Ro‘yxatga olingan qarshi tuman “Davlat xizmatlari markazi” tomonidan 2023-yil № raqam bilan


-bob. Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish


Download 63.44 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi63.44 Kb.
#1591005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28 Умумтаълим мактабининг янги УСТАВИ

5-bob. Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish
36. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman hokimligining qarori bilan umumta’lim muassasasiga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida amalga oshiriladi.
37. Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.
38. Umumta’lim muassasasining 1- sinfiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktab yoshidagi bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
39. Bolalarni umumta’lim muassasasining 1- sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:
ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;
ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda);
bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.
40. Davlat umumta’lim muassasasining 1- sinfiga bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
41. Maktab yoshiga yetgan bolalar umumta’lim muassasasining 1-sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi.
42. O‘qishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari mazkur Ustav, ichki tartib-qoidalari va ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim.
43. Umumta’lim muassasasi rahbariyati har yili iyun-avgust oylarida o‘qishga qabul qilish ishlarini tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘radi.
44. Xorijiy fuqarolarni umumta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Download 63.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling