Ro’yxatga olindi№ Ruyxatga olindi №


-jadval Shurchi tuman xalk banki xodimlari maoshi5


Download 1.31 Mb.
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1586838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Abdusamad qarshiyev

3-jadval
Shurchi tuman xalk banki xodimlari maoshi5



Lavozimi

Maoshi

1

Bank boshlig’i

4 757 295

2

bank boshlig’i o’rinbosari v.v.b

3 927 222

3

Ichki nazorat bo’yicha bosh mutaxassis

3 180 618

4

Kreditlash bo’limi boshlig’i

2 764 878

5

Kreditlash bo’limi bosh mutaxassis

1 962 240

6

Iqtisodiy tahlil va strategiya bo’yicha bosh mut.

2 271 429

7

Monitoring bo’limi boshlig’i

2 389 896

8

Monitoring bo’limi bosh mutaxassisi

1 962 240

9

Pul muomalasi .bo’limi boshlig’i

3 139 860

10

Kassa ishlari bo’yicha bosh mutaxassis

1 962 240

11

Plast. kar.bilan ishlash bo’limi boshlig’i

3 139 860

12

Plast. kar.bilan ishlash bo’limi etakchi mutax.

2 116 833

13

bosh buxgalteri

4 702 336

14

bosh buxgalteri o’rinbosari

3 597 079

15

Axborot texnologiyalari bo’limi boshlig’i v.b

2 764 878

16

Axborot texnologiyalari bo’limi etakchi mut.

1 681 362

17

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo’l. boshlig’i

3 702 336

18

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo’l. mutaxassis

2 271 429

19

qimmatli qog’ozlar sho’’ba.mudiri

2 266 584

20

Yuridik xizmat bo’limi boshlig’i v.b

2 764 878

21

Xodimlar bilan ishlash bo’l.boshlig’i

3 702 336

22

Xodimlar bilan ishlash bul.bosh mutaxas.

2 426 022

23

Umumiy bo’lim boshlig’i

3 327 351

24

Ish yurituvchi -kotiba

1 378 371

25

Xo’jalik bo’limi boshlig’i-ombor mudiri

2 389 896

26

Haydovchi

1 980 246

27

Farrosh

1 980 539

28

Amaliyot bo’limi boshlig’i o’rinbosari v.b

2 577 387

29

Etakchi mutaxassis

1 991 625

30

Nazoratchi kassir

1 802 385

31

Chiqim kassiri

1 698 042

32

Kirim kassiri

1 906 323

33

Pulni qayta sanash kassiri

1 698 042

Qo’shimcha nazorat qilinadigan operatsiyalar bo’yicha hisob-kitob-pul hujjatlarini ijrochi sifatida imzolash huquqi (ikkinchi imzo huquqi), summasi cheklanmagan tarzda, operatsiyalarni rasmiylashtirish topshirilgan barcha buxgalteriya xodimlariga beriladi.


Cheklanmagan summadagi operatsiyalar bo’yicha qo’shimcha nazorat qilinadigan hisob-kitob-pul hujjatlariga nazorat (birinchi imzo chekish) huquqi lavozimiga ko’ra banklarning rahbarlari va bosh buxgalteriga ularning muovinlari va buxgalteriya bo’limi boshliqlariga beriladi.
Yukorida aytilganlardan tashqari, boshqa xodimlarga nazorat (birinchi) imzosini qo’yishni huquqi bank rahbarining alohida farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi.
U yoki bu mansabdor shaxsga nazorat (birinchi) imzosi huquqi berilishi bu shaxs (bosh buxgalterdan tashqari) muayyan doiradagi operatsiyalar bo’yicha buxgalteriya xodimi vazifalarini bajarishi imkoniyatini istisno etmaydi. Bunday xollarda u boshqa xodimlar bajaradigan operatsiyalarga doir hujjatlarni nazorat kiladi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter, qoida bo’yicha, faqat nazorat vazifalarini bajarishi lozim. Yuqori bank muassasasi yozma ravishda ruxsat beradigan hollargina bundan mustasno. Bunday ruxsatnoma berilgan takdirda bosh buxgalter, bajargan operatsiyalarni nazorat qilish vazifasi bank rahbarining zimmasiga yuklatiladi.
Tijorat banklari filiallari bu ma’lumotlarni alohida fayl bilan so’m va tiyinlarda modem orqali jo’natadilar.
Tijorat banklarining viloyat boshqarmalari olingan balanslarni tekshirib, o’z tizimlari bo’yicha viloyat yig’ma balansini tuzadilar, uni Markaziy bankning xududiy bosh boshqarmalariga takdim etadilar. Markaziy bank xududiy bosh boshqarmalari butun viloyat bo’yicha balansni xamda Markaziy bank bo’yicha yig’ma balansni umumlashtiradilar va uni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ishlab chikkan maxsus dastur yordamida modem orqali jo’natadilar.
Buxgalteriya hisobi va hisobot departamentida balansda tijorat banklari bo’yicha alohida va Markaziy bank bo’yicha alohida balanslar tuziladi va butun O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yig’ma balans tarzida umumlashtiriladi. Markaziy bank balansini Buxgalteriya hisobi va hisobot departamenti taxlil kiladi, tijorat banklarining balansini esa Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti taxlil kiladi.
Yuqori banklarga kelib tushgan buxgalteriya hisobotlari tekshiriladi, tahlil qilinadi va uning asosida zarur boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Hisobot ma’lumotlarida nomuvofiqlik borligi aniqlansa, buning sabablari kiska muddatda aniklanishi va tartibga solinishi lozim. Banklarning viloyatlardagi rahbarlari (xar kuni), respublikalardagi rahbarlari (xar oyda) balanslarni ko’rib chikishlari xamda bosh buxgalterning ularga karashli bo’lgan banklarda buxgalteriya ishi, buxgalteriya hisobi va hisobotining axvoli, shuningdek bu ishda aniklangan kamchiliklarning kanday bartaraf etilayotgani to’grisidagi axborotini tinglashi kerak.
Banklar buxgalteriya hujjatlarini yo’kotilmay saklanishini ta’minlashlari shart. Buxgalteriya hujjatlarini saklash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi xamda bu ishlar to’gri tashkil qilinishi uchun javobgarlik banklar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi. Rahbar va bosh buxgalter bank xodimlariga yo’l-yo’riqlar ko’rsatishi, xodimlarga hujjatlarni javonlar va boshqa omborlarda saqlash uchun muayyan joylarni ajratib berishi va biriktirib qo’yishi, zarur hollarda hujjatlarni bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim.
Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin hujjatlar arxivlanadi.
Debet (kredit) bo’yicha bittadan ortik hisobvaraqka taallukli hujjatlar yig’majild oxirida, ko’zda tutilmagan xolatlar hisobvaraqlari bo’yicha hujjatlardan oldin joylanadi.
Hujjatlarni tayyorlash topshirilgan xodimlar ilovasi bor bo’lgan memorial orderlarida bu ilovalar kanchaligi ko’rsatilganini va ular xakikatan xam mavjudligini sinchiklab tekshirishlari lozim.
Kuyidagi hujjatlar saklanishi shart:
Omborda yoki metall shkaflarda:
a) tugagan yil uchun yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi xamda so’nggi tugagan oy uchun oylik balans va uning barcha ilovalari;
b) joriy oyning birinchi kuni uchun tekshiruv kaydnomalari;
v) fuqarolar omonatlari bo’yicha amaldagi shaxsiy xivobvaraqlari;
g) oxirgi 12 oy uchun kassa hujjatlari;
d) joriy oy uchun kirim-chiqimhujjatlari;
e) binolar va inshootlar, xo’jalik anjomlari, kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlar bo’yicha daftarlar.
Ko’riklanadigan xonadagi metall shkaflar, sandiklar yoki kutilarda:
a) amaldagi shaxsiy hisobvaraqlar kartotekalari (omonatlar bo’yicha shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari), amaligi urnallari, kitoblar, imzolar namunalari ko’yilgan kartochkalar, ish xaki to’lash uchun berilgan mablaglar hisobini yuritish kartochkalari, foizlarni hisoblash kaydnomalari;
b) amal qilib turgan va arxivdagi pensiya varaqlarining xamda bir marta pensiya va nafakalar to’lash to’grisidagi topshiriknomalarning kartotekalari.
Quyidagi 4 -rasmda AT Xalq banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari tahlili keltirilgan.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling