Rotor chulg’ami parametrlarini stator chulg’amiga keltirish


Download 436.99 Kb.
bet3/4
Sana14.02.2023
Hajmi436.99 Kb.
#1197715
1   2   3   4
Bog'liq
Vektor diagramma

Vektor diagramma. Asinxron mashinaning vektor diagrammasi (11.19) tenglamalar sistemasi asosida qurilib transformator diagrammasini qurish tartibiga o’xshash bo’ladi.
Lekin asinxron mashinada aylanma maydon mavjudligi birlamchi va ikkilamchi chulg’amlardagi toklarning o’zaro ta’sirida ayrim o’ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Rotor chulg’ami fazalari fazoda siljigan, toklari esa vaqt bo’yicha siljiganligidan ular rotorda MYuK F2 ning yuguruvchi to’lqinini yaratadi. Uning aylanish chastotasi quyidagiga teng bo’ladi:
= 60 f2 / p2 = 60 f1 / p1, (11.24)
bunda: f2 va p2 – rotor tokining chastotasi va juft qutblari soni; rotori qo’zg’almas bo’lganda stator va rotor EYuK lari chastotasi f2=f1 bo’ladi.
Asinxron mashina ishlashi uchun stator va rotor yuguruvchi F1 va F2 MYuK to’lqinlarining aylanish chastotalari teng bo’lishi zarur. Demak, rotorning fazalar sonidan qat’iy nazar, uning juft qutblari soni bir xil (ya’ni r2 = r1 = r) bo’lishi shart.
Vektor diagrammaning rotor zanjiri uchun qurishda EYuK E2 va tok I2 vektorlari orasidagi siljish burchagi quyidagicha hisoblanadi:
2 = arctg(x2 s)/ r2. (11.25)
11.4,a-rasmda asinxron motorning vektor diagrammasi ko’rsatilgan. Bu diagramma transformatorning vektor diagrammasidan faqat shu bilan farq qiladiki, rotor chulg’amida (ikkilamchi chulg’amda) kuchlanish pasayishlarining yig’indisi n = 0 da rotor chulg’amining EYuK E2 bilan muvoza-natlashadi. Bunga sabab shuki, rotor chulg’ami transformatorning ikki-lamchi chulg’ami singari yuklamaga ulangan emas, balki qisqa tutashtirilgan. Lekin, agar kuchlanish pasayishi = I2r2[(1–s)/s)] ni rotor chulg’amining klemmalariga ulangan ma’lum yuklama r2[(1–s)/s)] dagi kuchlanish sifatida qaralsa, u holda asinxron motorning vektor diagrammasini ikkilamchi chul-g’amining klemmalariga o’zgaruvchan qarshilik r2[(1–s)/s)] ulangan transformatorning vektor diagrammasi sifatida qarash mumkin. Boshqacha aytganda, asinxron motor elektr jihatdan aktiv yuklama r2[(1–s)G’ s)] da ishlaydigan transformatorga o’xshaydi.
Asinxron motorda magnitlovchi tokning transfomatornikiga nisbatan miqdor jihatdan ancha kattaligi sababli ularning almashtirish sxemalari bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Agar transformator nazariyasida magnitlovchi konturni ayrim hollarda amaliy hisoblarda e’tiborga olinma-sa, asinxron motor ishini tahlil qilganda bunday yondashib bo’lmaydi, chunki bu holda ancha xatolikka yo’l qo’yilgan bo’ladi.



Download 436.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling