3.
|
V.Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni oʼqitishdan maqsad – talabalarga xoʼjalik yurituvchi subʼyektlarda buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini, unda qoʼllaniladigan asosiy tamoyillar, usullarni oʼrgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish koʼnikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, xo’jalik jarayonlarini amalga oshirishga ijobiy yondashuv hamda ilmiy bilim va malakalarni shakllantirish vazifalarni bajaradi.
Fan boʼyicha talabalarning bilim koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
- hisob tushunchasi, xoʼjalik hisobi tushunchasi, buxgalteriya hisobi obʼyektlari, subʼyektlari, hisobda qoʼllaniladigan usullar toʼgʼrisida tasavvurga ega boʼlishi;
- buxgalteriya hisobi tamoyillarini, x oʼjalik yurituvchi subʼyekt faoliyati bilan bogʼliq daromad va xarajatlarni hisobga olish usullarini, moliyaviy hisobot koʼrsatkichlari va ularning shakllanishini, ichki va tashqi f oydalanuvchilar uchun zarur maʼlumotlarni buxgalteriya hisobi va hisobotlardan olishni bilish va ulardan foydalana olish;
- buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlarni yigʼish, qayta ishlash, umumlashtirishni mustaqil amalga oshirish, xoʼjalik muamolari boʼyicha buxgalteriya oʼtkazmalarini tuzish va hisob varaqalarda aks ettirish, buxgalteriya hisobi hisobvaraqalarning oboroti va qoldigʼini aniqlash orqali buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda taqdim etish boʼyicha koʼnikmalarga ega boʼlishi shart.
|