Rossiyada yuz bergan yong‘in oqibatida uch bola halok bo‘ldi


Download 220 Kb.
bet2/3
Sana18.01.2023
Hajmi220 Kb.
#1099456
1   2   3
Bog'liq
2015 yil Rossiyada yuz bergan yong

O‘zRFA G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri, fizika va matematika fanlari doktori, professor Tur­­d­iali ORTIQOV bilan suhbatimiz shu haqda.
— Avvalo, zilzilani kelib chiqishi sabablari shundayki, birinchidan, yer ostida kimyoviy va fizikaviy murakkab jarayonlar davomida temperaturaning o‘zgarishi jinslarning o‘rin almashish harakatini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, yerning o‘z o‘qi va quyosh atrofidagi harakati unga ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, yer yadrosida termoyadro jarayonlari to‘xtovsiz bo‘lib turadi. Bunday harakatlar turli qatlamlarda turlicha bo‘ladi va yer qobig‘ida to‘lg‘ama harakat vujudga keladi. Buning oqibatida zilzilalar sodir bo‘ladi. Demak, zilzilani keltirib chiqaruvchi asosiy kuchlar yerning chuqur qatlamlarida joylashgandir.
Endi zilzila tarixiga to‘xtalsangiz...
— Zilzila tabiiy ofatlar ichida insoniyatni eng ko‘p tashvishga soladigan hodisalardan biri. Shuning uchun ham zilzila qanday sodir bo‘ladi, u qayoqdan kelib chiqadi, degan masala qadimdan olimlarni o‘ylantirib keladi. Grek mutafakkirlari Demokrit, Aristotel va boshqalar o‘z asarlarida yer qimirlashi qanday yuz berishini tushuntirishga harakat qilgan. Ulug‘ mutafakkir Abu Ali Ibn Sino «Kitob ash-shifo» asarida yerning turli hududlarida zilzilaning silkinish kuchi va qaytarilish davri turlicha bo‘lishini qayd etgan.
Tarixchi Muhammad Qoraxo‘ja o‘g‘li ham bu masalaga to‘xtalgan. U «Toshkentning yangi tarixi» kitobida 1868 yil 3 aprelda Toshkentda ro‘y bergan 8 ballik kuchli zilzila haqida keng ma’lumot bergan. Uning yozishicha, yer shu qadar larzaga kelganki, ko‘plab imoratlar qulab tushib, 50 kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumgan. Quduqlardan suv qochgan, yer yorilgan va unda olov chaqnagan. Hatto kuni kecha qurib bitkazilgan Turkiston general-gubernatori qarorgohi ham unga dosh bera olmagan, juda pishiq va mustahkam bo‘lishiga qaramay, uning devorlari yorilib ketgan.
Go‘zal poytaxtimiz Toshkent shahri Tiyonshon tog‘i etagida joylashgan, shu bois bu hududda kuchli yer silkinishlari sodir bo‘lib turadi. Shu bilan birga, seysmik faol joylarda 8-9 balli zilzilalar ro‘y berishi tabiiy hisoblanadi.
1886 yilning 29 noyabrida ham kuchli zilzila bo‘lib, yana shahar jiddiy zarar ko‘rgan. Bu gal ham quduqlardan suv qochgan va yer yorilib ketgan. Ushbu zilzilaning magnitudasi 6,7 va yer silkinishi 8 balldan ortiq bo‘lgan.
1966 yilning 26 aprelida sodir bo‘lgan kuchli zilzila, uning favqulodda zarbasi va ayanchli oqibatlari hamon unutilgan emas. O‘shanda zilzila zarbidan, hattoki, soat millari 5.22 daqiqada tosh qotib qolgan va ayni shu holat zilzilaga oid ko‘pdan-ko‘p suratlarda o‘z ifodasini topgan.
Eng yomoni, zilzilalar uzluksiz davom etgan, 1966 yilning 26 aprelidan 1969 yilning dekabriga qadar Toshkent shahri ostida 1102 marta yer silkingan. Eng kuchli zarbalar shahar markazida, hozir «Jasorat» yodgorlik majmui qad ko‘tarib turgan hududda sodir bo‘lgan.
Shu munosabat bilan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Toshkent shahri hududi 8 va 9 ballik seysmik hududlarga ajratilgan. Shu bois, markazda baland inshootlar qurilishi ushbu talabga rioya qilingan holda olib borilmoqda.
Zilzilaning ta’sir kuchini tuproq sharoitlariga bog‘liq ekanini ifodalaydigan Toshkent shahrining seysmik mikrorayonlashtirish xaritasi yaratilgan.
Seysmik rayonlashtirish nimaga asoslanadi?
— Seysmik rayonlashtirish zilzilashunoslikning asosiy yo‘nalishi bo‘lib, ma’lum vaqt ichida bu hududda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zilzilalarning ta’sir kuchini ifodalaydi. Shun­dan kelib chiqib, bu hududda har qanday qurilishda yer sathi qanday kuch bilan tebranishi hisobga olinadi. Ya’ni, inshoot va binolar loyihalashtirilganda va rekonstruksiya qi­linganda zilzilabardoshligiga e’tibor qaratiladi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Mustaqillik maydoni barpo etilganda, bu hududda joylashgan o‘n to‘qqiz qavatli inshoot shu talabdan kelib chiqib, tubdan qayta ta’mirlandiki, bu ham fikrimizga bir misol bo‘la oladi. Taniqli me’mor Azamat To‘xtayevning aytishicha, maydonni qayta qurish bo‘yicha loyihalar muhokamasida Prezident Islom Karimov bu inshoot ayni zilzila o‘chog‘ida qurilganini, me’morchilik, muhandislik va xavfsizlik nuqtai nazaridan nomaqbul ekanini qayta-qayta ta’kidlaydi va inshootning o‘sha xavfli tepa qismi olib tashlanadi. Chunki, tabiat bilan hazillashib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘p isbotlagan. Biz uchun eng muhimi, insonning tinch va bexavotir yashashidir.
O‘tgan yili mamlakatimiz va uning sarhadlariga tutash hududda magnitudasi 2,7 dan yuqori bo‘lgan 148 ta zilzila qayd etilgan. Shuning 19 tasi sezilarli darajada kechgan. Ana shunday zilzilalardan biri 2011 yil 20 iyulda ro‘y berdi. Poytaxt­da 5 ballga teng yer qimirlash sodir bo‘ldi. Zilzila markazi Qirg‘izistonning Konn shahrida bo‘lib, u vodiydan 27 kilometr janubdadir. Bu jarayonda seysmik xavf hisobga olingan holda qurilgan inshootlarga hech qanday zarar yetmadi. Chunki bu zilzila seysmik rayonlashtirish xaritasida ko‘rsatilgan 9 ballik hududda sodir bo‘lgan edi.
Keyingi yillarda dunyoning turli burchaklarida kuchli zilzilalar ro‘y berayotgani haqida nima deysiz?
— BMT ma’lumotlariga ko‘ra, siz aytmoqchi bo‘lgan zilzilalar so‘nggi o‘n yilda sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar orasida o‘zining salbiy oqibatlari ko‘lami bilan asosiy o‘rinda turadi. Masalan, Gaitida bundan ikki yil oldin 12 yanvar kuni rixter shkalasi bo‘yicha magnitudasi 7 ga teng hamda 9-10 ballik zilzila ro‘y berdi. Shuning oqibatida 220 ming kishi qurbon bo‘ldi. 300 ming nafar odam jarohat oldi, 1,1 million aholi uy-joysiz qoldi. Ikki yil davomida shahardagi vayronalarning bir qismi tozalandi, xolos. Yana bu ishning 40 foizi BMT ko‘magida amalga oshirildi, atigi 10 foizini aholi qila oldi. Qarangki, 500 mingdan ortiq kishi hanuzgacha kapalarda yashamoqda. Mamlakat hukumati zilzila oqibatlarini bartaraf etishga ojiz ekani haqida rasman bayonot berib, insonparvarlik yordami so‘radi. Eng qizig‘i, mana shu hodisa sodir bo‘lishi arafasida «Argumentы i faktы» gazetasida seysmologlar kuchli zilzilalarni oldindan aytishi mumkinligini da’vo qilib turgan edi. Hayot shuni ko‘rsatdiki, tabiiy ofatni oldindan aytishga inson hozircha ojizlik qilmoqda.
Shu bois, seysmologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, sohaga ilm-fanning kuchli mutaxassislarini jalb qilish, olimlar va amaliyotchilarning xalqaro maqsadli hamkorligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Seysmologiya institutimizda seysmik xavfni baholashning yangi mukammal zamonaviy texnologiyasi yaratildi va uning asosida respublika hududi uchun yangi tipdagi umumiy seysmik rayonlashtirish xaritalari ishlab chiqildi. Va u «Davlatarxitekqurilish» qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanib, amaliyotga joriy qilindi. Bu esa mamlakatimizda bunyod etilayotgan inshootlar zilzilabardosh bo‘lishiga, aholi xavfsizligi ta’minlanishiga zamin yaratmoqda. Ayni vaqtda, zilzila, uning tabiati va kelib chiqishi o‘rganilishiga, prognozlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bir haqiqatni tan olish kerak, yer qachon, qay vaqtda va necha ball kuchda qimirlaydi, buni oldindan aytish qiyin. Olimlar shu kungacha bu masalani hal qila olgani yo‘q. To‘g‘ri, uni aniqlash uchun xorijlik mutaxassislar turli yo‘llar bilan ko‘p ishlar qilmoqda. Ammo bu boradagi «bashorat» va «kashfiyot»larning hech biri hozircha amaliyotda o‘zini oqlagan emas.
Institutimiz olimlari ham bu muammo ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. So‘nggi yillarda bir qancha kuchli va sezilarli zilzilalar sodir bo‘ldi. Har bir zilzila uni oldindan aniqlash usulini shakllantirishda o‘ziga xos tajriba vazifasini o‘tadi, desak, xato bo‘lmaydi.
Oldindan aytilgan zilzilalar ichida bashoratning haqiqatga yaqin kelishi 1984 yil Pop zilzilasida bo‘lgan. Bu yerda 18 fevral kuni 7-8 ballga teng zilzila ro‘y berdi. Lekin uning alomatlari ancha oldin — 1983 yilning kuzidan boshlab namoyon bo‘la boshlagan. 1984 yil yanvar oyining o‘rtalaridan boshlab o‘sha atrofda kuchsiz yer qimirlashlar soni nihoyatda ko‘paygan. Shu bois, o‘sha joyga institutimiz ekspeditsiyasi yetib bordi. Zilzilalar har kuni bir necha bor, ba’zi kunlar o‘nlab marta sodir bo‘lishi kuzatildi. 15-16 fevral kunlari kuchsiz zilzilalar soni nihoyatda ko‘payib, hatto kuniga 100 dan ortib ketdi. Nihoyat, ma’lumotlar asosida jarayon o‘rganilib, aholiga kuchli yer qimirlashi haqida xabar berildi va 18 fevral kuni ertalab 7-8 balli zilzila bo‘lib o‘tdi. Bunda odamlarga hech qanday talafot yetmadi. Chunki aholi ogohlantirilgan va ular binolardan tashqarida istiqomat qilishgan edi.
Bir so‘z bilan aytganda, hozirgi vaqtda institutimizda zilzilalarni oldindan aytish xizmatining dastlabki asoslari bor, deb aytish mumkin. Respublikamizning 11 ta viloyatida 13 ta majmua zilzila darakchilarini aniqlash uchun uzluksiz ish olib boradi. Shuningdek, ma’lumotlarni tezkor olish, markazga uzatish va alomatlarini izlash ishlari elektron hisoblash mashinalarida tahlil qilinadi.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling