Rossiya maktablari tarixida tasviriy san;atning o’qitilishi


Download 170.04 Kb.
bet6/10
Sana31.01.2024
Hajmi170.04 Kb.
#1829524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-7 sinflarda tasviriy san’at darslarining maqsadi va vazifalari

Darsning mavzusi: “Paxta” servisi natyurmotining rasmini ishlash.

Darsning vazifalari: O`quvchilarni tasviriy malakalari, badiiy didi, xotirasi, kuzatuvchanligini o`stirish.

Darsning jiHozlanishi: L.Salimjonovaning “Qora kofe” nomli asarining reproduksiyasi yoki slaydi. “Paxta” chinni servisi (lagan, choynak, tarelka, piyola). Xorijiy mamlakat natyurmortchi rassomlarining servis tasvirlangan asarlarining reproduksiyalari.

Darsning mazmuni: YAngi mavzuga bag`ishlangan darsning boshlanish qismida natyurmot Haqida qisqacha suHbat o`tkaziladi. U taHminan quyidagicha bo`lishi mumkin:
Bolalar, siz turli buyumlar, mevalar va sabzavotlar, gullardan tashkil topgan natyurmortlarni bir necha bor rasmini ishlagansiz. Bu mavzuda rasm ishlagan ko`pgina rassomlarni Ham bilasiz. Qani, eslab ko`ring-chi, qaysi rassomlar ro`zg`or buyumlaridan natyurmotlar ishlashgan. Rassomlarimizdan YU.Elizarov. Z.Kovalevskaya, N.Kashina, L.Salimjonova, M.Toxtaev, chet el rassomlaridan SHarden, Kalf, Snayderslar Ham bu soHada shuHrat qozonganlar. Bu rassomlar o`z natyurmotlarida turmushda ishlatiladigan buyumlarni tasvirlar ekanlar, ularning niHoyatda go`zalligini, maqsadga muvofiq tuzilganligini, rang va shakllarining betakrorligidan zavqlanadilar.
L.Salimjonovaning “Qora kofe” nomli natyurmortida asosan kofe ichiladigan idishlar tasviri berilgan. 45-rasm. Kuzatish orqali bu asarning kompozitsiyasi, ranglari va boshqa tomonlari bolalar ishtirokida quyidagicha taHlil qilinadi:
- Bu predmetlar qanday materiallardan tayyorlangan?
-Natyurmortni umumiy eni kattami, yoki bo`yimi? Har bir predmetni-chi?
-Qaysi predmetlarda perspektiv qisqarish bor?
-Servisning badiiy bezagida qanday naqsh unsurlari ishlatilgan? Ularning shakli, o`lchovi, rangi qanday?
-Predmetlarda blik, yorug`soya, yarimsoya, reflekslar bormi? Bo`lsa ular qaysi buyumda, qanday o`lchovda va qanday shaklda?
Bolalarga mustaqil kuzatish uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so`ng ana shu savollar asosida natura taHlil qilinadi, o`qituvchi savol beradi, bolalar javob qaytaradilar.
O`qituvchi esa ularning javoblarini to`ldirib, kamchiliklarini tuzatib, asar yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtiradi.
O`qituvchi bolalarning navbatdagi vazifalarini tushuntirish uchun “Paxta” servisini taglik ustiga chizish uchun o`rnatadi. Natyurmortni o`rnatishda bolalar Ham ishtirok etadilar. CHunki, u ma`lum vaqtni talab eatdi va bu vaqt davomida bolalarni bu ishga jalb etish sinfda tartib-intizomni saqlash va bolalarni natura bilan kengroq va chuqurroq tanishishlariga imkon beradi. 46-rasm.
“Paxta” servisi natyurmorti sinfning orqa tomonidagi o`tirgan bolalar uchun yaxshi ko`rinmasligi mumkin. SHuning uchun uni sinfning 2-3 eriga o`rnatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu natyurmort boshqa predmetlardan bo`lishi Ham mumkin.
Natyurmort o`rnatilib bo`lingach, sinfdagi Hamma o`quvchilarning e`tibori unga qaratilib, uni bolalar mustaqil kuzatishlari uchun imkon beriladi.
-Kuzatish jarayonida o`quvchilar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:
-Natyurmortni qanday nomlash mumkin?
-Natyurmort qanday predmetlardan tuzilgan?
-Natyurmortdagi predmetlarni boshqacha joylashtirsa bo`ladimi?
-Bu predmetlar qanday materiallardan tayyorlangan?
-Natyurmortni umumiy eni kattami yoki bo`yimi? Har bir predmetni-chi?
-Servisning badiiy bezagida qanday naqsh unsurlari ishlatilgan? Ularning shakli, o`lchovi, rangi, qanaqa?
-Predmetlarda blik, yorug`soya, yarimsoya, reflekslar bormi?
Natyurmortning rasmini ishlash yo`li doskada chizib ko`rsatiladi. 47-rasm. Rasm ishlash yo`llari bolalarga tushunarli bo`lganidan so`ng u doskadan o`chirib tashlanadi. Aks qola bolalar naturaga qaramasdan rasmni doskadan ko`chirib oladilar. SHuni qam yoddan chiqarmaslik kerakki, bolalarni rasmdan ko`chirib olishga emas, naturadan chizishga o`rgatish lozim. Tayyor rasmdan ko`chirish naturadan chizishga nisbatan ancha oson. Qolaversa, sinfdagi natyurmort turli tomondan turlicha ko`rinadi, ya`ni bolalarning biriga natura to`g`risidan, boshqasiga yonboshidan, yana biriga ma`lum burchak ostidan ko`rinadi. SHuning uchun Har bir bola o`zi o`tirgan joydan qanday ko`rinsa shunday chizishi lozim.
Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida o`qituvchi o`z e`tiborini ko`proq bo`sh o`zlashtiruvchilar bilan ishlashga qaratadi. Dars yakunida sinfda bajariladigan ishlardan ko`rgazma tashkil etiladi va ularni taqlil qilinadi. Ko`rgazmaga eng xarakterli rasmlar tanlab olinadi.
Uyga rassomlarning jurnal va kitoblarda berilgan natyurmortlar reproduksiyalari va otkritkalarini yig`ish va albomga yopishtirish vazifa qilib topshiriladi.


Naturaga qarab Haykal ishlash mashg`ulotlari 5-7-sinflarda katta o`rinni egallamaydi. CHunki bolalarning naturaga qarab Haykal ishlash yuzasidan malakalari 1-4 sinflarda ma`lum miqdorda shakllangan bo`ladi. SHu sababdan Ham 5-7 sinflarda naturaga qarab Haykal ishlashga e`tibor kamayadi va uning vazifalari ko`proq Haykaltoroshlik kompozitsiyasi darslarida amalga oshiriladi.
Naturaga qarab Haykal ishlash metodikasi boshlang`ich sinflardagidan deyarli farq qilmaydi. Ular asosan qo`yiladigan vazifalarni ma`lum miqdorda o`quvchilarning yoshlarini Hisobga olib, murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Bu farqlar ko`proq natura tuzilishining murakkabligi (Hayvon, qush, odam), shuningdek, naturaning Harakatda tasvirlanishi kabilarda ko`zga tashlanadi.
Quyida naturaga qarab Haykal ishlash metodikasiga doir dars ishlanmasi berildi.

Darsning mavzusi: Burgut Haykalini ishlash.

Darsning vazifalari. O`quvchilarni plastilin, loy, Haykaltaroshlik asboblari bilan ishlash malakalarini rivojlantirish. Hayvonlarning shakli, o`lchovi va o`lchov nisbatlarini to`g`ri idrok etish va tasvirlashga o`rgatish. Bolalarni Hayvonlar Haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

Darsning jiHozlanishi. Xalq ustalari, Haykaltaroshlar, rassomlar tomonidan ishlangan burgut tasvirlari. Diopozitiv va slaydlar.

Darsning mazmuni. YAngi mavzuning bayoni bolalarga burgutlar Haqidagi suHbat bilan boshlandi. SuHbatda qisqacha va lo`nda qilib burgutlarning tuzilishi, o`lchovlari, Hayoti, ularning odamlarga foydali jiHatlari Haqida umumiy ma`lumotlar beriladi. Burgut tasviriga oid materiallar topilmagani taqdirda kalxat, lochin kabi vaxshiy qushlar Haykalini ishlash mumkin. Burgut yirtqich, vaxshiy qush. U qushlar orasida eng katta, chaqqon va kuchlisi Hisoblanadi. Burgut tanasining uzunligi 1 metrgacha bo`ladi. Qanotlarini yoyganda 2 metrgacha boradi. Uning rangi to`q qo`ng`ir, boshi esa malla bo`ladi. Burgutlar asosan Evropa, Osiyo va SHimoliy Amerikada ko`p uchraydi. O`zbekistonda o`troq Holda kun kechiradi, tog` va ko`llarda, odamlar yashamaydigan joylarga, qoyalar orasiga, saksovullarga uya qo`yadi. Burgutlar asosan kaklik, yumronqoziq, toshbaqa, quyon, tulki, o`rdak kabi mayda Hayvonlar bilan ovqatlanadi. Odamlar burgutlardan Hayvonlarni ovlashda foydalanadilar. Buning uchun ularni bolalikdan boqadilar va qo`lga o`rgatadilar. Uning ko`zi niHoyatda o`tkir bo`lganligi sababli o`z o`ljasini uzoqdan ko`ra oladi, tez uchishi sababli ularga tez etib oladi. Evropa burgutlari ba`zan kichik 7-8 yoshli bolalar, qo`ylar yoki ozg`in chollarni ko`tarib ketgan vaqtlari bo`lgan.
SuHbat davomida bolalarga burgut rasmi yoki Haykali ko`rsatilib, u o`quvchilar bilan birgalikda taHlil qilinadi. Imkoni bo`lgan taqdirda burgutni biologiya xonasidan tulumini olib, namoyish etish yanada samaraliroq bo`ladi. 48-rasm. TaHlil quyidagi savollar yordamida o`tkaziladi:
- Burgut qanday qismlardan tashkil topgan?
- Burgutning bo`yi kattami yoki enimi?
- Burgut qanotining bo`yi enidaan qancha katta?
- Burgutning eni kattami yoki uzunligimi?
- Burgut qanotining uzunligi bo`yiga qaraganda qancha katta?
- Burgutning boshi, bo`yni, dumi uzunligining bir-biriga nisbati qanday?
- Burgut qanotidagi patlari qanday joylashgan?
Bu savol-javoblardan so`ng o`qituvchi turli Holatlardagi burgut rasmlariga bolalar e`tiborini qaratadi. Xususan, qanotlarini yuqori ko`targan, erga qo`nayotgan, parvoz paytida, o`ljasini bosib turgan v.b. Bu ko`rinishdagi burgut rasmlari Ham taHlil qilinadi. Haykallarni namoyish etganda o`qituvchi ularni Har tomondan aylantirib ko`rsatgani ma`qul, chunki bolalar o`z tasviriy faoliyatlarida burgutning Hajmli (bo`yi, eni, qalinligini) tasvirlaydilar.
O`qituvchining navbatdagi vazifasi burgut Haykalining o`lchovi, o`lchov nisbatlari, kompozitsiyasi va unda burgutning Holati Haqida ma`lumot berishdan iborat. (Turli Holatdagi burgut rasmlari). SHundan so`ng o`qituvchi burgut Haykalini loydan yasash tartibini rasmdan tushuntiradi. SHuningdek, u o`zi yoki parallel sinf o`quvchilari tomonidan ishlangan burgut Haykallarini namoyish etishi mumkin.
Ma`lumki, burgut qanotini yoygan yoki boshqa bironta murakkab Holatlarda Haykalini ishlash lozim bo`lsa, unda o`zak (karkas) yoki tirgovich simlardan foydalanish lozim bo`ladi. Bu tirgovich yoki o`zaklardan foydalanilmasa burgut Haykali bo`linib ketishi mumkin. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun yordamchi materiallarning moHiyati tushuntiriladi va uni amaliy jiHatdan ko`rsatilishi lozim.

Download 170.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling