari bilan qanday g`oyani ifodalagan? Suvrat sizga yoqdimi, nega?
Bunday mashg`ulotlarda bolalar suratlardagi obrazlarni tushunib etadigan, asarning mazmunini o`qiy oladigan, ularning ifodaliligini, badiiy vositalarini anglab etadigan, Haqiqiy san`at asarlarini oddiy rasmdan farqini ajrata oladigan bo`ladilar.
San`atshunoslik asoslari mashg`ulotlari samaradorligini oshirishda o`qituvchining tayyorgarligi muHim rol o`ynaydi. Avvalo, dars mavzusiga doir san`at asarlari tanlanadi. Bunda bir qator talablarga rioya qilish muHim. Ular asarlarning yuksak badiiy saviyada ishlaganligi, ularning mazmunini bolalaraga yaqin bo`lishligi, shuningdek, surat reproduksiyasini a`lo sifatda bajarilgan bo`lishligi va boshqalar. Agarda o`rganish uchun tanlab olingan san`at asarlarining reprodutsiyalari sifatsiz bo`lgani taqdirda yaxshisi, undan foydalanmaslik, unga mazmunan yaqin bo`lgan va sifatli bajarilgan boshqa san`at asarini tanlash maqsadga muvofiqdir.

Download 170.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling