Rossiya maktablari tarixida tasviriy san;atning o’qitilishi
TASVIRIY SAN’AT FANI, UNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Download 170.04 Kb.
|
5-7 sinflarda tasviriy san’at darslarining maqsadi va vazifalari
1.1 TASVIRIY SAN’AT FANI, UNING MAQSAD VA VAZIFALARI
San`atshunoslik asoslari mashg`ulotining tuzilishi va uni o`tkazish metodikasi Haqida qat`iy bir tavsiya berib bo`lmaydi. U mashg`ulotning tuzilishi, mavzusi va darsning maqsadidan kelib chiqqan Holda turlicha bo`lishligi mumkin. Masalan, san`atunoslik mashg`ulotlarining mavzulari quyidagicha bo`ladi: 1.Tasviriy, amaliy yoki me`morchilik san`atlarining turlari va janrlari. 2. San`atning u yoki bu turidagi oqim va yo`nalishlar. 3. U yoki bu rassom, amaliy san`at ustasi yoki me`morning Hayoti va ijodi. 4. U yoki bu davr san`ati. 5. Tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlarining nazariy asoslari (kompozitsiya, yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva). Bu mavzulardan ko`rinib turibdiki, ularni bir xil metodika asosida o`tkazib bo`lmaydi. San`at asarlarini taHlil qilishda ularni solishtirib o`rganish muHimdir. SHu maqsadda turli rassomlarning bir xil mavzudagi asarlarini namoyish etib, o`rganish foydalidir. Xususan, I.Levitan, O`.Tansiqboev, I.SHishkin, N.Karaxan, I.Haydarov, Z.Inog`omov, A. Savrasov, A.Kuinji, A.Mo`minov, A.Mirsoatov kabi rassomlarning yil fasllariga bag`ishlangan manzara janridagi asarlaridan 2-3 tasini namoyish etib va solishtirish orqali o`rganish mumkin. Aytaylik, kuz mavzusidagi asarni taHlil qilishda faqat kuz mavzusidagi asar bilangina emas, balki bunday asarlarni baHor, qish mavzusidagi asarlar bilan Ham solishtirib o`rgansa bo`ladi. San`at asarlarini reproduksiyalarini texnika vositalari orqali namoyish etganda asarlardagi detallarni yirik Holda ko`rsatilishi obrazlarni chuqur idrok etish, portretlarda shaxsning ichki dunyosini tushunib etishga imkon beradi. San`atshunoslik mashg`ulotlarining muvafffqiyati ko`p jiHatdan ularni turli yo`llar va metodlarni qo`llash orqali o`tkazilishiga Ham bog`liq. Xususan, bunday mashg`ulotlardan bolalarga san`at asari Haqida insho yozdirish, san`at turlari yoki janrlariga oid reproduksiyalar yig`dirish yoki u yoki bu rassom Haqida materiallar to`platish, tasviriy san`atga doir viktorina, chaynvord, krasvordlar echtirish, o`zi yashaydigan joydagi rassomlar bilan uchrashib, ular Haqida ma`lumot to`plash yoki albomlar tayyorlash mumkin. Bunday ishlar amaliy bezak, me`morchilik san`atlari yuzasidan Ham olib borilishi mumkin. San`atshunoslik asoslari mashg`ulotining samaradorligi, ularni maktabda o`qitiladigan boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o`qitilishiga Ham bog`liqdir. Ayniqsa, san`atshunoslik asoslari darslarini tarix, geografiya, adabiyot, zoologiya, musiqa darslari bilan aloqadorlikda o`tkazish imkoniyatlari mavjud. Bunday mashg`ulotlar o`zaro aloqadorlikdagi fanlar bo`yicha o`zlashtirilgan bilimlarni mustaHkamlash va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Download 170.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling