Ro’yxatga olindi №
Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzularning soatlar bo`yicha taqsimoti
Download 244 Kb.
|
Ишчи дастур Филология Лотин алифбосида 2021 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
- Ta’lim texnologiyalari va metodlari
- Kreditlarni olish uchun talablar
- Talabalar bilimini baholash mezonlari
Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzularning soatlar bo`yicha taqsimoti
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar, prezentatsiyalar tayyorlash va ularni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: o‘rganilayotgan asosiy chet tilini Umum Yevropa standartlariga ko‘ra C1 darajada o‘rganishi; o‘rganilayotgan chet tilida gapirish va eshitish ko‘nikmalarini turli strategiyalarni qo‘llay olish orqali egallashi; o‘z fikr va mulohazalarini lingvistik kurs mavzularidan kelib chiqqan holda og‘zaki ravishda aniq va mantiqiy bayon etishni; matnni tushunish maqsadida turli strategiyalarni bilishi va ulardan foydalana olish borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Ta’lim texnologiyalari va metodlari interfaol keys-stadilar; mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar; guruhlarda ishlash; taqdimotlarni qilish; individual loyihalar; jarayonga asoslangan metod; jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar; Kreditlarni olish uchun talablar Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. Talabalar bilimini baholash mezonlari Talabaning amaliy, seminar, labarotoriya mashg‘ulotlaridagi, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi hamda faolligi “5” baholik tizimda baholanib boriladi va nazorat turlarida inobatga olinadi. Nazorat turi yozma (og`zaki) shaklda o`tkazilganda: - talaba fan (mavzu) bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilsa, ijodiy fikrlasa, bilimini amalda qo‘llay olsa va savol mohiyatini bilib, xulosa chiqarganligi uchun “5” (a’lo) baho; - talaba fan (mavzu) bo‘yicha qisman mustaqil qaror qabul qilsa va ijodiy fikrlasa hamda bilimini amalda qo‘llay olsa, berilgan savolning mohiyati haqida tushunchaga ega bo‘lsa “4” (yaxshi) baho; - talaba fan (mavzu) bo‘yicha bilimini amalda qisman qo‘llay olsa, savol mohiyatini tasavvur qilsa “3” (qoniqarli) baho; - talaba fan dasturi talablarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa va fan hamda savollar mohiyati haqida tasavvurga ega emas deb topilganda “2” (qoniqarsiz) baholar bilan baholanadilar. Yakuniy nazorat turi fakultet dekani, o‘quv-uslubiy boshqarma bilan kelishgan holda va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangandan grafik asosida tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotini olib borgan o‘qituvchi ishtirokisiz o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat shakli fan xususiyati va o‘quv auditoriya soatidan kelib chiqib, kafedra tomonidan belgilanadi. Download 244 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling