Ro’yxatga olindi “tasdiqlayman” № Tarix fakultet dekani
Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi
Download 93.59 Kb. Pdf ko'rish
|
4138 ГЕОСИЁСАТ АСОСЛАРИ ЯКУНИЙ ДАСТУР
Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi
4-kurs talabalari uchun “Geosiyosat asoslari” fanidan yakuniy nazoratda “Yozma ish” usulini baholash MEZONI «Geosiyosat asoslari» fani bo‟yicha o‟tkaziladigan yakuniy nazorat “Yozma ishlari” ko‟p variantli usulda o‟tkaziladi. Har bir variantda uchtadan savol bo‟lib, har bir savolga tegishli javob yoziladi. “Yozma ish” variantlarining birinchi savoli «Geopolitika» fanining mazmun-mohiyati, predmeti, ob‟ekti, asosiy tushunchalari, vazifalari, uslublari, shuningdek fanning qonuniyatlari, geosiyosiy jarayonlarning rivojlanish bosqichlari bilan bog‟liq masalalar bo‟yicha bittadan savol bo‟ladi. “Yozma ish” variantlarining ikkinchi savoli jahon siyosiy maydonlarida ro‟y berayotgan mafkuraviy jarayonlar, unda etakchi davlatlarning tutgan o‟rni masalalari, xalqaro tashkilotlarning jaxon siyosatini belgilashdagi roli kabi masalalarni qamrab oladi. “Yozma ish” variantlarining uchinchi savoli O‟zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o‟rni, O‟zbekistonning MDH va Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta‟minlashdagi faoliyati, O‟zbekiston va BMT, O‟zbekiston va ShHT munosabatlarini qamrab olgan. “Yozma ish” variantlarida keltirilgan har bir savol to‟g‟ri va to‟liq yozilishi, ya‟ni tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar mazmuni, mohiyati, sabablari, natijalari izchil yoritilishi, tarixiy atamalar va shaxslarning nomi to‟g‟ri yozilishi, ijodiy yondashish va javobda mantiqiy yaxlitlikka erishish, baholash uchun asos bo‟lib hizmat qiladi. «Geosiyosat asoslari» fanidan o‟tkaziladigan Yakuniy nazorat “Yozma ish”ini bajarishda quyidagilarga amal qilinadi: 5 - “Yozma ish”larni o‟tkazish uchun, universitet rektorining buyrug‟i bilan komissiya tashkil etiladi; - “Yozma ish” savollari va ularni yoritishga yordam beruvchi tayanch tushunchalar fakulьtet dekani tomonidan komissiya a‟zolariga “Yozma ish” o‟tkazishi belgilangan vaqtdan bir soat oldin, maxsus konvertda taqdim etiladi; - “Yozma ish” ning hajmi 500-600 so‟zgacha deb belgilanadi. “Yozma ish”ni o‟tkazish uchun 3 soat vaqt beriladi; - Komissiya “Yozma ish”larni belgilangan tartibda tekshiradi va natijalarini ikki kun ichida talabalarga ma‟lum qiladi; - Yakuniy nazorat “Yozma ish”iga 30 ball beriladi; - Yakuniy nazorat “Yozma ish”ining har bir variantida uchtadan savol bo‟lganligini hisobga olib har bir savolga 10 baldan taqsimlanadi; - JN va ON lardan to‟plangan jami ballar yakuniy nazorat “Yozma ish”iga qo‟shilib umumiy ballar yig‟indisi chiqariladi; - Talabalarning “Yozma ish”lari ikki yil mobaynida kafedrada saqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling