Rotor chulg’ami parametrlarini stator chulg’amiga keltirish


-rasm. Asinxron motorning


Download 436.99 Kb.
bet4/4
Sana14.02.2023
Hajmi436.99 Kb.
#1197715
1   2   3   4
Bog'liq
Vektor diagramma

11.4-rasm. Asinxron motorning: a – vektor diagrammasi; b – T-simon va c G-simon almashtirish sxemalari


Almashtirish sxemalari. Asinxron mashinalarining toki, quvvati va kuchlanish pasayishini aniqlash uchun almashtirish sxemasidan foydalaniladi. Mashinaning almashtirish sxemasi uning asosiy (11.19) tenglamalari asosida quriladi. Almashtirish sxema bir-biriga elektromagnit vositasida bog’langan stator va rotor zanjirlari parametrlarining qarshiliklari or-qali ko’rsatiladi.
T-simon almashtirish cxemasi. 11.3,b-rasmda asinxron mashinaning T- simon almashtirish sxemasi ko’rsatilgan. Bu sxema asosiy uchta shoxobchadan:
1) qarshiliklari r1, x1 va toki bo’lgan stator zanjiri;
2) qarshiliklari r0, x0 va toki bo’lgan magnit zanjiri;
3) qarshiliklari + (1–s)s = s , , va toki (– ) bo’lgan rotor zanjiridan iborat.
Asinxron motorning magnit jihatdan bog’langan stator va rotor chulg’amlari T-simon almashtirish sxemasida (11.4,b-rasm) stator va rotor elektr zanjirlari bilan almashtirilgan. Bundagi aktiv qarshilik (1–s)s ni qo’zg’almas rotor chulg’amiga ulangan tashqi qarshilik sifatida qarash mumkin bo’ladi. Bu holda asinxron mashina aktiv yuklama ulangan transformator sifatida ishlaydi va bu jarayonda sxemadagi (1–s)s qarshilik yagona o’z-garuvchan parametr hisoblanadi.
Bu qarshilikning qiymati sirpanish bilan, demak, asinxron motorning valiga qo’yiladigan mexanik yuk bilan aniqlanadi. Masalan, agar motor validagi foydali (yuk) momenti M2 = 0 bo’lsa, u holda sirpanish s  0 bo’lganligidan (1–s)s =  bo’lib, bu hol motorning salt ishlash rejimiga mos keladi. Agar valdagi yuk momenti aylantiruvchi momentdan katta bo’lsa, u holda motorning rotori to’xtaydi, demak, s = 1 bo’ladi. Bunda (1–s)s = 0 bo’lib, bu hol asinxron motorning qisqa tutashuv rejimiga mos keladi.
T-simon almashtirish sxema ish jarayonni to’la aks ettiradi, lekin unda bir-biriga ta’sirlashadigan konturlar mavjud bo’lib, ularni hisobga olish ancha murakkabligi uning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun amaliyotda soddalashtirilgan G-simon almashtirish sxema ishlatiladi (11.4,s-rasm). Bunda soddalashtirish magnitlovchi kontur (Z0=r0 + jx0)ni umumiy klemmalariga chiqarish bilan amalga oshiriladi. Bunda magnitlovchi tokning qiy-mati o’zgarmay qolishi uchun bu konturga r1 va x1 qarshiliklar ketma-ket ulanadi. Almashtirishning hosil qilingan sxemasida stator va rotor konturlarining qarshiliklari ketma-ket ulangan bo’lib, ular ish konturini hosil qiladi. Magnitlovchi kontur ana shu konturga parallel ulangan bo’ladi; bu holda konturlar bir-biri bilan ta’sirlashmaydi.
G-simon almashtirish sxemasi ish konturiining parametrlarini hisoblashda aniqlik qilishni talab etadi, ya’ni ideal salt ishlashda (s=0) tarmoq kuchlanishi U1 ning stator chulg’ami EYuK E1 ga nisbati bilan aniqlanadigan s1= U1/ E1 kompleks koeffitsientini hisoblash formulalariga kiritish bi-lan amalga oshiriladi.
G-simon almashtirish sxema uchun quyidagilarni yozish mumkin:
I1 = I0 + (–I2); I2 = I2/ s1 (11.26)
bu erda: I1 va I2 – tegishlicha T-simon va G-simon almashtirish sxemasining ish konturi toklari; hisoblarda  deb olganda xatolik kam bo’ladi;
c1=1 + (r1 + jx1)/ (r0 + jx0) (11.27)
G-simon almashtirish sxemaga kiritilgan kompleks son.
Bu sxemada kompleks c1 ni uning moduli s1 bilan almashtirish mumkin. Quvvati 10 kVt dan katta bo’lgan asinxron mashinalar uchun c11,02 1,05.
Asinxron mashinalardagi elektromagnit jarayonlarni tahlil qilish uchun ko’pincha s11 deb olinadi va hisob ishlarini engillashtirib olingan natijalarning aniqligiga uncha ta’sir qilmaydi. G-simon almashtirish sxe-masi magnitlovchi konturi ko’chirilgan soddalashtirilgan almashtirish sxemasi deyiladi.
Aylanayotgan rotor zanjirining toki sirpanish s da (11.22) va (11.23) larni hisobga olgan holda quyidagiga bo’ladi:
I2s = E2s / . (11.28)
G-simon almashtirish sxemadan ish konturidagi tok qiymati quyidagicha hisoblanadi:
I2 = U1/ . (11.29)
Download 436.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling