Ro’yxatga olindi “tasdiqlayman” № Tarix fakultet dekani


Download 93.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi93.59 Kb.
#1834376
  1   2   3   4
Bog'liq
4138 ГЕОСИЁСАТ АСОСЛАРИ ЯКУНИЙ ДАСТУР



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
 
Ro’yxatga olindi “TASDIQLAYMAN” 
 № _____________ Tarix fakultet dekani
 “___”_______2014-y V.T.Ishquvvatov ________ 
“____” _______2014-y 
TARIX FAKULTETI MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA 
HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI 4-KURS TALABALARI UCHUN 
“GEOSIYOSAT ASOSLARI” FANIDAN YAKUNIY NAZORATDA 
“YOZMA ISH” USULINI TADBIQ ETISH BO’YICHA ISHLAB 
CHIQILGAN
 
DASTUR 
Toshkent-2014 



Ushbu dasturda «Milliy g‟oya, ma‟naviyat asoslari va huquq ta‟limi» yo‟nalishi 
3-kurs talabalari uchun «Geosiyosat asoslari» fani bo‟yicha “Yozma ish” ni o‟tkazish 
tartibi bayon etilgan. Unda talabalar bilimiga qo‟yiladigan talablar, yozma ishni 
baholash mezonlari va savolnomalari keltirilgan.
Tuzuvchilar:
s.f.n. dots X.Jumaniyozov 
o‟qituvchi U. Musaev 
Taqrizchilar: Xoliqov I. – t.f.d., professor 
Mo„minova A. – katta o„qituvchi 
Dastur “Milliy g„oya va ma‟naviyat asoslari” kafedrasi ilmiy-uslubiy 
seminarining 2014 yil - dekabrdagi -sonli yig„lishida ko„rib chiqilgan va 
Universitet Ilmiy Kengashining 2014 yil - dekabrdagi 5/4:17- sonli qarori bilan 
tasdiqlangan. 



Tarix fakulteti «Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” 
yo’nalishi 4-kurs talabalari uchun “Geosiyosat asoslari” fanidan yakuniy 
nazoratda “yozma ish” usulini tadbiq etish bo’yicha ishlab chiqilgan
DASTUR 
Bugun biz tez sur‟atlar bilan o‟zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar 
boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‟ta shiddatli va murakkab 
bir zamonda yashamoqdamiz. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida 
gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida 
juda keng ma‟noni anglatishini ta‟kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan 
qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma‟no-mazmundagi xo‟jalik, ijtimoiy-
siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud 
milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib 
borishini ifoda etmoqda. 
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining 
asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob‟ektiv tan olish kerak – 
bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq 
qo‟shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday 
chambarchas bog‟lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda 
turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. Shu 
ma‟noda, globallashuv – bu avvalo hayot sur‟atlarining beqiyos darajada 
tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‟lgani 
singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning 
g‟oyat o‟tkir va keng qamrovli ta‟sirini deyarli barcha sohalarda ko‟rish, his etish 
mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o‟rtasidagi integratsiya va hamkorlik 
aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi 
kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‟plab yangi ish 
o‟rinlarining 
yaratilishi, 
zamonaviy 
kommunikatsiya 
va 
axborot 
texnologiyalarining, 
ilm-fan 
yutuqlarining 
tezlik 
bilan 
tarqalishi, 
turli 
qadriyatlarning 
umuminsoniy 
negizda 
uyg‟unlashuvi, tsivilizatsiyalararo 
muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‟zaro yordam 
ko‟rsatish imkoniyatlarining ortishi – tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv 
tufayli erishilmoqda. 
«Geosiyosat asoslari» o‟quv fani geosiyosiy jarayonlarni kompleks taxlil 
qilishga qaratilgan. Geosiyosiy jarayonlar bo‟yicha ma‟ruzalar kursida asosiy e‟tibor 
sotsial fenomenga kompleks xolda, iqtisodiy, siyosiy, geografik, mafkuraviy 
tavsiflar birligidan kelib chiqib yondashishga qaratiladi. Mazkur fan bo‟yicha talaba: 
- geosiyosiy jarayonlarni spetsifik sotsial fenomen sifatida kompleks taxlil 
qila olishi; 
- geosiyosiy jarayonlarning mohiyati, tarkibi, umumiy qonuniyatlarini ochib 
berishi; 
- geografik makon ustidan nazorat o‟rnatishning asosiy tiplarini, uni amalga 
oshrish resurslarini belgilab olishi; 



- geosiyosiy jarayonlar va geosiyosiy bilimlarning rivojlanib borish davrlarini 
taxlil etishi; 
- jahonning bugungi geosiyosiy manzarasini qarab chiqishda turli mintaqa 
mamlakatlarining geosiyosiy xususiyatlarini taxlil qilishi; 
- mafkuraviy jarayonlarni globallashuvi jarayonida O‟zbekistonning 
geosiyosiy manfaatlarini belgilab olishi;
- Dunyoning siyosiy-mafkuraviy manzarasini, unda kechayotgan g‟oyaviy 
kurashlardan ko‟zlangan tub maqsad-manfaatlarning asl qiyofasini ochib berishi; 
-«Geosiyosat asoslari» fanining bahs mavzusi, predmeti va asosiy 
muammolarini mukammal egallashi; 
-«Geosiyosat asoslari» ning asosiy kategoriyalari, fnuktsiyalari va 
qonuniyatlari mukammal bilishi; 
-Geosiyosiy jarayonlar va geosiyosiy bilimlarning rivojlanishining tarixiy 
davrlarini chuqur o‟zlashtirish; 
- Jahon miqyosida sodir bo‟layotgan geosiyosiy hodisalarga mustaqil 
munosabat bildira olish ko‟nikmalariga ega bo‟lishi va uni yozma ishda namoyon 
eta bilishi lozim. 

Download 93.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling