Rossiya maktablari tarixida tasviriy san;atning o’qitilishi


Tasviriy san’at ifoda vositalari


Download 170.04 Kb.
bet3/10
Sana31.01.2024
Hajmi170.04 Kb.
#1829524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-7 sinflarda tasviriy san’at darslarining maqsadi va vazifalari

1.2 Tasviriy san’at ifoda vositalari

Quyida Kamoliddin BeHzodning qisqacha Hayoti va ijodi bayon qilinadi. U taqminan 1455 yilda Xirotda kambag`al Hunarmand oilasida tavallud topgan. Uning vafoti Haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda 100 yilga yaqin umr ko`rgan. BeHzod-uning ismimi yoki taHallusi ekanligi noma`lum. BeHzod ota-onasidan juda erta ajraladi. Uni Mirak Naqqosh o`z tarbiyasiga olib, voyaga etkazadi va o`zining Xirotdagi “Nigoriston”ida (San`at akademiyasi) naqqoshlik Hunarini o`rgatadi. Bunday mashHur buyuk rassomning qo`lida tarbiya olish katta aHamiyatga ega bo`lgan, deb aytish mumkin. Shuningdek, BeHzodning moHir san`atkor bo`lib etishuvida o`sha davrda Xirot muHitidagi bir talay etuk rassomlar, xattotlar, musiqashunoslarni birlashtirib turgan san`at akademiyasi Ham katta rol o`ynagan.


Behzodning dastlabki ijodi Sulton Husayn Boyqaro saroyida va u erdagi juda ko`p shoir, olim, san`atkorlarning Homiysi Amir Alisher Navoiy raHnomaligida boshlanadi. U Alisher Navoiyning ustozi AbduraHmon Jomiy, Xirotdagi Hattotlar ustozi Sulton Ali Mashqadiy bilan yaqin aloqada bo`lib, ijod qiladi. San`at va nafosatga ishtiyoqi kuchli bo`lgan BeHzod meHnatsevarligi, zaHmatkashligi tufayli Xirotda mashHur mo``jaz san`at ustasi bo`lib etishdi. SHundan so`ng podsho Sulton Husayn Boyqaro BeHzodni o`z Huzuriga-saroyga chaqiradi va unga maxsus joy ajratib, uning ijodiy ishlariga Hamma sharoitlarni yaratib beradi. 1487 yilda Kamoliddin BeHzod podshoning shaxsiy farmoni bilan Xirotdagi saltanat kutubxonasining boshlig`i etib tayinlanadi. SHox farmonida shunday deyilgan edi: “Ijod va yaratish korxonasi musavvirining irodasi, eru osmon nigorxonasi muHarririning qudrati bilan ...Hukm qilurmizki, asr nodiri, musavvirlar peshvosi... Ustod Kamoliddin BeHzod Xumoyun kitobxonasi aHliga: kotib, naqqosh, muzaxxib, jadvalkash, Halkor va zarko`blarga, shuningdek, mazkur ishlarga mansub bo`lgan OlloH pannoHidagi butun mamlakat jamoasiga boshchilik mansabi topshirilsin. TaHrir etildi 889-xijriy yil 27-jumai-ul avval (1487 yil 22 iyul).
1506 yilda Husayn Boyqaro vafotidan so`ng taxt ko`chmanchi o`zbek qabilalarining xoni SHayboniyxon qo`liga o`tadi. SHaybonixon Ham BeHzod ijodiga Hurmat bilan qarab, unga tegishli sharoitlar yaratib beradi. 1510 yilda Eronning Safoviylar saltanati SHayboniyxonga qarshi urush ochib, uni engadi. SHayboniyxon jangda Halok bo`ladi. SHox Ismoil Safoviy 1512 yilda Xirotdagi bir necha iste`dodli san`atkorlarni o`zi bilan Xirotdan Tabrizga olib ketadi. Ular orasida Kamoliddin BeHzod va uning bir qator shogirdlari Ham bor edi.
Bu erda BeHzod o`zining shogirdlari bilan mo``jaz san`atning yirik maktabini yaratdi. 1514 yilda turk podshosi Eronga Hujum qiladi. Ularning qo`li baland kelishini bilgan Eron shoxi Ismoil Kamoliddin BeHzod va mashHur Hattot SHox MaHmud Nishopuriyni turklar olib ketib qolishlaridan xavfsirab, ularni bir g`orga yashirib qo`yishga farmon beradi. 1522 yilda SHox Ismoil Safoniyning maxsus farmoni bilan BeHzod Tabrizdagi saltanat kutubxonasining boshlig`i etib tayinlanadi. BeHzod o`z asarlarining ko`p qismini o`z ona yurti-Xirotdan uzoqda, ya`ni Tabrizda yaratdi, Erondagi jangu jadallar, alg`ov-dalg`ov va ur-yiqitlar BeHzodning o`z ustozlari va yaqin do`stlaridan uzoqda yashashi, uning Hayoti va ijodiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun Ham musavvir “Tuyalar jangi” nomli asarini yaratganda uning bir chekkasiga “Qalami shikasta, nomurod, faqir BeHzod umri 70 dan oshganda ushbu ishga qo`l urdi”, deb g`am-andux bilan imzo chekkan edi. SHunga qaramasdan BeHzodni Eronda kechirgan Hayoti tabiat, jamiyat va insonga bo`lgan kuchli muHabbat, ijodga bo`lgan jo`shqin ishtiyoq doimo ilgari etakladi.
Kamoliddin BeHzodning Hayoti Haqidagi suHbatdan so`ng o`qituvchi uning ijodiy ishlari,yaratgan asarlari va shogirdlari Haqida to`xtaladi. BeHzod ijodi Haqida gapirganda, uning yuzdan ortiq asarlar ijod qilgan va bu asarlardan bir nechtasini eslab o`tadi. Darsda taHlil qilish uchun uning “Husayn Boyqaro”, “MuHammad SHayboniyxon” portretlarini, “Sulton Husayn Mirzo Huzurida ziyofat”, “Masjid ichidagi munozara”, “SaHrodagi Majnun” asarlarini bolalar bilan birgalikda taHlil qiladi.
Kamoliddin BeHzodning “Husayn Boyqaro” surati musavvir ijodida muHim o`rin tutadi. Unda Xirot sultoni Husayn Boyqaro shoxlarga xos qiyofada, o`zining salobati bilan cho`kkalab o`tirgan qolda tasvirlangan. Uning keng elkali gavdasi, qiyiq ko`zi, yapaloq yuzi, shaHona liboslari shunday xaqqoniy va ustalik bilan ishlanganki, uning gavda tuzilishidagi o`lchov nisbatlari, kiyim-kechaklarini ko`rib, XVI asrda bunday iste`dodli rassom bo`lganligidan Hayratlanasan kishi. Suratning tagiga “Tasviri sulton Husayn Mirzo-BeHzod”, undan Ham quyiroqda “Al-faqir BeHzod” degan so`zlar Ham yozilgan. 37- rasm.
Suratda Husayn Boyqaro shunday zo`r maHorat bilan ishlanganki, uning yuzi-ko`zidan shoHning butun qalbini, boy ichki dunyosini bilib olish mumkin.
Musavvirning “MuHammad SHayboniyxon” tasviri aks ettirilgan rasm Ham diqqatga sazovordir. Ma`lumki, SHayboniyxon 1507 yilda temuriylardan Xirot taxtini tortib olgan shoxlardandir. Uning BeHzod ishlagan surati eng nodir va muvaffaqiyatli ishlaridan Hisoblanadi. U suratda chordana qurib, ikki qo`lini tizzasiga qo`ygan Holda o`ychan va ma`nodor nigoH tashlab o`tiribdi. Bu Holat uning salobatli gavdasi, shoHlarga xos ko`rinishini bildiradi. SHoH kiyimlari oddiy (ranglari yashil, to`q zangori,qizil) semiz va zuvalasi pishiq, qiyla qorin qo`ygan, ko`zlari qisiqroq, cho`qqisoqol ko`rinishda tasvirlangan. Bu tasvirda uning kuchli iroda egasi ekanligi, toju taxt uchun jon-jaHdi bilan kurashuvchi sarkarda ekanligi ko`rinib turibdi. Uning oldida siyoHdon, kitob, qalam, qamish (qamchi) kabilarni tasvirlashda Ham ramziy ma`no bor. Siyoq, qalam, kitob ma`rifat va madaniyat timsoli bo`lsa, qamchi esa beayov, qattiqo`l xukmdor ekanligini bildiradi. Qizil rang- jangu jadallar, yashil rang islom bayrog`i timsolini bildiradi. 38-rasm
Suratning o`ng yuqori burchagida “Surati SHoybekxon” va chap yuqori tomonida esa “Al-abd BeHzod” deb yozilgan.
BeHzodning “Sulton Husayn Mirzo saroyida ziyofat” nomli asarida oqshom paytida go`zal bog` ichidagi ziyofat aks ettiriladi. Sulton Husayn Boyqaro o`z ayonlari bilan panjaralar bilan o`ralgan katta supa ustida o`tiribdi. Suratning yuqori o`ng burchagida xizmatkorlar may quyish bilan ovora. U erda sharbat solingan xumlar, ko`zachalar bor. Eshik oldida oq ro`molli xabash, xizmatkorlar elkalaridagi obkash bilan xumchalarda sharbat tashimoqdalar.
Pastroqda boshida savat ko`tarib olgan yana bir xabash xizmatkor meva-chevalarni supa tomon eltmoqda. Uning oldida xum ko`tarib, supa tomon ketayotgan yana bir xizmatkor tasvirlangan. Suratning past va chap tomonida saroy xodimlaridan uchtasi mast Holda aks ettirilgan. O`rtada ikki kishi qadaHlarga sharob quyishmoqda. Xullas, saroy shoHlar turmushiga xos bo`lgan xolda tasvirlanganki, musavvir uni Ham kompozitsiya, Ham rang, Ham mazmun, Ham badiiylik jiHatidan moHirona aks ettira olgan.
Kamoliddin BeHzodning mashHur asarlaridan yana biri “Masjid qurilishi” deb nomlanadi. 39-rasm. Bu asar Navoiyning “Hamsa” nomli asariga ishlangan bo`lib, Hozirda Londondagi kutubxonada saqlanadi. Unda yirik masjid qurilishi aks etgan. Bu asarda quruvchilar uch guruHga bo`linib tasvirlanadi. Birinchsi eng yuqorida aks etgan g`isht teruvchilar, ikkinchisi –o`rtadagi yordamchilar (material etkazib beruvchilar),uchinchisi- tayyorlovchilar (g`isht va toshtaroshlar) dir. Suratning yuqori va o`rtacha qismida yo`l-yo`l sallali, tesha va g`isht ushlagan kishi-usta tasviri bo`lsa kerak. Suratdagi ko`rinish shunday bir binoki, uni quruvchilar zo`r shijoat va ko`tarinkilik bilan qurishmoqda. Musavvir buni bildirish uchun ularning Hammasini Harakatda tasvirlagan, bironta Ham dam olayotgan yoki tomoshabin bo`lib turgan befarq odam yo`q. Ularni kuzatayotgan nazoratchi Ham yo`q. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bino qurilishidagi kishilar qullar emas, o`z xoxishi bilan ishlayotgan kishilardir.
Surat bizga xalqimiz tarixi, uning turmush tarzi, meHnati, kiyimlari, meHnat qurollari (tesha, cho`kich, narvon, bel, tog`ora, arqon v.b.), qurilish materiallari, binolar tuzilishi Haqida ayrim ma`lumotlarni beradi. Asar orqali musavvir ajdodlarimizning meHnatga munosabati, islom yo`lidagi sa`y-Harakatlarini Haqqoniy aks ettiradi.
BeHzod salkam bir asr Hayot kechirdi. Uning Hayoti va ijodi SHarq xalqlari, jumladan O`rta Osiyo xalqlari madaniyatida muHim aHamiyat kasb etdi. U o`z ijodi davomida Sulton MuHammad, Qosim Ali, Darvish Usta MuHammadiy, Muzaffar Ali, SHayxzoda Xurosoniy, SHoH Muzaffar, Mir Said Ali, MaHmud Muzaxxib, Abdullo kabi ko`plab shogirdlar tayyorladi. Kamoliddin BeHzod ijodi Xirot, Tabriz, Buxoro, Samarqand, SHeroz, Isfaxon, Istambul, Hindiston va boshqa o`lkalarda mo``jaz san`at maktablari rivojining tarkib topishiga katta ta`sir ko`rsatdi. Kamoliddin BeHzodning ijodini SHarq va G`arbdagi ko`pgina buyuk kishilar yuksak baHolaganlar. Xususan, uni “SHarq Rafaeli deb atashgani Ham bejiz emas.
Buyuk tarixchi Xondamir “Habib-us-siyar” nomli asarida Kamoliddin BeHzod Haqida shunday deb yozgan edi: Kamoliddin BeHzod ajoyib va g`aroyib suratlarni zoHir qiluvchi, Hunar nodirliklarini bunyod etuvchi, Moniy kabi surat chizuvchi mo`yqalamli, olam musavvirlari asarlarini yo`qqa chiqaruvchi va misli yo`q barmoqlari bilan bani odam Hunarmandlari tasvirini mavq qiluvchidir...”. SHayboniyxon, Vasifiy va boshqalar Ham BeHzodni Moniy sifat rassom, tengi yo`q musavvir, jonsiz narsa tasviriga jon bag`ishlovchi mo`yqalam soHibi deb ta`riflaganlar.
Kamoliddin BeHzod ijodi faqatgina XV-XVI asrlar MovarunnaHr madaniy Hayotida aHamiyatli bo`libgina qalmay, balki butun SHarq, Hattoki Ovro`pada kitob grafikasining rivojlanishida muHim aHamiyat kasb etdi.
BeHzodning Hayoti va ijodi ta`sirida XV-XVI asrlarda O`rta Osiyoda (MovaraunnaHrda) tasviriy san`atida keskin burilish ro`y berdi, olim va san`atkorlar uni san`at tarixida Uyg`onish (Renessans) davri deb atadilar.
BeHzodning asarlari yuksak qadrlanib, O`zbekistondan tashqari, AQSH, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya, Eron, Fransiya, Germaniya, Misr kabi bir qator mamlakatlarning kutubxonalarida asrab-avaylab saqlanmoqda.
Darsda o`rganiladigan asarlar slayd yoki reproduksiya yordamida namoyish etiladi.
Uyga BeHzodning asarlaridan birontasi Haqida insho yozish vazifa qilib topshiriladi.
O`zbek xalqi o`zining qadimiy yuksak madaniyati va san`ati bilan faxrlansa arziydi. Buni O`zbekiston Hududida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari yaqqol isbotlaydi. Xususan, Varaxsha, Afrosiyob, Halchayon, Tuproqqal`a, Bolaliktepa, Ayrtom, Dalvarzintepa, Qo`yqirilgan qal`a qazilmalaridan topilgan yuksak badiiy saviyada yaratilgan ko`plab me`morchilik obidalari, devoriy rasm, Haykaltoroshlik asarlari, amaliy san`at buyumlari fikrimizning yaqqol dalilidir.
Bu noyob qazilmalarni izlab topishda L.I.Rempel, G.A. Pugachenkova, V.A.Bulatov, B.P.Denike, M.E.Masson, V.A.Nilsen, V.A.SHishkin, A.Asqarov, YA.G`ulomov, S.P.Tolstoy kabi arxeolog va san`atshunos olimlar samarali meHnat qildilar.


Download 170.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling